Ushbu qo'llanmada siz xarid qilgan rusumga
taalluqli bo'lmagan tasvirlar yoki tarkib bo'lishi
mumkin.
Ushbu qo'llanma ishlab chiqaruvchi tomonidan
qayta ko'rib chiqilishi mumkin.
XAVFSIZLIK KO'RSATMALARI 03
Muhim xavfsizlik ko'rsatmalari 03
O‘RNATISH09
Ko‘chirish yoki tashish paytidagi eslatmalar09
Atrof-muhit harorati
O‘lchamlar va oraliqlar
Oyoqchalarni rostlash
O‘rnatish uchun eslatmalar
Eshik ochilish tomonini o'zgartirish
.09
09
09
09
10
ISHLATISH 12
Ishlatish bo'yicha izohlar12
Boshqaruv paneli13
Muz lotogi
"Fresh Converter" yangi holda saqlash bo‘linmasida haroratni
Tozalash uchun eslatmalar 19
Eshik savatchasini olish va qayta o‘rnatish
Sovutkich tokchasini chiqarib olish ............
Taxlanuvchi tokchani chiqarib olish ............. 20
Sabzavotlar tortmasini olish ....................... 20
Qopqoqli tortma qutini chiqarib olish .........................
Muzlatgich tortma qutilarini chiqarib olish .................................. 20
Muzlatish bo'linmasi qutisin i olish va qayta o‘rnatish................. 20
19
19
20
NOSOZLIKLARNI BARTARAF ETISH 22
TEXNIK XUSUSIYATLARI 26
XAVFSIZLIK KO'RSATMALARI
Quyidagi xavfsizlik ko'rsatmalari kutilmagan xavflar hamda jihozdan
ehtiyotsizlik bilan yoki noto'g'ri foydalanish oqibatida kеlib chiqadigan
zararlarning oldini olishga mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalar quyida
ko'rsatilganidеk “OGOHLANTIRISH” va “DIQQAT” belgilari bilan qismlarga
ajratilgan.
Ushbu bеlgi xavf tug'dirishi mumkin bo'lgan holat va amallarni bildiradi.
Mazkur bеlgi bilan ajratilgan qismni ehtiyotkorlik bilan o'qing va
xavfning oldini olish uchun ko'rsatmalarga amal qiling.
OGOHLANTIRISH
Bu bеlgi ko'rsatmalarga amal qilmaslik jiddiy jarohat yoki o'limga
sabab bo'lishi mumkinligini bildiradi.
DIQQAT
Bu bеlgi ko'rsatmalarga amal qilmaslik yengil jarohat yoki
mahsulotga zarar yеtishiga sabab bo'lishi mumkinligini bildiradi.
MUHIM XAVFSIZLIK KO’RSATMALARI
UZ
OGOHLANTIRISH
Mahsulotdan foydalanish asnosida portlash, yong'in chiqish, o'lim, elеktr
zarbasi yoki jarohatning oldini olish uchun asosiy ehtiyotkorlik choralariga
amal qiling:
Uydagi bolalar
Ushbu jihoz jismoniy, sеzgi yoki aqliy qobiliyati chеklangan, foydalanish tajribasi va
bilimi kam shaxslar (jumladan, bolalar) tomonidan foydalanish uchun mo'ljallanmagan.
Agar ularning xavfsizligi uchun javobgar biror shaxs jihozdan foydalanishda ularni
nazorat qilib tursa yoki ko'rsatma bеrib tursa, bunday shaxslar jihozdan foydalanishlari
mumkin. Bolalarni jihoz yonida nazoratsiz qoldirmang.
03
UZ
DIQQAT
Mahsulotdan foydalanish asnosida portlash, yong'in chiqish, o'lim, elеktr
zarbasi yoki jarohatning oldini olish uchun asosiy ehtiyotkorlik choralariga
amal qiling:
O'rnatish
Bu jihozni ikki yoki undan ortiq kishi mahkam ushlagan holda joyidan ko‘chirishi lozim.
