Xavfsizlik texnikasi va mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnoma
UZ
XAVFSIZLIK BO‘YICHA KO‘RSATMALAR
Jihozdan foydalanishdan oldin bu xavfsizlik ko‘rsatmalarini
o‘qib chiqing. Kelgusida foydalanish uchun yaqin joyda
saqlang. Bu ko‘rsatmalar va jihozning o‘zida har doim rioya
qilish kerak bo‘lgan xavfsizlik ogohlantirishlari berilgan.
Xavfsizlik ko‘rsatmalariga rioya qilinmasligi, jihozdan
noto‘g‘ri foydalanilishi yoki tugmalarning noto‘g‘ri
sozlanishiga ishlab chiqaruvchi javobgar bo‘lmaydi.
Yosh bolalar (0-3 yosh) jihozga yaqinlashtirilmasligi
kerak. Yosh bolalar (3-8 yosh) uzluksiz nazorat ostida
bo‘lmaganda jihozga yaqinlashtirilmasligi kerak. Bu
qurilmani 8 va undan katta yoshli bolalar, jismoniy,
sezgi yoki aqliy qobiliyati cheklangan yoki bilimi va
tajribasi yetarli bo‘lmagan shaxslar ishlatishi mumkin,
bunda ularga ushbu qurilmadan xavfsiz foydalanish
to‘g‘risida ko‘rsatma berilishi yoki nazorat qilib turilishi,
buni ishlatishning xatarlarini tushunishlari kerak.
Bolalar bu jihoz bilan o‘ynamasliklari kerak. Bolalar
nazorat ostida bo‘lmasa, bu jihozni tozalashi yoki
prolaktika qilishlari mumkin emas. Hech qachon
eshikni kuch bilan ochmang va undan zina sifatida
foydalanmang.
TO‘G‘RI ISHLATISH
OGOHLANTIRISH: Bu jihoz taymer yoki tashqi
yoqish moslamalari kabi alohida nazorat tizimlari
yordamida boshqarish uchun moslashmagan.
Maskur jihoz uy sharoitida va shunga yaqin quyidagi
sharoitlarda ishlatish uchun moslashgan: do‘kon, idora
yoki boshqa ishxonalarda xodimlar oshxonasida;
fermadagi uyda; mehmonxona va motellarda mijozlar
tomonidan, yotoqxona va nonushta qilinadigan joylarda
va boshqa turarjoy muhitida.
Mashinani dastur jadvalida ko‘rsatilgan maksimal
yuklanish (quruq kiyimlar kg) sig‘imidan ortiq
yuklamang.
Bu jihoz professional foydalanishga mo‘ljallanmagan.
Jihozdan ochiq havoda foydalanmang.
Hech qanday eritma (masalan skipidar, benzol),
tarkibida eritmalar, tozalovchi kukun, shisha yoki
umumiy tozalash moddasi mavjud bo‘lgan yuvish
vositalari yoki yonuvchan suyuqlik ishlatmang;
eritma yoki yonuvchan suyuqlik bilan ishlov
berilgan matolarni kir yuvish mashinasida yuvmang.
O‘RNATISH
Jihoz ikki yoki ko‘proq odam tomonidan ko‘tarilishi
va o‘rnatilishi lozim – jarohatlanish ehtimoli bor. Jihoz
o‘ramini ochish va o‘rnatishda himoya qo‘lqoplaridan
foydalaning – qo‘lni kesib olish ehtimoli bor.
Agar kir yuvish mashinasi ustiga quritgich o‘rnatmoqchi
bo‘lsangiz, avval bunday qilish mumkinligini bilish uchun
sotuvdan keyingi xizmat yoki dilerga murojaat qiling.
Agar quritgich mashinaga ustma-ust o‘rnatish to‘plami
bilan biriktirilsa, buning iloji bor. To‘plamni sotuvdan
keyingi xizmat yoki dileringiz orqali sotib oling.
Jihozni ko‘chirishda ustki qismi yoki qopqog‘idan
ko‘tarmang.
O‘rnatish, suv ta’minotiga ulash (agar bo‘lsa) va
elektr tizimiga ulash va ta’mirlash ishlari faqat
malakali texnik tomonidan bajarilishi lozim.
O‘QISH VA RIOYA QILISH SHART
Foydalanuvchi qo‘llanmasida maxsus ko‘rsatma
berilmagan bo‘lsa, jihozning biron qismini
ta’mirlash yoki almashtirish taqiqlanadi.
Jihoz o‘rnatilayotgan joyga bolalarni
yaqinlashtirmang. Jihozni o‘ramdan chiqargach,
tashish vaqtida zarar yetmaganini tekshiring.
