LG GR-M802GVHW User guide [ru]

FOYDALANUVCHI QO’LLANMASI
MUZLATGICHLI SOVUTGICH
Sovutgichni ishlatishdan oldin ushbu qollanmani oxirigacha o’qib chiqing va zarur bo’lganda, unga murojaat qilish uchun uni saqlab qo’ying.
P/No. : MFL67443033
www.lg.com
MUHIM XAVFSIZLIKKA OID MA’LUMOTLAR
... 3
MUNDARIJA
O’RNATISH ........................................................... 11
ICHKI QISMLAR .................................................. 12
ISHLATISH ............................................................ 13
Ishga kirishish
Haroratni o’rnatishdan oldin
Eshik signali
O’z-o’zini sinash testi
Sovutish kamerasidagi boshqaruv tugmalar
Gigiyenik soflik
Tez muzlatish
Bolalardan himoya qulfi
Muzlatish kamerasiga tegishli boshqaruv tugmalari
Muz tayyorlash
Sof xona tortmasi
Sabzavotlar tortmasi
OZIQ-OVQAT SAQLASHGA OID TAKLIFLAR
..... 18
TOZALASH ........................................................... 19
UMUMIY MA’LUMOT .......................................... 20
w OGOHLANTIRISH .......................................... 21
TA’MIRLOVCHI USTANI CHAQIRISHDAN OLDIN
... 22
TEXNIK XARAKTERISTIKASI ............................ 23
2
MUHIM XAVFSIZLIKKA OID MA’LUMOTLAR
w OGOHLANTIRISH
w Jihoz korpusidagi va ichidagi ventilyatsiya teshiklari bekilib qolmasin.
w Muzdan eritish jarayonini tezlashtirish uchun ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsiya
etilmagan mexanik qurilmalar yoki boshqa vositalardan foydalanmang.
w Sovutuvchi agent sirkulatsiyasi sxemasiga shikast yetkazmang.
w Jihozning oziq ovqat saqlanadigan kameralari ichida elektr qurilmalarini
ishlatmang, agarki o’sha elektr qurilma ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsiya etilgan qurilma bo’lmasa.
w Jihozda sovutuvchi agent va izolyatsiyalovchi purkovchi gaz qo’llanilganligi bois,
jihozni alohida belgilangan tartibda chiqindiga chiqarish talab etiladi. Chiqindiga chiqarish vaqti kelganda, texnik xizmat ko’rsatuvchi agent toki boshqa shunga o’xshash shaxs bilan bog’laning.
Jihoz tarkibida kam miqdordagi izobutan sovutish agenti (R600a) va
ekologik tozaligi yuqori bo’lgan, ammo baribir yonuvchan bo’lgan tabiiy gaz mavjud. Jihozni tashish va o’rnatish vaqtida, sovutish agenti sirkulatsiyalanadigan zanjirning hech bir qismiga shikast yetmasligini ta’minlash uchun ehtiyot bo’lish lozim.
Trubachalardan otilib sachrovchi sovutish agenti kuydirishi yoki ko’zga shikast yetkazishi mumkin. Agar sovutish agenti oqib chiqayotgan teshik joy topilsa, ochiq alanga yoki o’t olishga olib keluvchi manbalarni yo’q qiling va jihoz turgan xonani bir necha daqiqa shamollating.
Sovutuvchi agent aylanadigan zanjirda teshik hosil bo’lgan bo’lsa, yonuvchan gaz havo aralashmasining hosil bo’lishini oldini olish uchun jihoz qo’yilgan xona o’lchami jihozda foydalanilgan sovutuvchi agent miqdoriga bog’liq. Jihozdagi har 8g R600a sovutish agenti uchun 1 xona hajmi talab etiladi. Jihozdagi sovutish agenti miqdori uning ichidagi pasport ma’lumotlari tablochasida ko’rsatiladi. Jihozda shikastlanish belgilar namoyon bo’lsa, uni umuman ishga tushirmang. Agar shubha tug’ilsa, dilerga murojaat qiling.
3
MUHIM XAVFSIZLIKKA OID MA’LUMOTLAR
XAVFSIZLIKNI TA’MINLASHGA OID ASOSIY EHTIYOT CHORALARI
Ushbu qo’llanmada ko’pgina xavfizlikka oid ma’lumotlar berilgan. Ushbu xavfizlikka oid ma’lumotlarni o’qib chiqing va doim ularga amal qiling.
Bu xavfsizlikka oid ogohlantirish belgisi. Bu belgi insonni o’ldirishi yoki unga tan jarohati yetkazishi yoki jihozga shikast yetkazishi mumkin bo’lgan xatarli holatlar haqida xabar beradigan xavfsizlik xabari ekanini ko’rsatadi. Barcha xavfsizlikka oid xabarlar oldida xavfsizlikka oid ogohlantirish belgisi yoki “OGOHLANTIRISH” yoki “DIQQAT” kabi xatar haqida ogohlantiruvchi signal so’zlar keladi. Bu so’zlar quyidagilarni bildiradi:
OGOHLANTIRISH
DIQQAT
Har bir xavfsizlikka oid xabarda xavfning qanday ekanligi, uning natijasida jarohat olish ehtimolligini qanday qilib kamaytirish va ko’rsatmalarga amal qilinmasa, nimalar bo’lishi mumkinligi haqida aytiladi.
Bu, agar oldi olinmasa, yengil yoki o’rtacha tan jarohati yoki faqat jihozga shikast yetishi olib kelishi mumkin bo’lgan muqarrar xatarli vaziyatni ko’rsatadi.
Agar unda aytilgan ko’rsatmalarga amal qilmasangiz, o’lim yoki jiddiy tan jarohati olishingiz mumkin.
OGOHLANTIRISH
Jihozdan foydalanish jarayonida yong’in, tok urishi, yoki tan jarohati olish xavfini kamaytirish uchun xavfsizlikka oid asosiy ehtiyot choralariga amal qilinishi lozim, jumladan quyidagilarga. Jihozdan foydalanishdan oldin barcha yo’riq va ko’rsatmalarni o’qib chiqing.
1. Elektr quvvatiga ulaganda
Alohida devor rozetkasidan foydalanish lozim.
• Bitta devor rozetkasidan bir
nechta qurilmalar uchun foydalanish yong’in keltirib chiqarishi mumkin.
• Elektr sizib yo’qolishini
to’xtatgich oziq ovqatni buzishi va dispenser teshilishi mumkin.
Quvvat simi vilkasini tepaga qaratib rozetkaga tiqmang yoki u sovutgich orqasida qisilib qolmasin.
Suv kirish yoki vilka shikastlanish mumkin, qaysiki bu yong’in yoki tok urishiga sabab bo’ladi.
O’rnatish vaqtida quvvat simi vilkasi chiqarib olingandan so’ng, sovutgich tortilganda, quvvat simini qisilish yoki ezilish holatlaridan saqlang.
Bu yong’in yoki elektr toki urishiga sabab bo’ladi.
Quvvat simi o’ralib qolmasin yoki og’ir predmet ostida qolib shikastlanmasin.
