LG GA-B499ZVCZ User guide [ru]

FOYDALANUVCHI QO'LLANMASI
SOVUTGICH VA MUZLATGICH
Sovutgichni yoqishdan avval ushbu foydalanuvchi qo'llanmasini yaxshilab o'qib
chiqing va kеlgusida foydalanish uchun saqlab qo'ying.
UZ OʻZBEKCHA RU РУССКИЙ
*AFN36881841*
AFN36881841
MFL42818349
Copyright © 2018 LG Electronics Inc. Barcha huquqlar himoyalangan.
www.lg.com
MUNDARIJA
Ushbu qo'llanmada siz xarid qilgan rusumga taalluqli bo'lmagan tasvirlar yoki tarkib bo'lishi mumkin. Ushbu qo'llanma ishlab chiqaruvchi tomonidan qayta ko'rib chiqilishi mumkin.
XAVFSIZLIK KO'RSATMALARI ................................. 03
Muhim xavfsizlik ko'rsatmalari ...................................................
03
O‘RNATISH ................................................................. 09
Ko‘chirish yoki tashish paytidagi eslatmalar ............................... 09
Atrof-muhit harorati ..................................................................... 09
O‘lchamlar va oraliqlar ................................................................ 09
Oyoqchalarni rostlash ................................................................. 09
O‘rnatish uchun eslatmalar ......................................................... 09
Eshik ochilish tomonini o'zgartirish .............................................
ISHLATISH ................................................................... 12
Ishlatish bo'yicha izohlar ............................................................. 12
Boshqaruv paneli ........................................................................ 13
Muz lotogi ................................................................................... 14
"Fresh Converter" yangi holda saqlash bo‘linmasida haroratni
sozlash ........................................................................................ 16
"Fresh Balancer" sabzavotlar tortma qutisi ................................. 16
Taxlanuvchi tokcha ..................................................................... 16
10
AQLLI FUNKSIYALAR ................................................ 17
LG SmartThinQ ilovasidan foydalanish ...................................... 17
Ochiq manba dasturi eslatmasi ...................................................
LG Electronics mijozlarni qo'llabquvvatlash markazi orqali Smart
Diagnosis™ (Aqlli tashxis) tizimi .................................................
18
18
TEXNIK XIZMAT KO'RSATISH ................................... 19
Tozalash uchun eslatmalar ........................................................ 19
Eshik savatchasini olish va qayta o‘rnatish ................................ 19
Sovutkich tokchasini chiqarib olish ............................................. 19
Taxlanuvchi tokchani chiqarib olish ............................................. 20
Sabzavotlar tortmasini olish ....................................................... 20
Qopqoqli tortma qutini chiqarib olish ........................................... 20
Muzlatgich tortma qutilarini chiqarib olish ................................... 20
Muzlatish bo'linmasi qutisin i olish va qayta o‘rnatish ................. 21
NOSOZLIKLARNI BARTARAF ETISH ....................... 22
TEXNIK XUSUSIYATL ARI ......................................... 26
KAFOLAT .................................................................... 27
XAVFSIZLIK KO'RSATMALARI
Quyidagi xavfsizlik ko'rsatmalari kutilmagan xavflar hamda jihozdan ehtiyotsizlik bilan yoki noto'g'ri foydalanish oqibatida kеlib chiqadigan zararlarning oldini olishga mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalar quyida ko'rsatilganidеk “OGOHLANTIRISH” va “DIQQAT” belgilari bilan qismlarga ajratilgan.
Ushbu bеlgi xavf tug'dirishi mumkin bo'lgan holat va amallarni bildiradi. Mazkur bеlgi bilan ajratilgan qismni ehtiyotkorlik bilan o'qing va xavfning oldini olish uchun ko'rsatmalarga amal qiling.
OGOHLANTIRISH
Bu bеlgi ko'rsatmalarga amal qilmaslik jiddiy jarohat yoki o'limga sabab bo'lishi mumkinligini bildiradi.
DIQQAT
Bu bеlgi ko'rsatmalarga amal qilmaslik yengil jarohat yoki mahsulotga zarar yеtishiga sabab bo'lishi mumkinligini bildiradi.
MUHIM XAVFSIZLIK KO’RSATMALARI
UZ
OGOHLANTIRISH
Mahsulotdan foydalanish asnosida portlash, yong'in chiqish, o'lim, elеktr zarbasi yoki jarohatning oldini olish uchun asosiy ehtiyotkorlik choralariga amal qiling:
Uydagi bolalar
Ushbu jihoz jismoniy, sеzgi yoki aqliy qobiliyati chеklangan, foydalanish tajribasi va bilimi kam shaxslar (jumladan, bolalar) tomonidan foydalanish uchun mo'ljallanmagan. Agar ularning xavfsizligi uchun javobgar biror shaxs jihozdan foydalanishda ularni nazorat qilib tursa yoki ko'rsatma bеrib tursa, bunday shaxslar jihozdan foydalanishlari mumkin. Bolalarni jihoz yonida nazoratsiz qoldirmang.
03
UZ
DIQQAT
Mahsulotdan foydalanish asnosida portlash, yong'in chiqish, o'lim, elеktr zarbasi yoki jarohatning oldini olish uchun asosiy ehtiyotkorlik choralariga
amal qiling:
O'rnatish
Bu jihozni ikki yoki undan ortiq kishi mahkam ushlagan holda joyidan ko‘chirishi lozim.
Rozetka yerga to‘g‘ri uzatilganligiga, elektr kabelidagi yerga ulash mixchasi
shikastlanmaganligiga va uning elektr tarmog‘idan uzib qo‘yilmaganligiga ishonch hosil qiling. Yerga ulash bo‘yicha batafsil ma’lumot uchun LG Electronics mijozlarni qo'llab-quvvatlash markaziga murojaat qiling. Bu jihozning elektr shnuri uskunani yerga ulash simi va vilkasi bilan jihozlangan.
Barcha mahalliy qonun-qoidalarga muvofiq tarzda o‘rnatilgan va yerga ulangan rozetkadan foydalanish shart.
Agar elektr shnuri shikastlangan yoki rozetkaning teshigi bo‘shab qolgan bo‘lsa,
shnurni ishlatmang hamda vakolatli xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling. Jihozni elektr kabeli (o‘rnatilgan) bo‘lmagan ko‘p rozetkali adapterga ulamang.
Elektr kabelini almashtirmang yoki uzaytirmang.