Muammo bo‘lsa, dilerga yoki yaqinroqdagi
sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish markaziga
murojaat qiling. O‘rnatishdan keyin o‘ram qoldiqlari
(plastik, penopolistirol qismlar va hokazo) bolalar
qo‘li yetmaydigan joyda saqlanishi lozim – bo‘g‘ilib
qolish ehtimoli bor. Har qanday o‘rnatish
jarayonidan oldin jihoz elektr ta’minotidan uzilishi
lozim – tok urish ehtimoli bor. O‘rnatish vaqtida
jihoz simga zarar yetkazmasin – yong‘in chiqishi
yoki tok urishi xav bor. O‘rnatib bo‘lgandan
keyingina jihozni ishga tushiring.
Jihozni ekstremal sharoitli joylarga o‘rnatmang,
jumladan: havo aylanmaydigan, harorat 5 °C dan
past yoki 35 °C dan yuqori bo‘lgan joylarda.
Jihozni o‘rnatishda, to‘rtta oyog‘i barqaror va
polga tegib tursin. A’lo daraja tekisligini ta’minlash
uchun spirtli tenglagich yordamida rostlash zarur.
Agar jihoz yog‘och yoki qavatli polda o‘rnatilgan
bo‘lsa (muayyan parket va laminat materiallari),
jihoz tagiga kattaligi kamida 60x60x3cm fanerni
qo‘yib, ustiga jihozni joylashtiring.
Suv kirish shlangini mahalliy suv tarmog‘i
qoidalariga muvoq tarzda suv ta’minotiga ulang.
Faqat sovuq suv ishlatadigan modellar uchun:
issiq suv ta’minotiga ulamang.
Issiq suv ishlatadigan modellar uchun: issiq suv
kirish harorati 60°C dan oshmasligi kerak.
Tashish vaqtida ichki tomoniga shikast yetmasligi
uchun kir yuvish mashinasi tashish boltlari bilan
jihozlangan. Mashinani ishlatishdan oldin tashish
boltlarini olib tashlash shart. Boltlarni olib
tashlagandan so‘ng, tirqishlarni 4 ta plastik qalpoq
bilan yoping.
Jihozni o‘rnatgandan so‘ng, uni ishlatishdan
oldin, xona muhitiga moslashishi uchun bir necha
soat kutib turing.
Kir yuvish mashinasi tagidagi havo aylanish
tirqishlariga (modelda bor bo‘lsa) gilam yoki
boshqa materiallar to‘sqinlik qilmasin.
Jihozni suv ta’minotiga ulash uchun faqat yangi
shlang ishlating. Eski shlanglarni qayta ishlatish
mumkin emas.
Suv ta’minot bosimi 0.1-1 Mpa orasida bo‘lishi
kerak.
ELEKTR ENERGIYASI BILAN ISHLASHDA
XAVFSIZLIK TEXNIKASI
Jihozni elektr ta’minotidan sug‘urish orqali
o‘chirish imkoniyati bo‘lishi kerak, yoki elektr
amaliyotlarini bajarish qoidalari asosida ko‘p qutbli
o‘chirgich orqali o‘chirib yoqish va qurilma milliy
elektrik xavfsizlik standartlari bo‘yicha yerga
ulanishi kerak.
3
Xavfsizlik texnikasi va mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnoma
Uzaytirgich, uchtalik yoki perexodnikdan
foydalanmang. O‘rnatilgandan keyin elektr qismlar
foydalanuvchiga ko‘rinmasligi lozim. Ustingiz nam yoki
yalangayoq holatda jihozdan foydalanmang. Agar
elektr shnuri shikastlangan, to‘g‘ri ishlamayotgan yoki
zararlangan yoki tushirib yuborilgan bo‘lsa uni
ishlatmang.
Agar elektr shnuri shikastlangan bo‘lsa, tok
urmasligi uchun xizmat ko‘rsatish markazi yoki
tayyorgarlikka ega odam tomonidan ishlab
chiqaruvchidan xuddi shunaqasiga almashtirib
berilishi lozim.
TOZALASH VA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH
OGOHLANTIRISH: Texnik xizmat ko‘rsatishni
boshlashdan avval jihozning o‘chirilganligi va
elektr ta’minotidan uzulganligiga amin bo‘ling;
Hech qachon bug‘li tozalash jihozlaridan
foydalanmang – tok urish ehtimoli bor.
QADOQLASH MATERIALLARINI CHIQITGA CHIQARISH
Qadoqlash materiallari 100 foiz qayta ishlanadi, maxsus belgi shundan
dalolat beradi .
Shu sababli qoplama qismlari tegishli tarzda va mahalliy qoidalarga
rioya qilgan holda chiqitga chiqarilishi lozim.