Bu quvvat simini shikatlanishi va yong’in yoki elektr toki urishiga sabab bo’ladi.
4
MUHIM XAVFSIZLIKKA OID MA’LUMOTLAR
1. Elektr quvvatiga ulaganda
Quvvat simini uzaytirmang yoki o’zgartirmang.
Bu quvvat simini shikatlanishi va yong’in yoki elektr toki urishiga sabab bo’ladi.
Quvvat simini rozetkadan uzishda simdan emas, balki vilkadan ushlab tortib sug’uring.
Bu elektr toki urishi yoki qisqa tutashuv va natijada yong’inga sabab bo’lishi mumkin.
Ho’l qo’l bilan quvvat simini rozetkadan uzmang yoki quvvat simi vilkasiga tegmang.
Bu elektr toki urishi yoki tan jarohatiga sabab bo’lishi mumkin.
Sovutgichning ichki lampasini tozalash, olish yoki almashtirish vaqtida quvvat simi vilkasini rozetkadan uzing.
• Bu elektr toki urishi yoki tan jarohatiga sabab bo’ladi.
• Sovutgich ichki lampasini almashtirayotganda, rozetka ichida elektr uchquni chiqishini oldini oluvchi rezina halqacha chiqib ketmaganligiga ishonch hosil qiling.
Quvvat simi vilkasidan suva yoki changni tozalab tashlang va uni tishlarini mustahkam ulangan holda tiqing.
Vilkada chang, suv bo’lsa yoki vilka bo’sh holatda tiqilsa, bu yong’in yoki elektr toki urishiga sabab bo’lishi mumkin.
Quvvat simi vilkasini qayta ulamoqchi bo’lsangiz, 5 yoki undan ko’proq daqiqa kutib turing.
Bu muzlatgichning ishdan chiqishiga sabab bo’lishi mumkin.
5 daqiqadan
keyin
Yerga tutashtirishni amalga oshirganligingizga ishonch hosil qiling.
Noto’g’ri tarzda yerga tutashtirish nosozlik yoki elektr toki urishiga sabab bo’ladi.
Yerga tutashtirish simi
30 dyuymdan
Mis
uzun
pol
Quvvat simi vilkasiga muvofiq bo’lgan kuchlanishdagi yerga tutashtiruvdan foydalanganingizga ishonch hosil qiling.
Uzaytirish simlaridan foydalanganda, ularning yerga tutashtirilganligiga ishonch hosil qiling.
Bu yong’inga sabab bo’lishi mumkin.
Quvvat simi yoki quvvat simi vilkasi shikastlansa, yoki devor rozetkasi teshiklari bo’shab kengayib qolsa, ulardan foydalanmang.
Bu elektr toki urishi yoki qisqa tutashuv va natijada yong’inga sabab bo’lishi mumkin.
Xavfsizlik uchun yerga tutashtirishni amalga oshirganligingizga hosil qiling.
Gaz trubasi, plastik suv trubasi yoki telefon liniyasi orqali yerga tutashtirmang.
Agar uydagi devor rozetkalarida yerga tutashtiruv bo’lmasa, alohida tarzda kompressor tagligi orqali yerga tutashtiring.
5
MUHIM XAVFSIZLIKKA OID MA’LUMOTLAR
2. Sovutgichdan foydalanganda
Sovutgich ustiga og’ir predmet yoki xavfli predmet (suv solingan idish) qo’ymang.
Sovutgich eshigini o’chish yoki yopish vaqtida u yerga tushib ketishi va jarohat, yong’in yoki elektr toki urishiga sabab bo’lishi mumkin.
Bolalarning sovutgich ichiga kirib olishiga yo’l qo’ymang.
Bola muzlatgich ichiga kirsa, bu uning hayotini xavfga qo’yishi mumkin.
Soovutgich eshigini qattiq kuch bilan ochish va yopish suvutgich savatidagi oziq­ovqatning qattiq kuch ta’sirida tushib ketishiga yoki oyoqqa shikast yetishiga olib kelishi mumkin, shunday ekan ehtiyotkorroq bo’ling.
Sovutgich eshigi yoki eshik polkalari yoki sovutgich kamerasiga osilmang.
Bu muzlatgich yerga qulashiga yoki uning ushlagichlarining shikastlanishiga sabab bo’lishi mumkin. Ayniqsa, bolalarning bunday qilishiga yo’l qo’ymang.
Sovutgich ustiga gul vaza, choynak, kosmetika mahsulotlari, dori-darmonlar yoki suv solingan idish qo’ymang.
Sovutgich ustiga predmet tushib ketib elektr toki urishi, tan jarohati yoki yong’inga sabab bo’lishi mumkin.
Sovutgich yaqinida efir, benzin, spirt, dori, suyultirilgan uglevodorod gazi, sprey yoki kosmetika mahsulotlari kabi yonuvchan materiallarni ishlatmang yoki ularni sovutgich ichiga qo’ymang.
Bu portlash yoki yong’inga sabab bo’lishi mumkin.
Benzin
Efir
Suyultirgich
Sovutgichni ho’l yerda yoki suv yoki yomg’ir sachrashi mumkin bo’lgan yerda o’rnatmang.
Elektr toki o’tadigan qismlarda izolyatsiya holatining yomonlashuvi elektr tokining sizib yo’qolishiga sabab bo’lishi mumkin.
Suvutgichda dori vositalari yoki akademik dori vositalarini saqlamang.
Sovutgichda haroratini qat’iy nazorat qilib borish kerak bo’lgan material saqlanganda, uning holati buzilishi yoki u kutilmagan reaksiyani berib, xavf keltirib chiqarishi mumkin.
Dori vositalari
6
MUHIM XAVFSIZLIKKA OID MA’LUMOTLAR
2. Sovutgichdan foydalanganda
Sovutgich ichini quritishdan quritgichdan foydalanmang yoki sovutgich ichidagi hidni yo’qitish maqsadida uning ichida sham yo’qmang.
Bu portlash yoki yong’inga sabab bo’lishi mumkin.
Sovutuvgich yaqinida yonuvchan spreydan foydalanmang.
Bu yong’inga sabab bo’lishi mumkin.
Momaqaldiroq yoki chaqmoq bo’lganda yoki sovutgich uzoq muddat foydalanilmaydigan bo’lsa, quvvat simi vilkasini rozetkadan uzib qo’ying.
Aksi holda, yong’in yoki elektr toki urishi mumkin.
Yonuvchan gaz oqib chiqadigan joylar kabi olovdan uzoq bo’lgan joylarda o’rnating.
Bu yong’inga sabab bo’lishi mumkin.
Agar sovutgich suv ostida qolgan bo’lsa, undan foydalanishdan oldin uni tekshiring.
Bu elektr toki urishi yoki yong’inga sabab bo’lishi mumkin.
Jihozdan jismoniy, sezish yoki aqliy qobiliyati cheklangan yoki uni ishlatish haqida unchalik bilim yoki tajribaga ega bo’lmagan insonlar (shu jumladan, bolalar ham) foydalanishi ko’zda tutilmaydi, mabodo ular ushbu jihozdan foydalangan taqdirda ham, ularning yonida ularning xavfsizligi uchun javobgar bo’lgan shaxs bo’lishi va ushbu shaxs ularga ushbu jihozni foydalanishga oid yo’riqlarni berib turishi va vaziyatni nazorat qilib turishi lozim.