Aslo uzaytirgich yoki juft adapterdan foydalanmang. Jihoz alohida saqlagichli alohida
elektr liniyasiga ulanishi zarur. Yerga yaxshi ulanmagan koʻp shtepselli rozetka (portativ)dan foydalanmang. Yerga
yaxshi ulangan koʻp shtepselli rozetka (portativ)dan foydalansangiz, tok yuklanishi yuqori boʻlgan koʻp shtepselli rozetkadan va faqat ushbu uy jihozi uchungina foydalaning. Ushbu xavfsizlik talabiga rioya qilmaslik tok urishi yoki koʻp shtepselli rozetkaning haddan ziyod qizishi oqibatida yongʻinga olib kelishi mumkin. Avtomatik o‘chiruvchi ishlatilganda tok oʻchirilishi mumkin.
Jihozni uning elektr kabeli tarmoqdan oson uziladigan joyga o‘rnating.
Elektr kabeli vilkasi yuqoriga yo‘nalib qolishi yoki jihozning elektr kabeli vilkasiga
tiralib qolishidan saqlaning. Jihozni qattiq va tekis polga o‘rnating.
Jihozni nam va changli joyga o‘rnatmang. Jihozni tashqariga yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh
nuri, shamol yoki yomg‘ir tegadigan, harorat muzlashgacha boradigan joylarga o‘rnatmang yoki saqlamang. Jihozni quyosh nuri to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushadigan joyga qo‘ymang va plita yoki isitkich kabi
qizdiruvchi jihozlardan chiqadigan issiqlik ta’sirida qoldirmang. Jihozni o‘rnatishda orqa tomonini ochilib qolishidan ehtiyot bo‘ling.
Jihoz eshigini o‘rnatishda yoki yechishda uning qulab ketishiga yo‘l qo‘ymang.
Jihoz eshigini o‘rnatishda yoki yechishda elektr kabelining qisilib qolishi, ezilishi yoki
shikastlanishidan ehtiyot bo‘ling. Elektr kabeli vilkasiga vilka adapteri yoki boshqa qurilmalarni ulamang.
Ishlatish
Jihozda oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashdan boshqa maqsadlarda (tibbiy yoki tajriba
materiallari saqlash yoxud yetkazib berishda) foydalanmang.
04
UZ
Suv toshib ketsa, tokdan sug‘uring va LG Electronics mijozlarni qo‘llab-quvvatlash
markaziga murojaat qiling. Qattiq momaqaldiroq yoki chaqmoq paytida yo uzoq muddat foydalanishi ko‘zda
tutilmagan holatlarda jihozning elektr kabeli vilkasini tarmoqdan uzib qo‘ying. Ho‘l qo‘lingiz bilan elektr vilkasiga yoki jihozning tugmalariga tegmang.
Elektr kabelini haddan ortiq bukmang yoki ustiga og‘ir buyum qo‘ymang.
Agar jihozning elekt qurilmalari ichiga suv kirib ketadigan bo‘lsa, elektr kabeli vilkasini
tarmoqdan uzing va LG Electronics mijozlar uchun axborot markaziga murojaat qiling. Jihozning sovuq chiqaradigan joyiga, orqa paneliga yoxud issiqlik chiquvchi panjarasiga
qo‘lingizni yoki metal buyumlarni qo‘ymang. Jihozning orqa paneliga ortiqcha kuch yoki zarba ishlatmang.
Jihoz ichiga uy hayvonlari yoki boshqa jonzotlarni solmang.
Jihoz eshigini ochish yoki yopishda atrofda yurgan bolalarga ehtiyot bo‘ling. Eshik bolaga
jarohat yetkazishi yoki shikastlashi mumkin. Bolalarning jihoz ichiga qamalib qolish xavfidan ehtiyot bo‘ling. Jihoz ichiga qamalib
qolgan bola dimiqib qolishi mumkin.
Jihoz ichiga og‘ir yoki mo‘rt buyumlarni, ichida suyuqlik bor idishlarni, yonuvchan moddalarni yoki oson alangalanuvchan buyumlarni (masalan, sham, shamchiroq va h.k.) va qizdiruvchi uskunalarni (masalan, plita, isitkich va h.k.) qo‘ymang. Agar gaz (izobutan, propan, tabiiy gaz va h.k.) chiqayotgan bo‘lsa, jihozga yoki elektr
kabeli sanchqisiga tegmang va darhol xonani shamollating. Bu jihoz sovituvchi gazdan (izobutan, R600a) foydalanadi. Garchi undagi gaz miqdori juda oz bo‘lsa-da, u baribir yonuvchandir. Jihozni tashish, o‘rnatish yoki undan foydalanish paytida undan gaz chiqsa va uchqun chiqishi kuzatilsa, bu yong‘in, portlash yoki tan jarohatlariga olib k kelishi mumkin. Jihoz yaqinida tez alangalanuvchan yoki yonuvchan moddalardan (efir, benzol, spirt,
boshqa kimyoviy moddalar, siqilgan suyuq gaz, yonuvchan aerozol, hasharotlarga qarshi purkaluvchi vosita, havo tozalagich, pardoz vositasi va h.k.) foydalanmang yoki ularni saqlamang.
Agar jihozdan g‘alati ovoz, hid yoki tutun chiqayotganini sezsangiz, darhol elektr kabeli
vilkasini tarmoqdan uzing va LG Electronics mijozlarni qo'llab-quvvatlash markaziga murojaat qiling.
Tеxnik xizmat ko'rsatish
Jihozni tozalash yoki ichki chirog‘ini (agar o‘rnatilgan bo‘lsa) almashtirishdan oldin elektr
kabelini tarmoqdan uzing. Namlik yoki changni yaxshilab tozalab tashlagandan so‘nggina elektr vilkasini rozetkaga
ulang. Jihozni tokdan uzishda elektr kabelidan tortmang. Doim vilkani mahkam ushlang va
rozetkadan to‘g‘ri yo‘nalishda tortib chiqaring. Jihozni tozalash uchun uning ichiga yoki tashqarisiga hech qachon suv yoki yonuvchan
moddalarni (tish pastasi, spirt, eritgich, benzin, oson alangalanuvchi modda, abraziv material va h.k.) purkamang.
Jihozni hech qachon dag‘al yuzali yoki metall materialdan qilingan cho‘tka, latta yoki
mochalka bilan tozalamang.
05
UZ
Faqat LG Electronics xizmat ko'rsatish markazining malakali mutaxassisigina jihozni
qismlarga ajratishi, ta’mirlashi yoki o‘zgartirishi zarur. Agar jihozni boshqa joyga ko‘chirib o‘rnatadigan bo‘lsangiz, LG Electronics mijozlarni qo'llab-quvvatlash markaziga murojaat qiling.
Jihozning ichki tomonini quritish uchun soch qurituvchi uskunadan foydalanmang va
badbo‘y islarni ketkazish uchun jihoz ichiga sham qo‘ymang.