•
Rozetka yerga to‘g‘ri uzatilganligiga, elektr kabelidagi yerga ulash mixchasi
•
shikastlanmaganligiga va uning elektr tarmog‘idan uzib qo‘yilmaganligiga ishonch hosil
qiling. Yerga ulash bo‘yicha batafsil ma’lumot uchun LG Electronics mijozlarni
qo'llab-quvvatlash markaziga murojaat qiling.
Bu jihozning elektr shnuri uskunani yerga ulash simi va vilkasi bilan jihozlangan.
•
Barcha mahalliy qonun-qoidalarga muvofiq tarzda o‘rnatilgan va yerga ulangan
rozetkadan foydalanish shart.
Agar elektr shnuri shikastlangan yoki rozetkaning teshigi bo‘shab qolgan bo‘lsa,
•
shnuri ishlatmang hamda vakolatli xizmatko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
Jihozni elektr kabeli (o‘rnatilgan) bo‘lmagan ko‘p rozetkali adapterga ulamang.
•
Elektr kabelini almashtirmang yoki uzaytirmang.
•
Aslo uzaytirgich yoki juft adapterdan foydalanmang. Jihoz alohida saqlagichli alohida
•
elektr liniyasiga ulanishi zarur.
Yerga yaxshi ulanmagan koʻp shtepselli rozetka (portativ)dan foydalanmang. Yerga
•
yaxshi ulangan koʻp shtepselli rozetka (portativ)dan foydalansangiz, tok yuklanishi yuqori
boʻlgan koʻp shtepselli rozetkadan va faqat ushbu uy jihozi uchungina foydalaning. Ushbu
xavfsizlik talabiga rioya qilmaslik tok urishi yoki koʻp shtepselli rozetkaning haddan ziyod
qizishi oqibatida yongʻinga olib kelishi mumkin. Avtomatik o‘chiruvchi ishlatilganda
tok oʻchirilishi mumkin.
• Jihozni uning elektr kabeli tarmoqdan oson uziladigan joyga o‘rnating.
• Elektr kabeli vilkasi yuqoriga yo‘nalib qolishi yoki jihozning elektr kabeli vilkasiga
tiralib qolishidan saqlaning.
Jihozni qattiq va tekis polga o‘rnating.
•
Jihozni nam va changli joyga o‘rnatmang. Jihozni tashqariga yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh
•
nuri, shamol yoki yomg‘ir tegadigan, harorat muzlashgacha boradigan joylarga
o‘rnatmang yoki saqlamang.
Jihozni quyosh nuri to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushadigan joyga qo‘ymang va plita yoki isitkich kabi
•
qizdiruvchi jihozlardan chiqadigan issiqlik ta’sirida qoldirmang.
Jihozni o‘rnatishda orqa tomonini ochilib qolishidan ehtiyot bo‘ling.
•
Jihoz eshigini o‘rnatishda yoki yechishda uning qulab ketishiga yo‘l qo‘ymang.
•
Jihoz eshigini o‘rnatishda yoki yechishda elektr kabelining qisilib qolishi, ezilishi yoki
•
shikastlanishidan ehtiyot bo‘ling.
Elektr kabeli vilkasiga vilka adapteri yoki boshqa qurilmalarni ulamang.
•
Ishlatish
Jihozda oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashdan boshqa maqsadlarda (tibbiy yoki tajriba
•
materiallari saqlash yoxud yetkazib berishda) foydalanmang.
04
UZ
Suv toshib ketsa, tokdan sug‘uring va LG Electronics mijozlarni qo‘llab-quvvatlash
•
markaziga murojaat qiling.
Qattiq momaqaldiroq yoki chaqmoq paytida yo uzoq muddat foydalanishi ko‘zda
•
tutilmagan holatlarda jihozning elektr kabeli vilkasini tarmoqdan uzib qo‘ying.
Ho‘l qo‘lingiz bilan elektr vilkasiga yoki jihozning tugmalariga tegmang.
•
Elektr kabelini haddan ortiq bukmang yoki ustiga og‘ir buyum qo‘ymang.