Agar gaz sizib chiqayotgan bo’lsa, sovutgich yoki devor rozetkasiga tegmang va xonani o’sha zahoti shamollating.
• Uchqun sachrashi orqali portlash holati yong’in yoki kuyishga sabab bo’lishi mumkin.
• Jihozda ekologik toza bo’lgan sovutish agenti sifatida tabiiy gaz (izobutan, R600a) ishlatilganligi sababli, hatto uning kichik miqdori (80~90g) ham yonuvchandir. Sovutgichni tashish, o’rnatish yoki foydalanish vaqtida yetkazilgan jiddiy shikast natijasida gaz sizilib chiqsa, vu holatda har qanday uchqun yong’in yoki kuyishga sabab bo’lishi mumkin.
Bolalar jihoz bilan o’ynamasligi uchun narozat qilib turilishi lozim.
Sovutgichning tashqi yoki ichki yuza qismiga suv purkamang yoki uni benzin yoki suyultiruvchi modda bilan tozalamang.
Elektr toki o’tadigan qismlarda izolyatsiya holatining yomonlashuvi elektr toki urishi yoki yong’inga sabab bo’lishi mumkin.
Siqib chiqaruvchi yonuvchan gaz mavjud aerozol ballonlar kabi portlovchi moddalarni sovutgichga qo’ymang.
7
Suyultirgich
MUHIM XAVFSIZLIKKA OID MA’LUMOTLAR
2. Sovutgichdan foydalanganda
Malakali texnikdan boshqa hech kimning sovutgich qismlarini ochish, tuzatish yoki almashtirishiga yo’l qo’ymang.
Bu tan jarohati, elektr toki urishi yoki yong’inga sabab bo’lishi mumkin.
Suvutgichni chiqindiga tashlayotganda, o’ram materiallarini uning eshigidan olib tashlang.
Bu bolaning uning ichida qamalab qolishiga sabab bo’lishi mumkin.
Sovutgichni qattiq va tekis yuzali yerga o’rnating.
Sovutgichni tagi bo’sh yoki notekis yerga o’rnatsangiz, uning eshigini o’chish yoki yopish vaqtida u yerga yiqilishi va o’lim holatlarigacha sabab bo’lishi mumkin.
Sovutgichdan g’alati hid yoki tutun chiqsa, o’sha zahoti quvvat simi vilkasini rozetkadan uzing va texnik xizmat ko’rsatish
Texnik xizmat
markazi
markazi bilan bog’laning.
Bu yong’inga sabab bo’lishi mumkin.
Sovutgichdan maishiy maqsadlardan boshqa maqsadlarda foydalanmang (dori vositalari yoki sinov materiallarini saqlash, kemada foydalanish va hokazolar kabi).
Bu yong’in, elektr toki urishi, saqlangan material holatining buzilishi yoki kimyoviy reaksiya kabi kutilmagan xavflarga sabab bo’lishi mumkin.
Sovutgich o’z xizmatini o’tab bo’lgach uni nima qilish lozim.
Sovutgich qayta ishlanuvchan materiallardan ishlab chiqarilgan va uning tarkibida suyuqliklar (sovutuvchi agent, moylash materiali) mavjud. Barch shu kabi materiallar qayta ishlanuvchan chiqindilarni to’plash punktiga jo’natilishi kerak, chunki bu materiallardan ma’lum qayta ishlash jarayonlaridan keyin yana foydalanish mumkin. Bu xususda mahlliy hokimlik organlari bilan bog’laning.
Sovutgichning sovuq havo chiqish teshigi, korpusi, tag qismiga, uning orqa tomonidagi issiqlik o’tkazmaydigan panjaraga (chiqarish teshigi) qo’l yoki tayoqsimon metall predmet tiqmang.
Bu elektr toki urishi yoki tan jarohatiga sabab bo’lishi mumkin.
Suvutgich eshigidagi cho’ntakni olishdan oldin uning ichidagilarni hammasini olib, uni bo’shating.
8
MUHIM XAVFSIZLIKKA OID MA’LUMOTLAR
2. Sovutgichdan foydalanganda
Sovutuvgich orqa tomonidagi devorni olib tashlamang.
Sovutgichni tokka ulashdan oldin uning barcha qismlarini o’z joyiga qo’ying.
Elektr toki adapteridan foydalanmang.
Sovutgich ustiga yongan holda turgan sham yoki tutab turgan ladanni qoldirmang, bu yong’in yoki jihozga shikast yetishiga olib kelishi mumkin.
DIQQAT
Ushbu ko’rsatmaga amal qilmaslik tan jarohati yoki uy yoki uy jihozlariga zarar yetishiga sabab bo’lishi mumkin. Doim e’tiborli bo’ling, iltimos.
Muzlatgich kameradagi oziq-ovqat yoki idishlarga ho’l qo’l bilan tegmang.
Bu tana to’qimasining sovuq urishiga sabab bo’lishi mumkin.
Sovutuvgich ichida oziq-ovqatlarni tartibsiz holatda qo’ymang.
Sovutgich eshigini ochish va yopish vaqtida oziq­ovqat tushib ketishi va tan jarohati yetkazishi mumkin.
OK
Muzlatgich kamerada butilka qo’ymang.
Uning ichidagi suyuqlik muzlab, butilka yorilishi va bu jarohat yetkazishi mumkin.
Sovutgichni ko’tarishda uning old tag qismi va orqa tepa qismidagi ushlagichdan ushlab ko’taring.
Aks holda u qo’ling’izdan sirpanib, jarohat yetkazishi mumkin. Sovutgich ancha og’ir bo’lagnligi bois uni bir kishi ko’tarishi tan jarohati yoki ko’ngilsiz hodisaga sabab bo’lishi mumkin.
Sovutuvgich tag qismiga qo’lingizni tiqmang.
Uning tag qismidagi po’lat list tan jarohatiga sabab bo’lishi mumkin.
Sovutgich eshigini o’chish yoki yopish vaqtida uning yaqinida bo’lgan insonga jarohat yetishi mumkin, ehtiyot bo’ling.
Eshikni ochish yoki yopish chog’ida qo’l yoki oyoq eshik orasiga qolib qisilishi mumkin yoki eshik qirrasi tegib yosh bola jarohat olishi mumkin.
9
MUHIM XAVFSIZLIKKA OID MA’LUMOTLAR
Muzlatgichga biror bir tirik hayvonni tiqmang.
Sovutgichni tozalashda silliqlaydigan gubka, cho’tka yoki hatto zanglamaydigan po’latni tozalaovchi maxsus vositalar, spirt, kerosin, benzin, mum, erituvchi kabi sovun mahsulotlari, xlor, tozalovchi vosita, uksus kabi kuchli kimyoviy moddalardan foydalanmang. Bu vositalar sovutgich yuzasidagi himoyaviy lak qatlamiga zarar yetkazishi va uning yuzasida dog’lar hosil bo’lishiga olib kelishi mumkin.