Chiqitga chiqarish
Jihozni tashlab yuborayotganda uning tokchalarini va savatchalarini joyida qoldirgan
holda, eshik qistirmasini olib tashlang va bolalarni jihozdan uzoq tuting. Qadoq materiallari (plastik paketlar va penoplast)ni bolalardan uzoqroqda chiqitga
chiqaring. Qadoq materiallari bo‘g‘ilib qolishga sabab bo‘lishi mumkin.
Tеxnik xavfsizlik
Jihozning korpusida yoki ichki tuzilmasida o‘rnatilgan shamollatish teshiklarining tiqilib
qolishiga yo‘l qo‘ymang. Oziq-ovqat mahsulotlari tortmalarida ishlab chiqaruvchi tavsiya qilgan vositalar turiga
mos bo‘lmagan elektr jihozlarni saqlamang. Jihozda qo‘llanilgan sovituvchi modda yoki izolyatsion gazni chiqitga chiqarishda maxsus
tartib amal qiladi. Ularni chiqitga chiqarishdan avval servis markazi agenti yoki sohaning malakali ustasi bilan maslahatlashing.
Bu jihoz tarkibida oz miqdordagi izobutan sovitish vositasi (R600a) mavjud, biroq u
yonuvchan hamdir. Jihozni tashishda yoki o‘rnatishda uning sovitish sxemasiga shikast yetkazmaslik uchun ehtiyotkorlikka rioya qilish talab etiladi. Jihoz naychalaridan sovituvchi moddaning oqishi yong‘in yoki portlashni keltirib chiqarishi
mumkin. Agar shunday oqish holati yuzaga kelgan bo‘lsa, jihoz atrofida ochiq alanga yoki ehtimoliy
isitish manbalari bo‘lishiga yo‘l qo‘ymang va jihoz turgan xonani bir necha daqiqa davomida shamollating. Agar sovituvchi modda oqishi kuzatilsa, yonuvchan gazlarning havodagi aralashmasi yuzaga kelishining oldini olish uchun, jihoz foydalanilayotgan xona o‘lchamlari undagi sovituvchi modda miqdoriga mos bo‘lishi zarur. Jihoz ichidagi R600a sovituvchi moddasining har 8 grammiga xonada 1 m² joy bo‘lishi zarur.
Aynan sizning jihozingizdagi sovituvchi modda miqdori jihoz ichidagi identifikatsiya
yorlig‘ida ko‘rsatilgan. Biror shikastlanish belgisi bo‘lgan jihozni ishga tushirmang. Agar bunga shubha qilsangiz,
dileringizga murojaat qiling. Ushbu jihoz faqat uy sharoitida qo‘llash va shunday maqsadlarda foydalanish uchun
mo‘ljallangan. Undan tijorat maqsadida yoki umumiy ovqatlanish joylarida, g‘ildirakli uy yoxud kema kabi harakatlanuvchi transport vositalarida foydalanmaslik zarur. Jihoz ichida yonuvchan suyuqlikli aerozol idishlari kabi portlovchi moddalarni saqlamang.
DIQQAT
Kichik shaxsiy jarohatlarning xavfini kamaytirish, mahsulotning noto'g'ri ishlashi yoki mulkka shikast yetishining xavfini kamaytirish uchun asosiy dastlabki ehtiyot choralari ko'rilishi kеrak, jumladan, quyidagilar:
06
UZ
Ishlatish
Muzlatish bo'linmasidagi muzlagan oziq-ovqat mahsulotlari yoki uning metal qismlariga nam yoki ho‘l qo‘l bilan teginmang. Bu sovuq urishiga sabab bo‘lishi mumkin. Harorati muzlash nuqtasidan pastroq haroratga tushadigan muzlatish bo‘linmasi,
tokchalar yoki muz idishiga shisha idishlar, butilka yoki banka solmang (ayniqsa ichida gazli ichimlik bo‘lsa).
Jihoz eshigining old tomonidagi toblangan oyna yoki uning tokchalari zarba berilganda
sinishi mumkin. Agar u sinsa, uni ho‘l qo‘l bilan ushlamang, chunki bu tan jarohatiga sabab bo‘lishi mumkin. Jihoz eshiklari, kamerasi yoki tokchalariga osilmang yoki ustiga chiqmang.
Eshik savatchalarida ortiqcha miqdordagi suv idishlari yoki likopchalar uchun idishlarni
saqlamang. Savatcha buzilishi yoki qo‘lingiz uning atrofidagi joyga tegib, jarohatlanishi mumkin.
Jihoz ichida oziq-ovqat mahsulotlarini tartib bilan qo‘ying.
Uy hayvonlari elektr kabeli yoki suv chiqadigan rezina quvurni kemirishiga yo'l qo'ymang.
Jihoz eshigini ortiqcha kuch ishlatib ochib yopmang.
Agar jihoz eshigining oshiq-moshig'i shikastlangan yoki noto'g'ri ishlayotgan bo'lsa,
uni ishlatishdan to'xtating va vakolatli xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling. Jihozning sovitish sxemasiga zarar yetkazmang.
Jihoz ichiga hech qanday elektr uskunasi (isitkich yoki mobil telefoni kabilar) solmang.
Shisha tokchalar yoki qopqoqlarni sovuqligida issiq suv bilan tozalamang. Harorat birdan
o‘zgarishi tufayli ular sinishi mumkin. Muzlagan oziq-ovqat mahsulotlarini muzlatish bo‘linmasidan olinishi bilanoq iste’mol
qilmang. Jihoz eshigini ochib yopganda qo‘l yoki oyog‘ingiz qisilib qolmasligiga ishonch hosil qiling.
Shisha idishlarni muzlatish bo’linmasiga, harorat noldan past bo’luvchi tokcha yoki muz
hosil qiluvchi idishga joylashtirmang.
Xizmat ko‘rsatish
Tokchalarni to’nkarilgan holatda joylashtirmang. Tokchalar tushib ketishi va jarohatga sabab bo’lishi mumkin.
Uzoq muddatga elektr energiya tarmog’idan uzishdan oldin muzlatish bo’linmasidagi muz hosil qilish idishidan muzni olib qo’ying.
Saqlash
Jihozni xonadan tashqarida yoki ob-havo sharoitlari (to’g’ridan-to’g’ri quyosh nurlari, shamol, yomg’ir yoki noldan past havo harorati) to’g’ridan-to’g’ri ta’siri ostida saqlamang.
Tashish
Jihozni tashish har qanday transport vositasi orqali tegishli transport tashish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Tashish jarohatlanishga yo’l qo’yilmaydigan shart-sharoitda amalga oshirilishi lozim.
Yuklarni ortish va tushirish jarayonlarida mahsulotni zararli ta’sirga duchor qilish
taqiqlanadi.
Sotish
Mahsulotni sotish sotuvga chiqariladigan mamlakatning joriy qonunlari bilan belgilangan qoidalariga ko’ra amalga oshiriladi.