•
Agar jihozning elekt qurilmalari ichiga suv kirib ketadigan bo‘lsa, elektr kabeli vilkasini
•
tarmoqdan uzing va LG Electronics mijozlar uchun axborot markaziga murojaat qiling.
Jihozning sovuq chiqaradigan joyiga, orqa paneliga yoxud issiqlik chiquvchi panjarasiga
•
qo‘lingizni yoki metal buyumlarni qo‘ymang.
Jihozning orqa paneliga ortiqcha kuch yoki zarba ishlatmang.
•
Jihoz ichiga uy hayvonlari yoki boshqa jonzotlarni solmang.
•
Jihoz eshigini ochish yoki yopishda atrofda yurgan bolalarga ehtiyot bo‘ling. Eshik bolaga
•
jarohat yetkazishi yoki shikastlashi mumkin.
Bolalarning jihoz ichiga qamalib qolish xavfidan ehtiyot bo‘ling. Jihoz ichiga qamalib
•
qolgan bola dimiqib qolishi mumkin.
•
Jihoz ichiga og‘ir yoki mo‘rt buyumlarni, ichida suyuqlik bor idishlarni, yonuvchan
moddalarni yoki oson alangalanuvchan buyumlarni (masalan, sham, shamchiroq va h.k.)
va qizdiruvchi uskunalarni (masalan, plita, isitkich va h.k.) qo‘ymang.
Agar gaz (izobutan, propan, tabiiy gaz va h.k.) chiqayotgan bo‘lsa, jihozga yoki elektr
•
kabeli vilkasiga tegmang va darhol xonani shamollating. Bu jihozda sovituvchi modda
sifatida ekologik toza gazdan (izobutan, R600a) foydalaniladi. Garchi undagi gaz miqdori
juda oz bo‘lsa-da, u baribir yonuvchandir. Jihozni tashish, o‘rnatish yoki undan
foydalanish paytida undan gaz chiqsa va uchqun chiqishi kuzatilsa, bu yong‘in, portlash
yoki tan jarohatlariga olib kelishi mumkin.
Jihoz yaqinida tez alangalanuvchan yoki yonuvchan moddalardan (efir, benzol, spirt,
•
boshqa kimyoviy moddalar, siqilgan suyuq gaz, yonuvchan aerozol, hasharotlarga qarshi
purkaluvchi vosita, havo tozalagich, pardoz vositasi va h.k.) foydalanmang yoki ularni
saqlamang.
Agar jihozdan g‘alati ovoz, hid yoki tutun chiqayotganini sezsangiz, darhol elektr kabeli
•
vilkasini tarmoqdan uzing va LG Electronics mijozlarni qo'llab-quvvatlash markaziga
murojaat qiling.
Tеxnik xizmat ko'rsatish
Jihozni tozalash yoki ichki chirog‘ini (agar o‘rnatilgan bo‘lsa) almashtirishdan oldin elektr
•
kabelini tarmoqdan uzing.
Namlik yoki changni yaxshilab tozalab tashlagandan so‘nggina elektr vilkasini rozetkaga
•
ulang.
Jihozni tokdan uzishda elektr kabelidan tortmang. Doim vilkani mahkam ushlang va
•
rozetkadan to‘g‘ri yo‘nalishda tortib chiqaring.
Jihozni tozalash uchun uning ichiga yoki tashqarisiga hech qachon suv yoki yonuvchan
•
moddalarni (tish pastasi, spirt, eritgich, benzin, oson alangalanuvchi modda, abraziv
material va h.k.) purkamang
Jihozni hech qachon dag‘al yuzali yoki metall materialdan qilingan cho‘tka, latta yoki
•
mochalka bilan tozalamang.
05
UZ
Faqat LG Electronics xizmat ko'rsatish markazining malakali mutaxassisigina jihozni
•
qismlarga ajratishi, ta’mirlashi yoki o‘zgartirishi zarur. Agar jihozni boshqa joyga ko‘chirib
o‘rnatadigan bo‘lsangiz, LG Electronics mijozlarni qo'llab-quvvatlash markaziga murojaat
qiling.