Plastik qismlarga moy tegishini oldini oling. Bu shikastga sabab bo’lishi mumkin.
Quvvat simiga shikast yetganda, ko’ngilsiz hodisa bo’lmasligi uchun uni mutaxassis texnik almashtirib bergani ma’qul.
Texnik
Sovutgich eshigiga suyanmang. Oshiq moshiqlar bo’shab qolishi mumkin.
OGOHLANTIRISH
Pastki tormalarni tozalash maqsadida ularni idish yuvadigan mashinada yuvmang; yuqori harorat savatlarga zarar yetkazishi mumkin.
10
SOVUTGICHNI ISHLAB CHIQARISHDA HAMMA JIHATLAR HISOBGA OLINGAN VA UNDA ENG
SO’NGI TEXNOLOGIYA QO’LLANILGAN.
BIZ TO’LIQ ISHONAMIZKI, SIZ USHBU SOVUTGICHNING ISHLASHI VA ISHONCHLILIGIDAN
TO’LIQ KO’NGLINGIZ TO’LADI.
SOVUTGICHNI ISHLATISHDAN OLDIN USHBU BUKLETNI DIQQAT BILAN O’QIB CHIQING.
UNDA JIHOZNI O’RNATISH, ISHLATISH VA TEXNIK XIZMAT KO’RSATISHGA OID ANIQ
KO’RSATMALAR HAMDA BIR QANCHA FOYDALI MASLAHATLAR BERILGAN.
O’RNATISH
1. Yaxshi joy tanlang.
Sovutgichni foydalanish qulay bo’lgan yerga joylashtiring.
2. Sovutgichni issiqlik manbalari yaqinida,
bevosita quyish nuri tushadigan yerda va namlik mavjud yerda joylashtirmang.
3. Ushbu muzlargichli sovutgich atrofi bo’ylab
yaxshi havo aylanishini ta’minlash uchun uning ikki yon tomoni va tepa qismida yetarlicha bo’sh joy bo’lishini ta’minlang va uning orqa tomoni va devor o’rtasida kamida 2 dyuym (5 sm) bo’sh joy qolsin.
4. Sovutgichni 5 °C dan past bo’lgan haroratli
yerda o’rnatmang. Bu jihozning ishlash sifatining pasayishiga sabab bo’lishi mumkin.
5. Vibratsiya vujudga kelishini oldini olish uchun
jihoz tekis holda turishi kerak. Agar zarur bo’lsa, baravarlovchi burama mixlarni burab, pol notekisligini o’rnini to’ldiring. Eshikning yopilib turishi uchun sovutgichning old tomoni orqa tomoniga nisbatan biroz balandroq bo’lishi lozim. Sovutgichni sal qiyalatgan holda baravarlovchi buraman mixlarni osonlik bilan burash mumkin. Sovutgichni ko’tarish uchun burama mixlarni soat mili yo’nalishida (
), tushirish uchun soat mili yo’nalishiga
teskari yo’nalishda( ) burang.
KEYINGI BOSQICH
1. Sovutgichni yaxshilab tozalang va tashib olib
kelish vaqtida to’plangan changni artib tashlang.
2. Kubiksimon muz bo’lakchalari qutichasi va hokazo shu kabi aksessuarlarni o’z joyiga qo’yib chiqing. Jo’natish vaqtida bu aksessuarlarga shikast yetishini oldini olish uchun ular bitta qilib o’ramga o’raladi.
3. Ushbu modelda sovutgichning tayoqsimon ushlagichi mavjud bo’lib, yo’riqlar kartasiga qarab ushbu ushlagichni yig’ing.
4. Quvvat simini (vilkani) devor rozetkasiga ulang. Bitta rozetkaga bir nechta jihozlarni ulamang.
5. Sovutgichga oziq-ovqatlarni joylashtirishdan oldin 2 yoki 3 soat sovutgichni shunday qoldiring. Sovutish tizimi ko’ng’ildagidek ishlayotganiga ishonch hosil qilish uchun muzlatish kamerasidagi sovuq havo oqimini tekshiring. Va nihoyat, endi sovutgichingizdan foydalanaverishingiz mumkin.
11
ICHKI QISMLAR
MUZLATISH
KAMERASI
Lampa
Polka
Muzlatgich kamerasi
haroratini
Aylana muz
tayyorlash
Polka
SOVUTISH
KAMERASI
Sof xona tortmasi
Lampa
Yon tomonlarni
sovutish
(Buyurtma qarab)
Muzlatgich kamerasi eshigi polkasi
Muzlatgich kamerasi eshigi polkasi(**)
GIDC savati
Tuxum qo’yadigan taglik
Polka
Gigiyenik soflik
Sabzavotlar tortmasi
(1 ta quti yoki 2 ta quti)
(Buyurtma qarab)
IZOH
• Ushbu qo’llanmada bir nechta modellar qamrab olingan. Siz xarid qilgan sovutgichda yuqoridagi sovutgich ko’rsatilgan qismlarning hammasi bo’lmasligi mumkin.
• Ushbu eshik polkalari, tortmalar va polkalar kabi ichki qismlarni barchasini o’z joyida joylashtirib ishlatsangiz, energiya tejamkorligi bo’yicha eng yaxshi samaradorlikka erishasiz.
Sovutgich kamerasi eshigi polkasi
Baravarlovchi vint
ENERGIYA TEJAMKORLIGIGA OID TAKLIFLAR
• Eshikni uzoq vaqt ochiq qoldirmang, eshikni qisqa vaqtda yoping.
• Sovutgichga haddan ortiq oziq-ovqatni qalashtirib tashlash tavsiya etilmaydi. Sovuq havo erkin aylanishi uchun yetarli bo’shliq bo’lishi lozim.
• Sovutgich haroratini keragidan ortiq past darajaga o’rnatmang. Harorat sensori yaqiniga oziq-ovqat qo’ymang.
• Issiq oziq-ovqatni qo’yishdan oldin uni sovuting va keyin qo’ying. Issiq ovqatni muzlatgichli sovutgichga qo’ysangiz, ovqat buzilishi mumkin, shuningdek, bu elektr quvvatining ko’p sarflanishiga olib keladi.
• Havo aylanadigan ventilyatsiya teshiklarini oziq-ovqat bilan to’sib qo’ymang. Sovuq havoning bir maromda aylanishi ushbu muzlatgichli sovutgich haroratini bir xilda bo’lishini ta’minlaydi.
• Sovutgich eshigini ha deb oshavermang. Eshikni ochsangiz, kamera ichiga issiq havo kiradi va kamera ichida haroratning ko’tarilishiga sabab bo’ladi.
12
ISHLATISH
ISHGA TUSHIRISH
Sovutgichni ilk bor o’rnatgandan so’ng, unga sof yoki muzlatilgan oziq-ovqatlarni joylashdan oldin uni normal ishlash haroratiga moslashish uchun 2-3 soat qo’ying.