07
Chiqitga chiqarish
Chiqindi savati ustida chizilgan belgi ishlatilgan elektr va elektron jihozlar
(WEEE)ni maishiy chiqindidan alohida chiqitga chiqarish lozimligini bildiradi. Eski elektr va elektron jihozlar xavfli moddalarga ega bo’lishi mumkin,
shuning uchun eski jihozning to’g’ri chiqitga chiqarilishi atrof-muhit va inson salomatligiga xavf soluvchi salbiy oqibatlarning oldini oladi. Eskirgan qurilma tarkibida boshqa mahsulotlarni ta’mirlash ushun foydalaniladigan takroriy qo‘llanish qismlari va cheklangan resurslarni unumlash maqsadida qayta ishlanadigan qimmatbaho ashyolar bo‘lishi mumkin. Jihozingizni xarid qilgan do‘konga olib borishingiz yoki chiqitga
chiqariladigan eski qurilmalarni qabul qiluvchi eng yaqin punkt haqida ko‘proq ma’lumot olish uchun shahar ma’muriyatiga murojaat qilishingiz mumkin.
UZ
08
O‘RNATISH
UZ
Jihozdan foydalanish maqsadi
Ushbu jihoz mahsulotlarni muzlatish va muzlatilgan va sovutilgan mahsulotlarni saqlash uchun mo’ljallangan.
Atrof-muhit harorati
Bu jihoz iqlim zonasiga qarab, cheklangan diapazondagi haroratda ishlashga mo‘ljallangan. Chegaradan ortiq haroratda jihozni ishlatmang. Ichki haroratga jihoz o‘rnatilgan joyi, atrof-muhitdagi harorat, eshikning qancha ochilib-yopilishi va boshqalar ta’sir ko‘rsatadi. Iqlim sinfini yorliqda ko‘rish mumkin.
N
T
Atrof-muhit harorati diapazoni ºC
+10 - +32
+16 - +32
+16 - +38
+16 - +43
Iqlim sinfi
Me'yordan yuqori iqlim
O'rtacha iqlim
Subtropikal
Tropik
Belgilanishi
SN
ST
O‘lchamlar va oraliqlar
Tegishli buyumlar bilan oralig‘i juda kichkina bo‘lsa, muzlatish samarasi pasayishi va elektr xarajati ortishi mumkin. Jihozni o‘rnatishda har tomondagi devordan kamida 50 mm oraliq qoldiring.
A
DEF
B
C
Rusum
GA-*499TG** GA-*499T**Z
A
B
C D
E
1025
F
790
G
GA-*499S**Z
O‘lchami
595
2000 668 668
- ­1045
710
G
GA-*499Y*** GA-*499Z***
GA-*499S**L
688
648 688
1150 1045
970 710
680
680
Ko‘chirish yoki tashish paytidagi eslatmalar
• Jihoz ichidagi barcha oziq-ovqat mahsulotlarini olib tashlang. So‘ngra, jihozning tokchalari va eshik tutqichi kabi mo‘rt qismlarini maxsus tasma bilan mahkamlagandan keyin jihozni tashing. Bu talabga rioya qilmaslik jihozning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
Elektr kabeli vilkasini rozetkadan sug‘uring, so‘ngra uni jihoz yon tarafidagi yoki tepasidagi elektr kabeli ilgichiga mahkamlang. Bu talabga rioya qilmaslik elektr kabeli vilkasiga shikast yetkazishi yoki polning tirnalishiga olib kelishi mumkin.
Jihozni tashish chog‘ida ikkitadan ortiq odam jihozni ehtiyotkorlik bilan ko‘tarishi zarur. O‘ta vazmin bo‘lgan jihozni qo‘ldan tushirib yuborish kishilarga tan jarohati yetkazishi yoki jihozning buzilishiga olib kelishi mumkin.
•Jihozni uzoq masofaga tashishda uni tik holda bo‘lishini ta’minlang. Jihoz qulab tushishi va ishlamay qolishi mumkin. Jihozni tashishda uni yotqizmang, chunki u qayta tik holatga keltirilganda sovituvchi modda aylanishi izdan chiqishi mumkin.
Oyoqchalarni rostlash
Tebranmasligi uchun jihozni tekis joylashtirish lozim. Kerak bo‘lsa, notekis pol tufayli tekis joylashtirish uchun tekislovchi oyoqchalarni rostlang. Eshik yopilishi oson bo‘lishi uchun old tomoni orqaga qaraganda balandroq bo‘lishi lozim. Korpusni ozgina itarish orqali tekislovchi oyoqchalarini osongina burash mumkin. Jihozni ko‘tarish uchun tekislovchi oyoqchasini soat yo‘nalishiga qarshi ( ) burang, pasaytirish uchun soat yo‘nalishida ( ) burang.
O‘rnatish uchun eslatmalar
•Jihozni qattiq va tekis polga o‘rnating.
- Agar jihoz notekis polga o‘rnatiladigan bo‘lsa, bu tebranish va shovqinni keltirib chiqaradi, buning oqibatida jihoz qulab tushib, kishilarga tan jarohati yetkazishi mumkin. Shuningdek, buning oqibatida eshik yaxshi yopilmasligi va jihoz ishlayotganda ichidan suyuqlik oqib chiqishi ham mumkin.
- Jihozning old yoki orqa tarafi tekis turmayotgan bo‘lsa, old oyoqlarni sozlab, uning tekisligini ta’minlang. Jiddiy vaziyatlarda jihoz tagiga yupqa taxta bo‘laklari qo‘yib polni tekislash mumkin.
Jihozni issiqlik manbalari yaqinida, to‘g‘ridan-to‘g‘ri
quyosh tushadigan yoki nam joyga qo‘yishdan saqlaning.
Elektr kabelini (yoki vilkani) rozetkaga ulang.
Bitta rozetkaga boshqa jihozlarni ulamang.
09
•Rozetkaga elektr kabelini (yoki vilkani) ulagandan so‘ng, jihoz ichiga oziq-ovqat mahsulotlarini qo‘yish uchun ikki yoki uch soat kuting. Agar jihoz to‘liq sovib olgunga qadar uning ichiga oziq-ovqat mahsulotlari solinsa, ular aynib qolishi mumkin. Jihozni o‘rnatgandan so‘ng elektr vilkani
rozetkaga suqing. Jihozni ko‘chirish yoki tashlab yuborishdan oldin vilkani rozetkadan sug‘uring. Qurilmaning orqa plastinasining yuqori
burchaklaridagi cheklovchi to‘xtatgichlarni 1-rasmda ko‘rsatilgani kabi o‘rnating. To‘xtatgichlarni (2) jihoz bo‘linmasi ichidagi tortma quti ichidan topish mumkin.
−1-rasm: To‘xtatgich (2) ni (1) qism ichiga
oxirigacha suring. Sovutgichni devor tomon suring.