Jihozning ichki tomonini quritish uchun soch qurituvchi uskunadan foydalanmang va
•
badbo‘y islarni ketkazish uchun jihoz ichiga sham tiqmang.
Chiqitga chiqarish
Jihozni tashlab yuborayotganda uning tokchalarini va savatchalarini joyida qoldirgan
•
holda, eshik qistirmasini olib tashlang va bolalarni jihozdan uzoq tuting.
Qadoq materiallari (plastik paketlar va penoplast)ni bolalardan uzoqroqda chiqitga
•
chiqaring. Qadoq materiallari bo‘g‘ilib qolishga sabab bo‘lishi mumkin.
Tеxnik xavfsizlik
Jihozning korpusida yoki ichki tuzilmasida o‘rnatilgan shamollatish teshiklarining tiqilib
•
qolishiga yo‘l qo‘ymang.
Oziq-ovqat mahsulotlari tortmalarida ishlab chiqaruvchi tavsiya qilgan vositalar turiga
•
mos bo‘lmagan elektr jihozlarni saqlamang.
Jihozda qo‘llanilgan sovituvchi modda yoki izolyatsion gazni chiqitga chiqarishda maxsus
•
tartib amal qiladi. Ularni chiqitga chiqarishdan avval servis markazi agenti yoki sohaning
malakali ustasi bilan maslahatlashing.
Bu jihozda oz miqdorda izobutan sovituvchi moddasi (R600a), yuqori darajada ekologik
•
muvofiqlashgan tabiiy gaz bo‘lib, u ham yonuvchan hisoblanadi. Jihozni tashishda yoki
o‘rnatishda uning sovitish sxemasiga shikast yetkazmaslik uchun ehtiyotkorlikka
rioya qilish talab etiladi.
Jihoz naychalaridan sovituvchi moddaning oqishi yong‘in yoki portlashni keltirib chiqarishi
•
mumkin.
Agar shunday oqish holati yuzaga kelgan bo‘lsa, jihoz atrofida ochiq alanga yoki ehtimoliy
•
isitish manbalari bo‘lishiga yo‘l qo‘ymang va jihoz turgan xonani bir necha daqiqa
davomida shamollating. Agar sovituvchi modda oqishi kuzatilsa, yonuvchan gazlarning
havodagi aralashmasi yuzaga kelishining oldini olish uchun, jihoz foydalanilayotgan xona
o‘lchamlari undagi sovituvchi modda miqdoriga mos bo‘lishi zarur. Jihoz ichidagi R600a
sovituvchi moddasining har 8 grammiga xonada 1 m² joy bo‘lishi zarur.
Aynan sizning jihozingizdagi sovituvchi modda miqdori jihoz ichidagi identifikatsiya
•
yorlig‘ida ko‘rsatilgan.
Biror shikastlanish belgisi bo‘lgan jihozni ishga tushirmang. Agar bunga shubha qilsangiz,
•
dileringizga murojaat qiling.
Ushbu jihoz faqat uy sharoitida qo‘llash va shunday maqsadlarda foydalanish uchun
•
mo‘ljallangan. Undan tijorat maqsadida yoki umumiy ovqatlanish joylarida, g‘ildirakli uy
yoxud kema kabi harakatlanuvchi transport vositalarida foydalanmaslik zarur.
Jihoz ichida yonuvchan suyuqlikli aerozol idishlari kabi portlovchi moddalarni saqlamang.
•
DIQQAT
Kichik shaxsiy jarohatlarning xavfini kamaytirish, mahsulotning noto'g'ri
ishlashi yoki mulkka shikast еtishining xavfini kamaytirish uchun asosiy
dastlabki ehtiyot choralari ko'rilishi kеrak, jumladan, quyidagilar:
06
UZ
Ishlatish
•
Muzlatish bo'linmasidagi muzlagan oziq-ovqat mahsulotlari yoki uning metal qismlariga
nam yoki ho‘l qo‘l bilan teginmang. Bu sovuq urishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Harorati muzlash nuqtasidan pastroq haroratga tushadigan muzlatish bo‘linmasi,
•
tokchalar yoki muz idishiga shisha idishlar, butilka yoki banka solmang (ayniqsa ichida
gazli ichimlik bo‘lsa).