Agar jihozni ishlashini bo’lib qo’yilsa, uni qayta ishga tushirishdan oldin 5 minutcha kuting.
HARORATNI O’RNATISHDAN OLDIN
Xona haroratining o’zgarishidan qat’iy nazar jihoz harorati bir xilda bo’ladi. Harorat sozlamalari
(sovutgich va muzlatgich kameralaridagi boshqaruv tugmalari) bir bor o’rnatilgandan so’ng, agar zarur bo’lmasa, ularni o’zgartiravermaslik tavsiya etiladi.
Jihozning sovutgich kamerasida bitta haroratni sozlash tugmasi va muzlatgich kamerasida bitta
g’ildiraksimon haroratni sozlash tugmasi mavjud.
Sovutgich kamerasidagi haroratni sozlash tugmasi uchun standart harorat ‘3°C’.
Muzlatgich kamerasidagi g’ildiraksimon haroratni sozlash tugmasi uchun standart harorat ‘3’.
Jihozning sovutgich kamerasida harorat sensori mavjud. U, zarur bo’lganda, kompressorni avtomatik
ravishda ishga tushiradi va to’xtatadi.
ESHIK SIGNALI
Sovutgich yoki muzlatgich kamerasi 1 daqiqa davomida ochiq qolganda, eshik signali uch marta yangraydi. Agar eshik ochiq holda qolaversa, signal har 30 soniyada takror chalinaveradi.
O’Z-O’ZINI SINASH TESTI
Jihozda o’zini diagnoz qilish funksiyasi mavjud. Agar uning biror qismida nosozlik kelib chiqsa, u ta’mirlovchi
texnikka yordam berish uchun xatolik kodini ko’rsatadi. Xatolik kodi ko’rsatilib turgan vaqtda boshqa boshqarish va ko’rsatish, ya’ni indikator funksiyalari ishlamaydi.
Agar xatolik kodi chiqib tursa, xizmat ko’rsatish markazi bilan bog’laning. Quvvat simini devor rozetkasidan
uzmang.
SOVUTGICH KAMERASIDAGI BOSHQARUV TUGMALARI
Sovutgich kamerasi haroratini sozlash
uchun 'REFRIGERATOR' tugmasini bosing.
Gigiyena motorini ishlatish uchun
'HYGIENE FRESH’ tugmasini bosing.
Ushbu tugmani har gal bosganda, LED
indikatori chirog’i yonadi.
LED indikatorida ko’ringan raqam
sovutgich kamera haroratini ko’rsatadi.
Yetti pog’onali, '0°C' dan '6°C' gacha
bo’lgan sozlama nuqtalaridan birini tanlashingiz mumkin.
tugmani bosing, Gigiyenik soglik motori yonadi, quvvat rejimi o’chadi.
-
- tugmani 5 soniya bosib turing, Gigiyenik filtrni almashtirish muddati NOLGA O’RNATILADI.
- tugmani bosing, sovutgich kamera haroati 1°C ga pasayadi va ya shu taxlit aylanib kelaveradi.
tugmani bosing, sovutgich kamera haroati 1°C ga pasayadi va burang.
-
- tugmani bosing, sovutgich kamera haroati 1°C ga ko’tariladi.
13
a
c
b
d
ISHLATISH
GIGIYENIK SOFLIK
w DIQQAT
Jihozni o’rnatish va uni ishlatishdan oldin undan ko’zda tutilgan taxlitda foydalanish uchun foydalanuvchi qo’llanmasini diqqat bilan o’qib chiqing. GIGIYENIK SOFLIK filtri sovutgich ichidagi virus va bakterialarni yo’q qiluvchi antibakterial funksyaga hamda undagi badbo’y hidlarni yo’q qiluvchi dezodoratorlik funksiyalariga ega. Ushbu funksiya tegishli sinovlardan o’tgan va tegishli vakolatli muassasalar ( sertifikatlangan.
* Filtrning xizmat muddati 1 yildan 2 gacha. (Filtr xizmat muddati iste’molchi iqlim sharoitlariga qarab
turlicha bo’lishi mumkin.)
Mavjud filtrni olib tashlash
RESET lampasi yonganda, filtrni almashtiring.
Intertek
) tomonidan
• “RESET” lampasi yonganda, GIGIYENIK SOFLIK filtrining ko’ngildagidek ishlashini ta’minlash uchun filtrni almashtiring.
• Filtrni almashtirish uchun ( shunda O’CHISH rejimiga o’tiladi.
• Filtr qopqog’ini ushlang va uni soat mili yo’nalishiga teskari yo’nalishda burang va shu taxlit uni yechib oling. Filtr qopqog’ini ichida joylashtirilgan GIGIYENIK SOFLIK filtrini tortib chiqarib oling.
Yangi filtrni o’rnatish
Yangi filtrni o’rnatish.
• Yechib olingan filter qopqog’iga GIGIYENIK SOFLIK filtrini joylashtiring, bunda filtr atrofidagi ushlagich ilmoqlar ko’rinib turishi kerak. (Agar filtr teskari joylashtirilgan bo’lsa, u yig’ilmaydi.)
• Filter qopqog’ini yana joyiga joylashtiring va so’ng uni mahkamlash uchun soat mili yo’nalishida 30 gradusga burang.
) tugmani bosing,
Foydalanish
vaqtida NOLGA
O’RNATISHGACHA
qolgan vaqtni
ko’rsatadi
O’CHISH
rejimiga
o’tkazilgan
vaqtda
GIGIYENIK SOFLIK filtrini yaqin oradagi distributor yoki xizmat ko’rsatish markazidan xarid qilishingiz mumkin.
14
ISHLATISH
Almashtirish vaqtini o’rnatish (Initsializatsiya)
Foydalanuvchi filtrni almashtirgandan keyin u filtrni keyingi almashtirilishigacha bo’lgan vaqtni o’rnatishi mumkin.
• Sovutgich eshigini yoping va displey panelidagi RESET lampasi yonishini tekshirish uchun eshik old tomonidagi displey panelidagi ( 5 soniyadan ortiq bosib turing.
Foydalanish rejimiga o’tkazish
Foydalanish rejimiga o’tkazish.
• GIGIYENIK SOFLIK filtridan foydalanish uchun eshik old tomonidagi displey panelidagi ( tugmani bosing va AUTO yoki POWER rejimiga o’tkazing. (Ushbu tugmani har gal bosganda, GIGIYENIK SOFLIK filtri quyidagi rejimlar ketma-ketligida ma’lum rejimga o’tadi: OFF
AUTO POWER OFF.)
OFF
(O’CH.)
) tugmani
AUTO
(AVTO)
POWER
(QUVVAT)
Foydalanish
vaqtida NOLGA
O’RNATISHGACHA
qolgan vaqtni
ko’rsatadi
OFF
(O’CH.)