2
(1)
(1)
(3)
Burama mixlarni (5) chiqarib olgandan keyin uni oldinga torting va simni (6) shikastlamagan holda qopqoqni ko‘taring. Sim ushlagichini (7) chiqarib oling va uni qopqoq markaziga (6) biriktiring. Probkani (9) qopqoqning (6) qarshi tomoniga o‘rnating.
(6) (5)
(8)
(5)
(5)
(5)
(2)
(4)
(7)
UZ
1
Eshik ochilish tomonini o'zgartirish
Jihozingiz ochilish tomoni o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan eshiklar bilan jihozlangan, ya’ni oshxonaningiz dizayniga mos tushishi uchun ularni chap tomonga yoki o‘ng tomonga ochish mumkin.
TALAB QILINUVCHI ASBOBLAR:
10 mm va 6 mm gayka kalitlari
5 mm olti burchakli gayka kaliti
Plyusli otvertka
IZOH
Biroq jihozingiz eshigi ochilishini o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, xizmat ko‘rsatish markaziga qo‘ng‘iroq qilishingiz kerak. O‘rnatish sharoiti kafolat tomonidan qamrab olinmaydi. Sovutgich eshiklarini teskarilashdan avval qurilmani rozetkadan uzing va oziq-ovqat mahsulotlari va tokchalar hamda surilma qutilar kabi olinuvchi qo‘shimcha moslamalarni sovutgichdan olib qo‘ying. Sovutgichni polga yotqizib qo‘ymang. Sovutgichni qismlarga ajratganda va qayta yig‘ganda eshigini tashlab yubormaslik uchun ehtiyot bo‘ling.
Burama mixlarni (1) chiqarib olish orqali sovutgich bo‘linmasining yuqori qopqog‘ini (2) chiqarib oling. Probkani (3) yuqori qopqoqning (2) qarama-qarshi tomoniga suring. Ulovchi kabelni (4) uzing.
(9)
Sim ushlagichni (8) qopqoqning (6) markaziy qismidan tortib chiqaring va uni qopqoqning (6) qarshi tomoniga biriktiring. Qo'rg'oshinli simlarni (10) qopqoqning (6) qarshi tomoniga suring.
(6)
(10)
Yuqori ilgakni (12) burama mixlarni (11) chiqarib olish orqali olib qo‘ying. Sovutish bo‘linmasi eshigini chiqarib oling; sterjenni (13) bo‘shating va uni 6 mmli gayka klyuchi bilan ilgakning (12) qarshi tomoniga biriktiring.
(11)
(12)
(13)
Markaziy eshik ilgagini (15) 5 mm li olti burchakli kalit bilan burama mixlarni (14) chiqarib olish orqali bo‘shatib oling. Sovutish bo'linmasi eshigini chiqarib oling. Probkani (16) sovutgichning qarshi tomoniga biriktiring.
10
UZ
(15)
(16)
Quyi ilgakni (18) burama mixlarni (17) chiqarib
(14)
olish orqali olib qo‘ying. Sterjenni (19) bo‘shating va uni 6 mmli gayka kaliti bilan ilgakning (18) qarshi tomoniga biriktiring. Muzlatish bo‘linmasining yuqori qismidagi probkani (20) chiqarib oling va uni qarshi tomonga o‘rnating.
(18)
(19)
(17)
Burama mixlarni (24) bo‘shatib olish orqali
(20)
sovitish bo‘linmasining quyi qismidagi eshik to‘xtatgichi (21), vtulka* (22) va eshik yopgichni (23) chiqarib oling va ularni qarshi tomonga mahkamlang. Bu harakatlarni muzlatgich eshigi uchun ham takrorlang.
Quyidagi rusumlar uchun GA**499Z*
Quyidagi rusumlar uchun: GA**499Z*
Sovitish va muzlatish bo’linmalari (5) eshigi mexanik ushlagichlarini (1) qopqoqni (2) olgan holda va burama mixlarni (3) ochgan holda yechib oling.
To’siqlarni olib qo’ying (4).
Mexanik ushlagich (1), (5) va to’siq (4)ni qarama-qarshi tomonga teskari ketma-ketlikda o’rnating.
(4)
(3)
(2)
(1)
(3)
(2)
(2)
(2)
(3)
(3)
(5)
(4)
Quyidagi rusumlar uchun: GA**499T***/GA**499S***
Surgichni (1) chiqarib oling va uni rasmda
ko‘rsatilgani kabi qarshi tomonga joylashtiring.
(1)
(22 * )
(23)
(21)
(24)
* Vtulka(22) faqat sovitish bo‘linmasining eshigi qo‘shimcha moslamalariga kiradi.
Quyidagi rusumlar uchun GA**499T*/GA**499S*
(22)
(23)
(21)
(24)
Muzlatish bo'linmasining quyi ilgagini (18), keyin muzlatish bo'linmasi eshigi, keyin sovutish bo'linmasining markaziy eshik ilgagini (15), keyin yuqori eshik ilgagini (12) o‘rnating, keyin ulagich kabelini (4) ulang, qopqoq (6) va (2) ni teskari ketma-ketlikda o‘rnating.
11
ISHLATISH
Ishlatish
UZ
1
1
Boshqaruv paneli
Muzlatgich va sovutgich haroratini o‘rnatish.
LED chiroq
Jihoz eshigi ochilganda uning ichidagi LED chiroqlar yonadi.
Sovutgich tokchasi
Bu yerda sovitilgan oziq-ovqatlar va boshqa narsalar saqlanadi.
Tokchaga boshqa balandlikdagi murvatni qo‘yish
bilan bu tokcha balandligini o‘zgartirish mumkin. Jihozdagi tokchalar soni uning rusumiga qarab
o‘zgarishi mumkin.
Shisha idishlar tokchasi (Ixtiyoriy) *
Bu uzun shisha idish yoki idishlardagi ichimliklar saqlanadigan joyidr.
Taxlanuvchi tokcha (Ixtiyoriy) *
Bu yerda sovitilgan oziq-ovqatlar va yuqori narsalar saqlanadi.
Tortib chiqariluvchi sabzavotlar qutisi (Fresh Balancer) Ixtiyoriy *
Meva va sabzavotlarni uzoq muddat saqlash uchun.
2
3
4
5
6
7
11
13
Optimal harorat bo'limi (Fresh Converter) Ixtiyoriy*
Bu tortma quti meva va sabzavotlar yoki baliq va go‘shtni saqlash uchun optimal haroratlarni ushlab turishi mumkin.
Sut mahsulotlari burchagi *
Bu sariyog‘ yoki pishloq kabi sut mahsulotlari saqlanadigan joydir.
Sovutgich eshigi savatchasi
Kichik qadoqdagi sovitilgan oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va sous idishlari bu yerda saqlanishi mumkin.