Jihoz eshigining old tomonidagi toblangan oyna yoki uning tokchalari zarba berilganda
•
sinishi mumkin. Agar u sinsa, uni ho‘l qo‘l bilan ushlamang, chunki bu tan jarohatiga
sabab bo‘lishi mumkin.
Jihoz eshiklari, kamerasi yoki tokchalariga osilmang yoki ustiga chiqmang.
•
Eshik savatchalarida ortiqcha miqdordagi suv idishlari yoki likopchalar uchun idishlarni
•
saqlamang. Savatcha buzilishi yoki qo‘lingiz uning atrofidagi joyga tegib, jarohatlanishi
mumkin.
Jihoz ichida oziq-ovqat mahsulotlarini tartib bilan qo‘ying.
•
Uy hayvonlari elektr kabeli yoki suv chiqadigan rezina quvurni kemirishiga yo'l qo'ymang.
•
Jihoz eshigini ortiqcha kuch ishlatib ochib yopmang.
•
Agar jihoz eshigining oshiq-moshig'i shikastlangan yoki noto'g'ri ishlayotgan bo'lsa,
•
uni ishlatishdan to'xtating va vakolatli xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
Jihozning sovitish sxemasiga zarar yetkazmang.
•
Jihoz ichiga hech qanday elektr uskunasi (isitkich yoki mobil telefoni kabilar) solmang.
•
Shisha tokchalar yoki qopqoqlarni sovuqligida issiq suv bilan tozalamang. Harorat birdan
•
o‘zgarishi tufayli ular sinishi mumkin.
Muzlagan oziq-ovqat mahsulotlarini muzlatish bo‘linmasidan olinishi bilanoq iste’mol
•
qilmang.
Jihoz eshigini ochib yopganda qo‘l yoki oyog‘ingiz qisilib qolmasligiga ishonch hosil qiling.
•
Shisha idishlarni muzlatish bo’linmasiga, harorat noldan past bo’luvchi tokcha yoki muz
•
hosil qiluvchi idishga joylashtirmang.
Xizmat ko‘rsatish
•
Tokchalarni to’nkarilgan holatda joylashtirmang. Tokchalar tushib ketishi va jarohatga
sabab bo’lishi mumkin.
•
Uzoq muddatga elektr energiya tarmog’idan uzishdan oldin muzlatish bo’linmasidagi muz
hosil qilish idishidan muzni olib qo’ying.
Saqlash
•
Jihozni xonadan tashqarida yoki ob-havo sharoitlari (to’g’ridan-to’g’ri quyosh nurlari,
shamol, yomg’ir yoki noldan past havo harorati) to’g’ridan-to’g’ri ta’siri ostida saqlamang.
Tashish
Jihozni tashish har qanday transport vositasi orqali tegishli transport tashish qoidalariga
muvofiq amalga oshiriladi.
Tashish jarohatlanishga yo’l qo’yilmaydigan shart-sharoitda amalga oshirilishi lozim.
•
Yuklarni ortish va tushirish jarayonlarida mahsulotni zararli ta’sirga duchor qilish
•
taqiqlanadi.
Sotish
•
Mahsulotni sotish sotuvga chiqariladigan mamlakatning joriy qonunlari bilan belgilangan
qoidalariga ko’ra amalga oshiriladi.
07
Chiqitga chiqarish
Chiqindi savati ustida chizilgan belgi ishlatilgan elektr va elektron jihozlar
•
(WEEE)ni maishiy chiqindidan alohida chiqitga chiqarish lozimligini bildiradi.
Eski elektr va elektron jihozlar xavfli moddalarga ega bo’lishi mumkin,
•
shuning uchun eski jihozning to’g’ri chiqitga chiqarilishi atrof-muhit va inson
salomatligiga xavf soluvchi salbiy oqibatlarning oldini oladi. Eskirgan
qurilma tarkibida boshqa mahsulotlarni ta’mirlash ushun foydalaniladigan
takroriy qo‘llanish qismlari va cheklangan resurslarni unumlash maqsadida
qayta ishlanadigan qimmatbaho ashyolar bo‘lishi mumkin.
