MUHIM XAVFSIZLIK QOIDALARI
• OGOHLANTIRISH: Buyumning
barqaror bo’lmagan holati tufayli
xavfli vaziyatlar yuzaga kelishiga yo’l
qo’ymaslik uchun uni joyashtirish
yoki mustahkamlash ishlab
chiqaruvchining yo’riqnomasiga
muvofiq bajarilishi kerak.
• OGOHLANTIRISH: buyumning
shamollatish tuynuklari hech nima
bilan yopilib qolmasligini nazorat
qiling.
• OGOHLANTIRISH: sovitish konturi
trubkalariga zarar yetkazmaslikka
harakat qiling.
• OGOHLANTIRISH: muzdan tushirish
jarayonini tezlashtirish uchun ishlab
chiqaruvchi tavsiya etganlardan
tashqari, biron mexanik, elektr yoki
kimyoviy vositalardan foydalanmang.
• OGOHLANTIRISH: agar elektr
uskunalari ishlab chiqaruvchi
tomonidan maxsus ma'qullangan
uskunalar sirasiga kirmasa, ulardan
uskuna ichida foydalanmang va
saqlamang.
• OGOHLANTIRISH: suv ta’minot
tizimiga bevosita ulanmagan
muz tayyorlash moslamalari /suv
dispenserlari faqat ichimlik suvi bilan
to’ldirilishi kerak.
Informatsiya: Mazkur uskuna tarkibida
xlorftoruglerodlar yo‘q. Sovituvchi
konturda R600a (HC) sovitish agenti bor.
• Izobutanli (R600) uskunalar: izobutan bu tabiiy gaz bo‘lib, ekologiyaga salbiy
ta'sir ko‘rsatmaydi, ammo yoqilg‘i
hisoblanadi. Shuning uchun sovitish
konturi trubkalariga zarar yetmasligiga
qarab turing. Agar zarar yetgan
trubkalardan gaz chiqayotgan bo‘lsa,
ayniqsa ehtiyot bo‘ling.
• S-pentan izolyatsiya ko‘pigida
ko‘piklantiruvchi modda sifatida
ishlatiladi va yonuvchan gaz
hisoblanadi. . Buyumni utillashtirish
jarayoniga alohida e’tibor bering.
• Mazkur uskuna maishiy va shunga
o‘xshash sharoitda, masalan
– magazin yoki idoralarda xodimlar
uchun mo‘ljallangan oshxonalarda;
– fermerlik xo‘jaliklarida,
mehmonxona, motel mijozlari uchun
yoki uy-joy tipidagi xonalarda;
– ertalabki nonushta beriladigan kichik
mehmonxonalarda;
- catering and similar non-retail
applications;
• Ushbu buyumda yonuvchan
moddalar bo’lgan aerozolli ballonlar
kabi portlashdan xavfli moddalarni
saqlamang.
• Mazkur uskunadan 8 va undan
katta yoshli bolalar, shuningdek
jismoniy, sezish va aqliy qobiliyati
cheklangan yoxud bilim va ko‘nikmasi
yetishmaydigan shaxslar ham
foydalanishi mumkin, qachonki ular
tajribali shaxs qarovi ostida bo‘lsalar
yoki uskunadan xavfsiz foydalanish
borasida yo‘riqnoma olgan bo‘lsalar
va mumkin bo‘lgan xavfni anglab
yetsalar.
• Bolalar kattalarning qarovisiz uskunani
tozalashlari va unga qarashlari
mumkin emas.
• Bolalar buyum ichida yopilib qolishi va
nafasi qaytib o’lishi mumkin bo’lgan
vaziyatga yo’l qo’ymaslik uchun,
ularga buyum ichida o’ynashga yoki
bekinishga ruxsat bermang.
• Rozetkaga, yoki rozetkaga kirishda
davlat xavfsizlik standartlariga muvofiq
4
o’rnatilishi mumkin bo’lgan ko’p
qutbli ulagichga oson yetib borish
imkoniyatini ta’minlab, buyumni
tarmoqdan o’chirish zaruriyatini ko’zda
tutish lozim.