MAISHIY TEXNIKANI CHIQITGA CHIQARISH
Mazkur jihoz qayta ishlangan yoki takror ishlatilishi mumkin bo‘lgan
ashyolardan tayyorlangan. Mahalliy qoidalarga rioya qilgan holda
chiqitga chiqaring. Maishiy elektr jihozlarni ishlatish, tiklash va chiqitga
chiqarish bo‘yicha ma’lumotlarni olish uchun mahalliy boshqaruv
organlari, chiqindi bilan ishlash xizmati yoki sotib olingan do‘kon bilan
maslahatlashing. Mazkur jihoz 2012/19/EC -sonli Elektr va elektron
jihozlarni chiqitga chiqarish bo‘yicha Yevropa Direktivasi (WEEE)
talablariga muvoq markirovkalangan. Bu mahsulotni tegishli tarzda
chiqitga chiqarish orqali uning atrof-muhitga va inson salomatligiga
yetkazishi mumkin bo‘lgan zararining oldini olgan bo‘lasiz.
Jihozda yoki ilova qilingan hujjatlarda bunday belgi bo‘lishi,
mahsulotni maishiy chiqindi sifatida utilizatsiya qilish mumkin
emasligini, uni elektron va elektr jihozlarni to‘plash va qayta ishlash
bo‘yicha tegishli punktga yetkazish lozimligini anglatadi.
4
Foydalanuvchi qo‘llanmasi
MAHSULOT TAVSIFI
UZ
2.
7.
YUVISH VOSITASI DISPENSERI
B
A
1.
3.
4.
5.
6.
8.
1. Ish yuzasi
2. Yuvish vositasi dispenseri
3. Boshqaruv paneli
4. Eshik dastasi
5. Eshik
6. Suv ltri - plintus orqasida
7. Plintus (ko‘chirma)
8. Moslashuvchan oyoqchalar (4)
1. Asosiy yuvish bo‘lmasi
• Asosiy yuvish vositasi
• Dog‘ ketkizish vositasi
• Suv yumshatgichi
• Suyuq yuvish vositasi uchun ko‘chma plastik A
qutichasini ishlatish tavsiya etiladi (ilova qilingan) aniq
miqdorni ishlatish uchun. Agar kukunli yuvish vositasi
ishlatilsa, qutichani B uyasiga qo‘ying.
2. Old yuvish bo‘lmasi
• Old yuvish uchun yuvish vositasi
3. Yumshatgich bo‘lmasi
• Mato yumshatgichi
• Suyuq kraxmal
Yumshatgich yoki kraxmal eritmasini faqat "max"
belgisiga qadar quying.
4. Bo‘shatish tugmasini bosing
(yuvish maqsadida yuvish vositasi dispenserini olish
uchunbosing)
SUV TA’MINOTIGA ULASHNING TEXNIK MA’LUMOTLARI
Suv ta’minotiga ulash
Suv ta’minotiSovuq
Suv krani3/4" rezbali shlang ulagichi
Eng kam suv ta’minoti bosimi100 kPa (1 bar)
Eng ko‘p suv ta’minoti bosimi1000 kPa (10 bar)
5
Foydalanuvchi qo‘llanmasi
BOSHQARUV PANELI
8.7.7.
1. "YOQ/O‘CH" tugmasi
2. Dasturni tanlash
3. "Harorat" tugmasi
4. "Aylantirish" tugmasi
5. "Boshlashni kechiktirish"
tugmasi
2.1.6.3.4.5.
6. "Boshlash/Pauza" tugmasi
7. Variantlar tugmalari
8. "Tugmalar qul" tugmasi
DASTURLAR
Kirlaringiz turiga to‘g‘ri keladigan tegishli dasturni tanlash uchun doim kiyim yorlig‘idagi ko‘rsatmalarga rioya qiling. Tog‘ora ramzi
tepasidagi qiymat kiyimni yuvish uchun mumkin bo‘lgan maksimal haroratni ko‘rsatadi.
ARALASHMA
Sal-pal va oddiy darajada kirlangan paxta, zig‘ir, sintetik
tolalar va aralash tolalardan ishlab chiqarilgan narsalarni yuvish
uchun.
OQ NARSALAR
Oddiy va qattiq kirlangan paxta va zig‘irdan ishlab
chiqarilgan sochiq, ichki kiyim, dasturxon va choyshab va
hokazolarni yuvish uchun. Harorat faqat 90 °C da tanlanganida
asosiy yuvish bosqichidan oldin yuvish sikli old yuvish bosqichi
bilan taqdim etiladi. Bu holda kir yuvish vositasini ham asosiy
ham old yuvish bo‘limlariga qo‘shish tavsiya etiladi.