Tuxum lotogi *
Muzlatgich tortma qutisi
Bu yerda muzlatilgan oziq-ovqat mahsuloti uzoq muddat saqlanadi.
Eshik dastasi (Ixtiyoriy) *
Sozlanuvchi oyoqchalar
8
9
12
IZOH
Ishlab chiqaruvchi korxona oldindan ogohlantirishsiz sovutgich tarkibiy qismlariga o‘zgartirish kiritishi mumkin. Jihozning ko‘rinishi va uning qismlari uning rusumiga qarab farqlanishi mumkin.
12
UZ
Ishlatish bo'yicha izohlar
•Yax suvga mo‘ljallangan suv chiqarish uskunasini ichimlik suvidan boshqa ichimlikka ishlatmang. Jihoz tokchasi yoki eshik savatchasida
saqlanayotgan oziq-ovqat mahsuloti bilan eshik orasida eshik bemalol yopilishi uchun yetarli joy bor ekanligiga ishonch hosil qiling.
Jihoz eshigi ochilishi bilan uning ichiga issiq havo
kirishi va bu uning ichki harorati oshib ketishiga olib kelishi mumkin. Jihoz eshigini ko‘p ochib yopmang
•LED-chiroq faqat uy-ro‘zg‘or jihozlarida foydalanish uchun mo‘ljallangan, u maishiy xonalarni yoritish uchun mo‘ljallanmagan.
Enеrgiyani tеjash bo'yicha
maslahatlar
Saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlari orasida
yetarli bo‘sh joy bo‘lishiga ishonch hosil qiling. Bu sovuq havoning barobar taqsimlanishi va elektr toki uchun xarajatlarning kamroq bo‘lishini ta’minlaydi. Terlash yoki muzlashning oldini olish maqsadida
issiq oziq-ovqatni jihozga sovitilgandan keyin qo‘ying.
Mahsulotlarni yaxshi saqlash
Muzlatilgan yoki sovitilgan oziq-ovqat
mahsulotlarini zich yopiladigan idishlarda saqlang. Jihozga oziq-ovqat mahsulotini qo‘yishdan avval
uning iste‘mol qilinishi mumkin bo‘lgan muddati va yorlig‘ini (saqlash bo‘yicha ko‘rsatmalar) tekshiring. Agar oziq-ovqat mahsuloti past haroratda tez
aynib qoladigan bo‘lsa, u mahsulotni uzoq muddat saqlamang (to‘rt haftadan ortiq).
•Agar jihozda salqinlatish bo‘linmasi mavjud bo‘lsa, tarkibida suv miqdori ko‘p bo‘lgan meva-sabzavotlarni bunday bo‘linmalarda saqlamang, chunki past harorat tufayli ular muzlashi mumkin. To‘liq muzdan tushirilgan oziq-ovqat mahsulotini
qayta muzlatmang. To‘liq muzdan tushirilgan oziq-ovqat mahsulotini qayta muzlatish uning mazasi va ozuqaviylik darajasini pasaytiradi. Jihoz ichida sabzavotlarni gazetaga o‘rab
saqlamang. Gazetaning bo‘yog‘i yoki boshqa yot moddalar oziq-ovqat mahsulotining bo‘yalib ketishi va ifloslanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Jihoz ichini haddan ziyod to‘ldirib yubormang.
Uning ko‘pi bilan 70% qismini to‘ldiring. Agar jihoz ichi haddan ziyod to‘ldiriladigan bo‘lsa, sovuq havo yaxshi aylanmaydi. Agar oziq-ovqat mahsuloti uchun juda past
harorat o‘rnatgan bo‘lsangiz, u muzlab qolishi mumkin. Jihozda oziq-ovqat mahsuloti to‘g‘ri saqlanishi uchun talab qilingan haroratdan past haroratni o‘rnatmang.
•Issiq ovqatni qo‘yishdan avval uni soviting. Agar jihoz ichiga juda ko‘p issiq oziq-ovqat mahsuloti qo‘yiladigan bo‘lsa, uning ichki harorati oshib ketishi va jihoz ichidagi boshqa mahsulotlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Eng yuqori muzlatish quvvati «БЫСТР.ЗАМОРОЗ.»
Tezkor muzlatish funksiyasi muzlatgichning eng yuqori muzlatish quvvatidan foydalanadi. Bunga odatda 24 soatgacha ketadi, keyin avtomatik ravishda o‘chadi. Agar maksimal muzlatish quvvati ishlatiladigan bo‘lsa, muzlatish bo‘linmasiga yangi mahsulotlar qo‘yilishidan yetti soat oldin Tezkor muzlatish yoqib qo‘yilishi lozim.
•Havo aylanishi yaxshiroq bo‘lishi uchun barcha tortmalarni joyiga qo‘ying
Elektr uzluksizligi
Elektr tarmog‘ida uzilish bo‘lsa, idoraga sim qoqing va uzilish qanchaga cho‘zilishini so‘rang.
− O‘chiq paytida eshigini ochmaslikka harakat
qiling.
− Elektr ta’minoti tiklangach, oziq-ovqat
mahsulotlarining holatini tekshirib ko‘ring.
Sovutgich ishlash xususiyatlari
Sovutgich tashkil etuvchi qismlari harorati o’zgarishi tufayli yoriq ovozi chiqishi mumkin. Haroratni nazorat qiluvchi va kompressorning yoqilishiga xos ovoz me’yor hisoblanib, jihoz ishlashida vujudga keladi. Sovutish tizimi ichida aylanuvchi sovituvchi modda kompressor ishlamagan holda ham baland bo’lmagan ovoz chiqarishi mumkin. Havotir olmang, bu mutlaqo me’yordagi holat. Sovutgich ishlashi jarayonida quyidagilar eshitilishi mumkin:
− Kompressor ishlash ovozi;
− Ventilyator qanotlari shivirlashi;
− No Frost sovutish tizimi aylanuvchi havosi oqimining ovozi;
− Rele ishga tushgandagi tiq etgan ovoz;
− Havo tirqishini yopuvchi moslamasini ochish va yopishdagi uzatma ovozi;
− Sovutish tizimi quvuri ichida aylanuvchi sovituvchi modda shivirlashi;
− Ashyodagi harorat o’zgarishlarida yengil tebranish.
Ushbu ovozlar hech qanday nuqson bilan bog’liq emas va funksional xususiyatga egadir.
13
Boshqaruv paneli
Birliklar va funksiyalar
UZ
<1-Turi> <2-Turi>
8
<4-turi>
3-turi
<
>
7
8
8
6
3SEC
7SECS
9
Sovutgich haroratini sozlash / FRIDGE
Muzlatgich haroratini sozlash /
FREEZER
Wi - Fi
Sovutgichni uydagi Wi-Fi tarmoqqa
ulash funksiyasi
БЫСТРАЯ ЗАМОРОЗКА
Bu «БЫСТР.ЗАМОРОЗ.» (tez muzlatish)
funksiyasini yoqadi. / Express Freeze /
EXPRESS FRZ.»