O’CHISH
rejimiga
o’tkazilgan
vaqtda
)
w DIQQAT
Foydalanuvchi AUTO yoki POWER rejimga o’tkazganda, filtr atrofidagi LED indikatori ham yonadi. Filtr atrofidagi LED indikatori ham yonayotganligini tekshirish uchun eshikni yoping. Ventilayot ichiga barmoq yoki biror predmetni tiqmang. Bu tan jarohati yoki nosozlikka sabab bo’lishi mumkin.
w DIQQAT
• GIGIYENIK SOFLIK filtrini suva bilan yuvmang, chunki bu nosozlikka sabab bo’lishi mumkin.
• Agar filtrni almashtirish vaqti o’tib ketgandan keyin ham undan foydalanishni davomettrisa, bu nosozlikka sabab bo’lishi mumkin.
• Ushbu filtr barcha turdagi bakteria va viruslarga qarshi samara bermasligi mumkin.
• Filtr sovutgichdagi oziq-ovqat tarkibida bo’lmagan bakterialarni yo’qitish uchun mo’ljallangan.
Ushbu GIGIYENIK SOFLIK filtrini yaqin oradagi distributor yoki xizmat ko’rsatish markazidan xarid qilishingiz mumkin.
15
ISHLATISH
TEZ MUZLATISH
FAST FREEZING (TEZ MUZLATISH)
funksiyasi ishlashi uchun avval sovutgich yoqilgan bo’lishi kerak. Sovutgich haroratini tez sur’atda tushirish uchun kompressor va sovuq havo haydovchi ventilator maksimal quvvat bilan ishlaydi. U avtomatik ravishda o’chadi.
Agar sovutgichga iliq ovqat qo’yilsa,
boshqaruv panelidagi tugma yordamida FAST FREEZING funksiyasini ishga tushirish mumkin. Harorat tegishli darajaga yetganda, FAST FREEZING funksiyasi o’chadi yoki FAST FREEZING tugmasini bosgan holda ham qo’l kuchi bilan o’chirish mumkin.
BOLALARDAN HIMOYA QULFI
BOLALARDAN HIMOYA QULFI
Bolalardan himoya qulfini solish uchun CHILD LOCK tugmasini 3 soniya bosib turing. Qulf o’rnatilganda, qulf LED indikatori yonadi va boshqa tugma ishlamaydi. Bolalardan himoya qulfini ochish uchun CHILD LOCK tugmasini yana 3 soniya bosib turing.
MUZLATGICH KAMERASIDAGI BOSHQARUV TUGMALARI
Muzlatgichdagi haroratni pasaytirish uchun g’ildiraksimon
tugmani o’nga burang va kattaroq raqamga o’rnating. Muzlatgichdagi haroratni ko’tarish uchun g’ildiraksimon tugmani chapga burang va kichikroq raqamga o’rnating.
6 ~ 8 da eng yuqori muzlatish muzlatgichda past
243
haroratni ta’minlovchi funksiyadir. Ammo sovutgichning sovutish tezligi pasayadi. 6 ~ 8 darajalardan foydalangandan so’ng normal ishlash vaqtlarida g’ildiraksimon tugmani tavsiya etilgan holatga qaytaring.
16
ISHLATISH
MUZ TAYYORLASH
Buralib chiquvchi muz turi
Kubiksimon muz donalarni tayyorlash uchun
muz lalisini suvga to’ldiring va uni o’z holatida joylashtiring.
Kubiksimon muz donalarini qolipdan chiqarib
oplish uchun muz lalisini richagini ushlab sekin qiyalating. Shunda, muz kubikchalar muz qutichaga tushadi.
Muz lalisi
Muz kubikchalar
qutichasi
IZOH
• Buralib chiquvchi muz turi: 1 va 2 ni olib tashlang.
1. Muz lalisi
2. Muz kubikchalar qutichasi
Muzlatgichda bo’sh joy ochish maqsadida muz tayyorlagichni olib qo’yishingiz mumkin.
w OGOHLANTIRISH
Suvdan boshqa suyuqlikni ishlatmang.
Belgilangan chiziqqacha suv soling.
SOF XONA TORTMASI
Foydalanish
• Sof xona tormasi ushbu bo’lmani sovutgich hatoratidan da
salqinroq haroratda ushlaydi.
• Bu sendvich yoki pishiriladigan go’shtni qo’yishga qulay.
• Namlik darajasi yuqori oziq-ovqatni qo’ymang.
SABZAVOTLAR TORTMASI (BUYURTMAGA QARAB)
Foydalanish
• Sabzavotlar tortmasini g’ildiraksimon tugma orqali boshqarish
mumkin.
• Sabzavotlar tortmasiga oziq-ovqat qo’yishdan oldin
g’ildiraksimon tugma holatini tekshiring.
• Tugma holatini o’rta darajaga sozlamang.
1
2
< Buralib chiquvchi muz turi >
17
OZIQ-OVQAT SAQLASHGA OID TAKLIFLAR
OZIQ-OVQATLARNI SAQLASH
Sovutgich kamerasiga sof oziq-ovqatlarni qo’ying. Oziq-ovqatning qanchalik muzlatilishi va muzdan
eritilishi uning sofligi va hid va ta’mini ko’ngildagidek saqlashda muhim omildir.
Banan, ananas, qovun kabi past haroratda tez buziladigan oziq-ovqatlarni qo’ymang.
Issiq oziq-ovqatni qo’yishdan oldin uni sovuting va keyin qo’ying. Issiq ovqatni sovutgichga
qo’ysangiz, boshqa oziq-ovqatlar buzilishi mumkin, shuningdek, bu elektr quvvatining ko’p sarflanishiga olib keladi.
Oziq-ovqatlarni qo’yganda, ularni vinil qog’ozga o’rab qo’ying yoki qopqoqli idishga solib keyin
qo’ying. Bu oziq-ovqatdagi namlikning parlanishi oldini oladi va uning o’z ta’mi va nutrientlarining saqlanib qolinishiga yordam beradi.
Havo aylanadigan ventilyatsiya teshiklarini oziq-ovqat bilan to’sib qo’ymang. Sovuq havoning bir
maromda aylanishi sovutgich haroratini bir xilda bo’lishini ta’minlaydi.
Sovutgich eshigini ha deb oshavermang. Eshikni ochsangiz, kamera ichiga issiq havo kiradi va
kamera ichida haroratning ko’tarilishiga sabab bo’ladi.
MUZLATISH KAMERASI
Muzlatgich kamerada butilka qo’ymang – ular muzlaganda yorilishi mumkin.
Muzdan eritilgan oziq-ovqatlarni qayta muzlatmang. Bu ularning ta’mining yo’qolishi va undagi oziq
moddalarini yo’qolishiga sabab bo’ladi.
Muzqaymoq kabi muzlatilgan oziq-ovqatlarni uzoq muddat saqlaganda, ularni eshik polkasiga emas,
muzlatgich polkasiga qo’ying.
Ikki yulduzchali qism
- Ikki yulduzchali qism -12°C ~ -18°C da saqlanadigan joyni bildiradi.
- Muzlatgichga qo’yiladigan oziq-ovqatlar qisqa muddatda saqlash uchun mo’ljallangan.