PAXTA
Oddiy va qattiq kirlangan qalin paxta buyumlari.
EKO PAXTA
Oddiy kirlangan paxta narsalarni yuvish uchun. 40°C
va 60 °C bo‘lgan harorat standart suv va energiya sar nuqtai
nazaridan eng samarali paxta dasturi hisoblanadi.
TO'SHAK CHOYSHABLARI
Bir sikl mobaynida to‘shak cho‘yshablari va sochiqlarni
yuvish uchun bu dasturdan foydalaning. Bu yumshatuvchi
faoliyatini optimallashtirib, vaqt va energiya tejash imkonini
beradi. Kir yuvish poroshogi ishlatishni tavsiya etamiz.
SPORT
Sal-pal kirlangan sport kiyimlarni (sport kostyumi,
shorti) yuvish uchun. A’lo natijalrga erishish uchuun,
"DASTUR JADVALI" da ko‘rsatilgan maksimal yuk miqdoridan
oshmasligini tavsiya etamiz‘. Biz suyuq yuvish vositasidan
foydalanish, va yarim yuklangan mashinaga tegishli miqdorini
quyishni tavsiya etamiz.
KO‘RPALAR
Ikki yoki bir odamlik ko‘rpa, par bolish va par kurtkalar
yuvish uchun mo‘ljallangan. Bunday narsalarni chetlarini ichiga
bukib va umumiy hajmi barabanni ¾ oshmasligini ta’minlab
mashina ichiga yuklash tavsiya etiladi. Optimal yuvish uchun,
suyuq yuvish vositasidan foydalanishni tavsiya etamiz.
BUG‘ YORDAMIDA TOZALASH
Bu dastur kiyimlarni tozalash bilan birga yoqimsiz hidlarni
yo‘qotib, matoni yumshatadi (1.5 kg, taxminan, 3 ta narsa). Faqat quruq
narsalarni joylang (ios bo‘lmagan) va “Bug‘ yordamida tozalash”dasturni tanlang. Sikl yakunlangandan so‘ng kiyimlar bir oz nam
bo‘ladi va bir necha daqiqadan so‘ng ularni kiyishingiz mumkin “Bug‘
yordamida tozalash” -dastur dazmollash jarayonini osonlashtiradi.
! Yungli yoki shoyi matodagi kiyimlar uchun tavsiya etilmaydi.
! Chayish yoki kir yuvish vositalarini qo‘shmang.
AYLANISH + QURITISH
Narsalarni aylantirib so‘ng suvini chiqaradi. Egiluvchan
kiyim uchun. Agar aylanish bosqichini istisno qilsangiz, mashina
faqat quritish bosqichini bajaradi
CHAISH + QURITISH
Chayadi, so‘ng aylantirib suvini qochiradi. Egiluvchan
kiyim uchun.
TEZLIK 30’
Kam kirlangan kiyimlarni tez yuvish uchun. Bu sikl vaqt
va energiyani tejab, faqat 30 daqiqa davom etadi.
COLOURS 15°
Bu sikl kirni sovuq suvda (15°C) yuvib ranglarni himoyalaydi, va
suvni isitish uchun kamroq energiyani sarflagan holda yuqori natijalarni
tavsiya etadi. Kam ifloslngan dog‘siz narsalarni yuvish uchun. Bu sikl
15°C haroratli suvni ishlatib, 40° da yuvilgan kir natijasiga erishad.
IPAK
Barcha ipak narsalarni yuvish uchun bu sikldan
foydalaning. Nozik narsalar uchun mo‘ljallangan, maxsus kir
yuvish vositasidan foydalanishni tavsiya etamiz.
JUN
Barcha jun narsalarni, hatto faqat qo‘lda yuvish yorlig‘
bo‘lsa-da, "Jun" dasturini ishlatib yuvish mumkin. Engyaxshi
natijaga erishish uchun, maxsus yuvish vositalaridan
foydalaning va yuklagan narsalar miqdori bayon etilgan
maksimal miqdordan oshmasligini ta’minlang.
NOZIK
Juda nas narsalarni yuvish uchun. Yuvishdan oldin
buyumlarni ichini tashqariga o‘giring.
SINTETIKA
Sintetik aralashma tolalardan (masalan, polyester, poliakril,
viskon, va hokazo kabi), yoki paxta/sintetika aralashmalaridan ishlab
chiqarilgan kirlangan narsalarni yuvish uchun.
6
Loading...
+ 13 hidden pages
You need points to download manuals.
1 point = 1 manual.
You can buy points or you can get point for every manual you upload.