• Buyumni yerga tutashtirish uyasiga
ulash: buyum tasdiqlangan yerga
tutashtirish tizimiga tegishlicha tarzda
ulangan bo’lishi kerak.
• Bir/ko’p liniyali adapterlardan yoki
uzaytirgichlardan foydalanmang.
• O‘rnatish chog‘ida uskuna elektr
ta'minoti simiga zarar yetkazmasligiga
e'tibor bering.
• Buyumning elektr ta’minot simidan
tortmang.
• Uskunani o‘rnatish uchun ikki yoki
undan ortiq kishi kerak.
• Baxtsiz hodisalarga yo’l qo’ymaslik
uchun, buyumni o’rnatish va unga
xizmat ko’rsatish, shu jumladan
elektr ta’minot kabelini almashtirish
malakali mutaxassis tomonidan ishlab
chiqaruvchining yo’riqnomasiga va
mintaqada amal qilgan xavfsizlik
qoidalariga muvofiq bajarilishi kerak.
Foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomada
ma'sus ko‘rsatma berilmagan bo‘lsa,
uskunaning biron qismini ta'mirlash
yoki almashtirish taqiqlanadi.
ATROF MUHITNI HIMOYA QILISH CHORALARI
1. O’rab-qadoqlash
Qadoqlash materiallari 100 foiz ikkilamchi qayta
ishlanadi, bu to‘g‘risida maxsus belgi dalolat beradi
. Utillashtirish mahalliy qonunchilikka muvofiq
o’tkazilishi kerak. O’ram materiallarini (polietilen
paketlar, polistirol detallar va hokazo) bolalar yetib
bora olmaydigan joyda saqlang, chunki ular ehtimoliy
xavf manbai hisoblanadi.
2. Buzish uchun yuborish /Utillashtirish
Buyum qayta ishlanadigan materiallardan foydalanib
ishlab chiqarilgan.
Mazkur uskuna 2012/19/EC -sonli Elektr va elektron
uskunalarni utilizatsiya qilish bo‘yicha Yevropa
Direktivasi talablariga muvofiq markirovkalangan.
Ushbu buyumni to’g’ri utillashtirib, Siz atrof muhitga
va insonlarning salomatligiga ehtimoliy salbiy ta’sir
etishning oldini olasiz.
Buyum ustida yoki unga ilova qilingan hujjatlarda
belgisi ushbu buyum maishiy chiqindi emasligini
hamda u elektr va elektron uskunalarni yig’ish va uni
qayta ishlash markaziga utillashtirish uchun yuborilishi
kerakligini bildiradi.
Buyumni buzish uchun yuborishda, undan elektr
ta’minot simini kesib oling, bolalar ichiga kirib
olmasligi va ichida yopilgan bo’lib qolib ketmasligi
uchun eshiklarini va tokchalarini yechib oling.
Buyumni buzish uchun topshirish ixtisoslashtirilgan
markazlarda va mahaliy utillashtirish qoidalariga
muvofiq bajarilishi kerak; buyum bolalar uchun
ehtimoliy xavf manbai bo’lgani uchun, uni hatto bir
necha kunga ham qarovsiz qoldirmang.
Ushbu buyumga xizmat ko’rsatish, uni ta’mirlash va
utillashtirish to’g’risida qo’shimcha ma’lumot olish
uchun, mahalliy ofisga, maishiy chiqindilarni yig’ish
xizmatiga yoki Siz buyumni sotib olgan do’konga
murojaat qiling.
Muvofiqlik deklaratsiyasi
• Ushbu buyum oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash
uchun mo’ljallangan va (CE) № 1935/2004 sonli
Reglamentga muvofiq tayyorlangan.
• Ushbu buyum quyidagilarga muvofiq ishlab
chiqilgan, tayyorlangan va sotilgan:
- 2006/95/CE "Past kuchlanish" Direktivasi (73/23/
CEE va uning keyin kiritilgan tuzatishlarining o’rnini
bosuvchi) xavfsizlik maqsadlari;
- "EMС" 2004/108/EC Direktivasinig xavfsizlik
talablari.
55