ЭКО - РЕЖИМ / EKOLOGIK REJIM
Bu energiya sarfini kamaytirish uchun Quvvat
tejash rejimini boshqaradi.
ЗВУК.СИГНАЛ / ESHIK OVOZLI SIGNALI
Yaxshi yopilmagan eshikning ogohlantiruvchi
ovozli signali
Подсветка морозильного отделения /
7
CHIROQ
БЛОКИРОВКА / QULFLASH
8
Bu boshqaruv panelidagi tugmalarni qulflab
qo‘yadi.
YOQISH / O‘CHIRISH
9
Sovutgich yoqish/o‘chirish tugmasi.
IZOH
Jihozdagi boshqaruv paneli uning rusumiga qarab o‘zgarishi mumkin.
14
UZ
Haroratni sozlash
Sovutish va muzlatish bo‘linmalarida birlamchi harorat muvofiq ravishda 3 °C va -20°Cni tashkil etadi.
Hoxish bo‘yicha boshqaruv panelida haroratni sozlash tugmasiga bosib uni o‘zgartirish mumkin.
1,2 - turdagi boshqaruv paneli
ХОЛОД. КАМ.
3 - turdagi boshqaruv paneli
4 - turdagi boshqaruv paneli
МОРОЗ. КАМ
IZOH
•Jihozni rozetkaga ulagandan so‘ng ishlash harorati o‘rnatilguniga qadar ikki yoki uch soat o‘tishini kuting va so‘ng unga sarxil yoki muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlarini qo'ying.
•Boshqaruv panelidagi joriy harorat maqsadlidir, chunki jihoz ichidagi oziq-ovqat mahsuloti holati hamda eshiklari tez-tez ochilib-yopilishi kabi omillar ta'siriga qarab o‘zgaradi. Sovutgichni yoqgandan keyin belgilangan rejimga 2-3 kun o‘tgandan keyin o‘tadi.
Tez muzlatish rejimi
Bu funksiya ko‘p miqdordagi muz yoki muzlagan oziq-ovqat mahsulotlarini tez muzlatish imkonini beradi.
«БЫСТР.ЗАМОРОЗ. / EXPRESS FRZ.»
tugmasi bosilganda boshqaruv panelidagi
«БЫСТР.ЗАМОРОЗ.» belgisi chirog‘i yonadi.
Bu funksiya mazkur tugmani har bosganingizda
o‘chib-yonadi.
«БЫСТР.ЗАМОРОЗ.» funksiyasi ma’lum vaqt
o‘tganidan so‘ng avtomatik tarzda o‘chadi va sovutgich ilgari o‘rnatilgan harorat rejimiga o‘tadi.
Ekologik rejimni o‘rnatish
«ЭКО-РЕЖИМ / ECO FRIENDLY»
Bu funksiya quvvat tejash rejimini yoqadi bu esa siz uzoq safarda bo‘lganingizda qulaydir.
•«ЭКО-РЕЖИМ / ECO FRIENDLY» tugmasini bosgandan
keyin boshqaruv panelida «ЭКО-РЕЖИМ / ECO FRIENDLY» belgisi chirog‘i yoqiladi.
Bu funksiya mazkur tugmani har bosganingizda
o‘chib-yonadi.
Yaxshi yopilmagan eshik ogohlantiruvchi ovozli signali
(barcha rusumlarda ham mavjud emas)
•Agar sovutgich eshigi ma’lum vaqt (~1 daq.) ochiq qolsa, har 30 soniya takrorlanuvchi ovozli signal yoqiladi.
•Ogohlantiruvchi ovozli signalni “ЗВУК. СИГНАЛ / DOOR ALARM tugmasini qisqa bosish orqali yoqish va o’chirish mumkin (hamma rusumlarda ham mavjud emas).
IZOH
•Agar eshikni yopgandan keyin ham ogohlantiruvchi ovozli signal chiqsa, xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling.
БЛОКИРОВКА / QULFLASH
(barcha rusumlarda ham mavjud emas)
Bu boshqaruv panelidagi barcha tugmalarni qulflab qo‘yadi.
•Sovutgich boshqaruv panelini qulflash uchun
"БЛОКИРОВКА / CHILD LOCK") tugmasini bosing
va 3 soniya ushlab turing.
Chiroqni o‘rnatish
(barcha rusumlarda ham mavjud emas)
Bu muzlatish bo‘linmasi chirog‘ini yoqadi va
o‘chiradi. Chiroq tugmasini bosganingizda muzlatish
bo‘linmasi chirog‘i yonadi/o‘chadi. Bu tugmani
ketma-ket bosish chiroqni butunlay yoqib qo‘yishi, uning ravshanligini pasaytirishi va uni o‘chirib qo‘yishi mumkin.
Muzlatish bo'linmasining eshiklari ochiq bo‘lganida
chiroq yoniq holda qoladi.
Yoqish / O‘chirish
(barcha rusumlarda ham mavjud emas)
«ВКЛ / ВЫКЛ» tugmasini ketma-ket bosganda sovutgich
yoqiladi va o‘chiriladi. Sovutgichni o‘chirish uchun
«ВКЛ / ВЫКЛ» tugmasini bosing va 7 soniya ushlab
turing. Sovutgichni yoqish uchun ushbu tugmani qisqa muddatga bosing.
15
UZ17UZ
Muz idishi
Muz idishiga belgilangan chiziqqacha suv quying.
Faqat ichimlik suvini quying. Agar muz idishi toshib ketsa, muz parchalari
bir-biriga yopishib qoladi va chiqarib olish qiyinlashadi.
Muzni tezda hosil qilish uchun boshqaruv
panelidagi «БЫСТР.ЗАМОРОЗ» tugmasini
bosing. Muzni osongina chiqarib olish uchun idishga
suv quyish, uni suvga botirish yoki bukish mumkin.
IZOH
•Muz idishini bukishda kuch ishlatmang, chunki u sinib ketishi mumkin.
"Fresh Converter" yangi holda saqlash bo‘linmasida haroratni sozlash
(
barcha rusumlarda ham mavjud emas
"Fresh Converter" yangi holda saqlash bo‘linmasi harorat doiraviy dastasi holatini sozlash orqali haroratni boshqarishi mumkin va umumiy holda uning harorati sovutgiching o‘rnatilgan haroratiga qaraganda pastroq haroratda ushlab turiladi. 1-turi go‘sht saqlash uchun, 2-turi baliq saqlash uchun va 3-turi sabzavotlar saqlash uchun mo‘ljallangan.