2yulduzchali qism
SOVUTISH KAMERASI
Nam oziq-ovqatlarni sovutgichnining ichkari polkalariga
Sovutgich
polkasi
qo’ymang, ular sovutilgan havo bilan kontaktga kirishib muzlashi mumkin. Buni oldini olish uchun oziq-ovqatni qopqopli idishga solib keyin qo;ygan ma’qul.
Namligi yuqori bo’lgan oziq-ovqatlarni (ayniqsa, sabzavot
va mevalarni) sabzavotlar bo’lmasiga qo’ygan ma’qul. Agar ularni sovutgich polkasiga qo’yish zarur bo’lsa,
Sabzavotlar tortmasi
ularni kamera ichida aylanuvchi sovuq havo ta’sirida muzlashini oldini olish uchun eshikka yaqinroq, orqa devordan uzoqroq joyga qo’ying.
Oziq-ovqatni qo’yishdan oldin uni doim tozalang. Boshqa oziq-ovqatlarning buzilishini oldini olish
uchun sabzavot va mevalar yuvilishi va artilishi lozim va o’ralgan oziq-ovqat artilishi lozim.
Eshik polkasiga tuxum qo’yishda tuxumlarning buzilmagan ekanligiga ishonch hosil qiling va
tuxumlarni doim tik holatda joylashtiring, bu ularni uzoqroq muddat yaxshi qolatda saqlanishini ta’minlaydi.
18
TOZALASH
Yoqimsiz hidlar vujudga kelishini oldini olish uchun sovutgich toza holda saqlanishi muhim ahamiyatga ega. Ovqat to’kilib ketsa, darhol artib oling, chunki agar shu holatda qoldirilsa, plastik yuza qismlarda dog’ hosil bo’lishi mumkin.
Sovutgichni tozalashda metal tozalash gupkalari, cho’tkalar, jilvir tozalagichlar yoki kuchli ishqorli eritmalardan aslo foydalanmang.
Tozalashdan oldin, esda tutingki, nam predmetlar o’ta sovuq yuza qismlarga yopishadi. Muzlagan yuza qismlarga ho’l yoki nam qo’llar bilan tegmang.
TASHQI QISMI - Chidamli bo’lgan sovutgich yuzalarini tozalashda iliq yumshoq sovun eritmasi yoki idish yuvish mashinasida ishlatiladigan eritmadan foydalaning. Toza nam latta bilan arting va so’ng quriting.
ICHKI QISMI - Ichki qismlarni muntazam tozalab turish tavsiya etiladi. Chidamli bo’lgan sovutgich yuzalarini tozalashda iliq yumshoq sovun eritmasi yoki idish yuvish mashinasida ishlatiladigan eritmadan foydalaning. Toza nam latta bilan arting va so’ng quriting.
ICHKI QISMLARI - Kamera polkalarini, eshik polkalarini, lalilarni va hokazolarni yuving. Chidamli bo’lgan sovutgich yuzalarini tozalashda iliq yumshoq sovun eritmasi yoki idish yuvish mashinasida ishlatiladigan eritmadan foydalaning. Toza nam latta bilan arting va so’ng quriting.
w OGOHLANTIRISH
Eleketr tokiga yaqin bo’lgan qismlarni (lampalar, tugmalar, sozlagichlar va hokazo) tozalashdan oldin doim quvvat simini rozaetkadan uzing. Suv yoki suyuqlikning elektrli qismlarga o’tishini va natijada tok urishini oldini olish uchun hosil bo’lgan namlikni latta bilan arting. Yonuvchan yoki zaxarli tozalash suyuqliklaridan foydalanmang.
• Foydalanish tavsiya etilmaydigan vositalar: Yuza faol moddalar, avtomobil mum pastasi, chirishga qarshi moddalar,barcha turdagi moylar, benzin, kislotalar, mum.
• Foydalanish mumkin bo’lgan tozalash vositasi, sabzavot, idish yuvish etirmasi, sovunli suv.
• E’tiborsiz foydalanilsa, bu rang o’zgarishiga olib kelishi mumkin.
19
UMUMIY MA’LUMOT
TA’TIL VAQTI
O’rtacha muddatdagi ta’tillar vaqtida sovutgichni yoqilgan holda qoldirgan ma’qul deb o’ylarsiz. Muzlatiluvchan oziq-ovqatlarni uzoq saqlanishi uchun muzlatgichga qo’ying. Agar uzoq muddatga uyda bo’lmaydigan bo’lsangiz, barcha oziq-ovqatlarni chiqarib oling, quvvat simini rozetkadan uzing, jihoz ichini yaxshilab yuving va ichida hid paydo bo’lishini oldini olish uchun eshikni OCHIQ qoldiring.
ANTIKONDENSAT TRUBA
Suvutgichning tashqi devori ba’zan isishi mumkin, ayniqsa, o’rnatgandan keyin. Xavotir olmang. Bu antikondensat truba sababli, qaysiki u issiq sovutuvchi agentni haydaydi.
Antikondensat
truba
ELEKTR TOKI O’CHISHI
Aksariyat elektr uzilishi holatlari bir yoki ikki soat davom etadi va bu sovutgich haroratiga ta’sir qilmaydi. Biroq, elektr toki yo’q bo’lgan vaqtda, eshikni imkon qadar kamroq oching. Agar elektr toki uzoq muddat yo’q bo’ladigan bo’lsa, muzlatilgan oziq-ovqatlar tepasiga quruq muz bo’lagini qo’ying.
AGAR KO’CHADIGAN BO’LSANGIZ
Sovutgich ichidagi barcha elementlarni olib qo’ying yoki yaxshilab mahkamlang. Baravarlovchi vintlarga shikast yetishini oldini olish uchun ularni taglikka burab kirg’izing.
w DIQQAT
Elektr toki urishi xavfi
Kuygan elektr lampasini almashtirishdan oldin sovutgichni tokdan uzing yoki zanjir uzgich yoki predoxranitel qutisidan quvvatni uzing.
IZOH : Boshqaruv tugmasini OFF holatiga surish chiroq zanjiriga boruvchi quvvatni uzmaydi.
JIHOZDAN FOYDALANISH KO’LAMI
Ushbu jihoz maishiy uy sharoitlari va shunga o’xshash sharoitlarda foydalanishga mo’ljallangan, jumladan – do’konlar, ofislar va boshqa ishxonalarda xodimlar shtabi oshxonalarida; – fermadagi turar joylarda va mehmonxonalarda va boshqa turar-joylarda; – Kichik mehmonxonalarda; – Umumiy ovqatlanish joylari va shunga o’xshash joylarda.
20
w OGOHLANTIRISH
UZAYTIRISH SIMIDAN FOYDALANMANG
Agar iloji bo’lsa, sovutgichni alohida elektr rozetkasiga ulang, bu ushbu jihoz va boshqa uy jihozlari yoki uy chiroqlarinining zo’riqishga sabab bo’lishidan saqlaydi, qaysiki bu zo’riqish quvvat uzilishiga sabab bo’lishi mumkin.
QUVVAT ROZETKASINING O’NG’AYLIGI
Muzlatgichli sovutgich shunday joylashtirilishi kerakki, toki baxtsiz hodisa sodir bo’lganda, tokni uzish uchun quvvat rozetkasi qulay joyda bo’lsin.