)
"Fresh Balancer" sabzavotlar tortma qutisi
(barcha rusumlarda ham mavjud emas)
Tugmani surish orqali sabzavotlar tortma qutisidagi namlikni rostlash mumkin. Chapga surilsa, qopqoq va patnis ochiladi, agar o‘ngga surilsa, qopqoq va patnis yopiladi – shunda namlik saqlanib qoladi. Sabzavotlarni (2-tur) yopiq holda, mevalarni (1-tur) esa ochiq holda saqlagan ma’qul.
1-turi 2-turi
Taxlanuvchi shisha tokcha
(barcha rusumlarda ham mavjud emas)
•Tokchaning old yarmini tokchaning orqa yarmining tagiga surish orqali gallon konteyneri yoki butilkalar singari bo‘yi uzun narsalarni joylashtiring. Tokchani to‘liq holatga qaytarish uchun tokchaning old qismini torting.
•Tokchaning old tomonini ko‘taring va uni orqa tomoniga o‘tkazing.
Fresh Converter
Meat Fish Vegetable
1-turi 2-turi 3-turi
Fresh Converter
Fish
Meat
Vegetable
"Fresh Converter" bo‘linmasida ko‘proq
Fresh Converter
Fish
Meat
Vegetable
Fresh Converter
Fish
Meat
Vegetable
taomlarni saqlash uchun tortma qutini tortib chiqaring. Go‘sht, baliq yoki sabzavotlarni saqlash
uchun optimal sharoitlarni o‘rnatish uchun doiraviy shkalani saqlanuvchi mahsulotga mos rejimga o‘rnatish tavsiya qilinadi.
16
•Tokchaning old tomonini ko‘taring va uni orqa tomoni tagiga o‘tkazing. Bu holatda joy bo‘shatish uchun tokchaning har ikkala tomonidan ko‘tarish mumkin.
Izoh
Tavsiya qilingan holat:
Sovutgich uchun harorat: +3° С Muzlatgich uchun harorat: -20° С
"Fresh Converter" dagi o‘rta holat (2-tur)
AQLLI FUNKSIYALAR
LG SmartThinQ ilovasidan foydalanish
• Quyidagi belgi tushirilgan jihozlar uchun
yoki
LG SmartThinQdan foydalanishdan avval tekshiriladigan narsalar
Jihoz va simsiz router (Wi-Fi tarmoq) orasidagi
1
masofani tekshiring.
Agar jihoz va simsiz router orasidagi masofa juda uzoq bo‘lsa, signal kuchi pasayadi. Ulanish uzoq vaqt talab qilishi yoki o‘rnatish muvaffaqiyatsiz bo‘lishi mumkin.
Smartfoningizdagi Mobil internetni o‘chiring.
2
iPhone telefonlarida Sozlamalar → Mobil →
Mobil internet yordamida mobil internetni o‘chiring.
Smartfoningizni simsiz routerga ulang.
3
IZOH
• Wi-Fi ulanishini tekshirish uchun boshqaruv panelida Wi-Fi belgisi yoqilganligini ko‘ring.
Bu jihoz faqat 2.4 GGs chastotali Wi-Fi tarmoqlarda ishlaydi. Tarmoq chastotasini tekshirish uchun internet-provayderingizga murojaat qiling yoki simsiz router qo‘llanmasiga qarang.
LG SmartThinQ tarmoqqa ulanish muammolari yoki tarmoqda yuzaga kelgan har qanday nosozlik, noto‘g‘ri ishlash yoki xatolarni bartaraf qilish uchun mo'ljallanmagan.
Agar jihozlar Wi-Fi tarmog‘iga ulana olmasa, muammo jihoz routerdan uzoqda joylashganligi sababli yuzaga kelgan bo'lishi mumkin. Wi-Fi signalini kuchaytirish uchun Wi-Fi retranslyator (signal kuchaytirgich) sotib oling.
Uydagi tarmoq muhitiga qarab Wi-Fi ulanishi o‘rnatilmasligi yoki uzilib qolishi mumkin.
Internet ta'minotchisiga qarab, tarmoq ulanishida muammolar yuzaga kelishi mumkin.
Atrofdagi simsiz aloqa muhiti tufayli simsiz tarmoq xizmati sekin ishlashi mumkin.
Simsiz signal uzatilishida muammo bo‘lsa, jihoz tarmoqqa ulana olmaydi. Jihozni o‘chiring va yana urinib ko‘rishdan avval taxminan bir daqiqa kuting.
Agar simsiz routeringizda himoya devori yoniq bo‘lsa, himoya devorini o‘chiring yoki uni istisnolar ro‘yxatiga kiriting.
Simsiz tarmoq nomi (SSID) inglizcha harflar va raqamlar birikmasidan iborat bo‘lishi lozim. (Maxsus belgilarni ishlatmang).
Smartfonning foydalanuvchi interfeysi (UI) mobil operatsion tizim (OS) va ishlab chiqaruvchiga qarab farq qilishi mumkin.
Agar routerning xavfsizlik protokoli WEP qilib belgilangan bo‘lsa, tarmoqni sozlay olmasligingiz mumkin. Uni boshqa xavfsizlik protokoliga o‘zgartiring (WPA2 tavsiya etiladi) va jihozni yana ro‘yxatdan o‘tkazing.
LG SmartThinQ ilovasini o'rnatish
Smartfonda Google Play Store yoki Apple App Store do‘konlaridan LG SmartThinQ ilovasini qidiring. Ilovani yuklab olish va o‘rnatish ko‘rsatmalariga amal toping.
Sozlanmalar
Sovutgichda va ilovada turli sozlanmalarni qo‘yish imkonini beradi.
IZOH
Agar simsiz marshrutizator, Internet xizmati provayderi yoki parolni o‘zgartirsangiz, ro‘yxatga olingan jihozni LG SmartThinQ ilovasidan o‘chiring va uni qaytadan ro‘yxatdan o‘tkazing.
Rusumga bog'liq ravishda xususiyatlar o'zgarishi mumkin.
Mahsulot sifatini oshirish maqsadida foydalanuvchiga oldindan ogohlantirishsiz ilovaga o'zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Simsiz mahalliy hisoblash tarmog‘I (MHT) moduli texnik xususiyatlari
Rusum LCW-004
Chastotalar oralig‘i:
Chiqish quvvati (maks.)
Simsiz mahalliy hisoblash tarmog‘I (MHT) moduli dasturiy ta’minot turi: V 1.0 Foydalanuvchi ma’lumoti uchun: bu qurilmani jihozdan kamida 20 sm uzoqlikda o‘rnatish lozim.
2412 - 2472 MHz
IEEE 802.11b: 17.82 dBm IEEE 802.11g: 17.72 dBm IEEE 802.11n: 16.61 dBm
Loading...
+ 39 hidden pages