QUVVAT SIMINI ALMASHTIRISH
Quvvat simi shikastlangan bo’lsa, xatarni oldini olish uchun u ishlab chiqaruvchi yoki uning agenti yoki boshqa o’xshash shaxs tomonidan almashtirilishi kerak.
YERGA TUTASHTIRISH (YERGA TUTASHUV) HAQIDA
Elektrli qisqa tutashuv vaqtida yerga tutashtirish elektr toki uchun chiqish simini ta’minlagan holda elektr toki urishi xavfini kamaytiradi.
Elektr toki urish xavfini oldini olish uchun ushbu jihoz yerga tutashtirilishi kerak.
Yerga tutashtirish vilkasidan noto’g’ri foydalanish elektr toki urishi xavfini keltirib chiqarishi mumkin. Yerga tutashtiruv haqidagi ko’rsatmalarni to’liq tushunmagan bo’lsangiz yoki jihozning ko’zda tutilganidek yerga tutashtirilganligi haqida shubhangiz bo’lsa, malakali elektrik yoki texnik xizmat ko’rsatuvchi ustaga murojaat qiling.
QUVVAT SIMI UZUNLIGINI O’ZGARTIRMANG YOKI UZAYTIRMANG.
Bu elektr toki urishi yoki yong’inga sabab bo’lishi mumkin.
Jihoz yerga tutashtirilishi kerak
JUDA XAVFLI ATTRAKSION
Bo’m-bo’sh sovutgich bolalar e’tiborini tortadigan xavfli atraksion bo’lishi mumkin. Zichlamalar, qulflar, qopqoqlar yoki butun kamerani bo’shating yoki uni zararsizlantirish uchun boshqa choralarni ko’ring.
KUTIB O’TIRMANG! SHUNI
Suvutgichda alangalanuvchan materiallar, portlovchi
moddalar yoki kimyoviy moddalarni saqlamang.
(yerga tutashuv).
HOZIROQ BAJARING!
Jihozni chiqindiga chiqarish
Sovutgich qayta ishlanuvchan materiallardan ishlab chiqarilgan va uning tarkibida suyuqliklar (sovutuvchi agent, moylash materiali) mavjud.
Barcha shu kabi materiallar qayta ishlanuvchan chiqindilarni to’plash punktiga jo’natilishi kerak, chunki bu materiallardan ma’lum qayta ishlash jarayonlaridan (ishlov berish) keyin yana foydalanish mumkin. Qayta olish uchun mahalliy agentlik bilan bog’laning.
21
TA’MIRLOVCHI USTANI CHAQIRISHDAN OLDIN
KO’P HOLLARDA TEXNIK XIZMAT KO’RSATISH MARKAZI BILAN BOG’LANISHGA HOJAT BO’LMASLIGI MUMKIN!
AGAR SOVUTGICHINGIZ KO’NGILDAGIDEK ISHLAMAYOTGANLIGINI SEZSANGIZ, AVVAL QUYIDAGI MUMKIN BO’LGAN SABABLARNI TEKSHIRING :
MUAMMO SABABLARI
SOVUTGICH ISHLAMAYAPTI
Predoxranitel u’zilganmi yoki zanjir avtomat uzilganmi?
Quvvat simini vilkasi rozetkadan uzilgan yoki devor
rozetkazidan bo’shab qolganmi?
SOVURGICH YOKI MUZLATGICH KAMERASI HARORATI JUDA ISSIQ
G’ALATI SHOVQIN(LAR) BOR
SOVUTGICHDA HID BOR
KAMERA DEVORLARIDA TER HOSIL BO’LMOQDA
Jihozni chiqindiga chiqarish
1. Ushbu g’ildirakli ustiga kesishgan ikkita chiziq ko’rsatilgan chiqindi qutisi tasviri tushirilgan belgi yorlig’i mahsulotga yopishtirilgan bo’lsa, bu mahsulotning Yevropa Hamjamiyatining 2002/96/YeH direktivasiga muvofiq ekanini bildiradi.
2. Barcha elektronika va elektr mahsulotlari hukumat yoki mahalliy hokimliklar tomonidan belgilangan chiqindi to’plash punktlari orqali munitsipal chiqindi oqimidan alhida ravishda chiqindiga chiqarilishi lozim.
3. Jihozni ko’zda tutilgan tartibda chiqindiga tashlash atrof-muhit yoki inson salomatligiga xavf soluvchi salbiy oqibatlarni oldini olishga yordam beradi.
4. Jihozni chiqindiga tashlash haqida batafsil ma’lumot olish uchun shahringiz hokimligi, chiqindi to’plash xizmati yoki ushbu jihozni xarid qilgan do’konga murojaat qiling.
Harorat sozlagich kerakli holatga o’rnatilmagan.
Jihoz devorga yoki issiqlik manbaiga yaqin
joylashtirilgan.
Issiq ob-havo sharoitida sovutgich eshigi ko’p marta
ochilgan.
Eshik uzoq vaqt ochiq qoldirilgan.
Muzlatgichga haddan tashqari ko’p oziq-ovqat joylangan.
Sovutgich bo’sh yoki notekis joyga o’rnatilgan yoki
baravarlovchi vintlarni burab to’g’rilash kerak.
Sovutuvgichning orqa tomonida keraksiz predmetlar
qo’yilgan.
Kuchli hidli oziq-ovqatlar qopqoqli idishga solinib yoki
o’ralib keyin sovutgichga qo’yilishi kerak.
Sovutgich ichini tozalash zarur.
Yuqori namlik bo’ladigan ob-havo sharoiti vaqtlarida bu
holat odatiy.
Eshik ochiq qoldirilgan.
22
TEXNIK XARAKTERISTIKASI
Modeli
Ishlab chiqaruvchi
Kategoriyasi
Sig’imi (l)
Vazni (kg)
Polga qo’yiladigan / O’rnatiladigan
Muzdan eritish tizimi
Tovush quvvati (dB)
Energiya klassi
Energiya iste’moli (kVts/yil)
Harorat ko’tarilish vaqti (soat)
Muzlatish quvvati (kg/24soat)
Muzlatuvchi agent
ISO yalpi
ISO sig’imi
Sof vazni / o’rami bilan 98/111.5
Eni x bo’yi x chuqurligi Mahsulot 860x1840x730
GR-M802GLHW/GR-M802GEHW/
GR-M802GAHW/GR-M802GVHW
LG Electronics
Muzlatgich kamerali sovutgich
Jami 639
Muzlatgich 186
Ikki yulduzchali qism 18
Sovutgich 435
Jami 600
Muzlatgich 158
Ikki yulduzchali qism 18
Sovutgich 424
O’rami 904x1884x750
Polga qo’yiladigan
Muz hosil bo’lmaydigan
41
A+
467
10.6
9
R600a
Yuluzchalar reytingi
Iqlim klassi
Iqlim klassi : N - T (Ushbu jihoz 16°C va 43° oralig’idagi ob-havo sharoitlarida foydalanishga
mo’ljallangan)
N-T
23
Loading...