Jihozingizni xarid qilgan do‘konga olib borishingiz yoki chiqitga
•
chiqariladigan eski qurilmalarni qabul qiluvchi eng yaqin punkt haqida
ko‘proq ma’lumot olish uchun shahar ma’muriyatiga murojaat qilishingiz
mumkin.
UZ
08
O‘RNATISH
UZ
Jihozdan foydalanish maqsadi
Ushbu jihoz mahsulotlarni muzlatish va muzlatilgan
va sovutilgan mahsulotlarni saqlash uchun
mo’ljallangan.
Atrof-muhit harorati
Bu jihoz iqlim zonasiga qarab, cheklangan
diapazondagi haroratda ishlashga mo‘ljallangan.
Chegaradan ortiq haroratda jihozni ishlatmang.
Ichki haroratga jihoz o‘rnatilgan joyi, atrofmuhitdagi
harorat, eshikning qancha ochilibyopilishi
va boshqalar ta’sir ko‘rsatadi. Iqlim sinfini yorliqda
ko‘rish mumkin.
N
T
Atrof-muhit harorati
diapazoni ºC
+10 - +32
+16 - +32
+16 - +38
+16 - +43
Iqlim sinfi
Me'yordan yuqori
iqlim
O'rtacha iqlim
Subtropikal
Tropik
Notation
SN
ST
O‘lchamlar va oraliqlar
Tegishli buyumlar bilan oralig‘i juda kichkina
bo‘lsa, muzlatish samarasi pasayishi va elektr
xarajati ortishi mumkin. Jihozni o‘rnatishda har
tomondagi devordan kamida 50 mm oraliq
qoldiring.
A
DEF
B
C
Model
A
B
C
D
E
F
G
GA-*499T***
GA-*499S***
O‘lchami
595
2000
668
668
-
1045
710970
GA-*499Z***
688
648
688
1150
G
Ko‘chirish yoki tashish
paytidagi eslatmalar
• Jihoz ichidagi barcha oziq-ovqat mahsulotlarini
olib tashlang. So‘ngra, jihozning tokchalari va
eshik tutqichi kabi mo‘rt qismlarini maxsus lenta
bilan mahkamlagandan keyin jihozni tashing. Bu
talabga rioya qilmaslik jihozning shikastlanishiga
olib kelishi mumkin.
•
Elektr kabeli vilkasini rozetkadan sug‘uring,
so‘ngra uni jihoz yon tarafidagi yoki tepasidagi
elektr kabeli ilgichiga mahkamlang. Bu talabga
rioya qilmaslik elektr kabeli vilkasiga shikast
yetkazishi yoki polning tirnalishiga olib kelishi
mumkin.
•
Jihozni tashish chog‘ida ikkitadan ortiq odam
jihozni ehtiyotkorlik bilan ko‘tarishi zarur. O‘ta
vazmin bo‘lgan jihozni qo‘ldan tushirib yuborish
kishilarga tan jarohati yetkazishi yoki jihozning
buzilishiga olib kelishi mumkin.
•Jihozni uzoq masofaga tashishda uni tik holda
bo‘lishini ta’minlang. Jihoz qulab tushishi va
ishlamay qolishi mumkin. Jihozni tashishda uni
yotqizmang, chunki u qayta tik holatga
keltirilganda sovituvchi modda aylanishi izdan
chiqishi mumkin.
Oyoqchalarni rostlash
Tebranmasligi uchun jihozni tekis joylashtirish lozim.
Kerak bo‘lsa, notekis pol tufayli tekis joylashtirish
uchun tekislovchi oyoqchalarni rostlang.
Eshik yopilishi oson bo‘lishi uchun old tomoni
orqaga qaraganda balandroq bo‘lishi lozim.
Korpusni ozgina itarish orqali tekislovchi oyoqchalarini
osongina burash mumkin.
Jihozni ko‘tarish uchun tekislovchi oyoqchasini soat
yo‘nalishiga qarshi ( ) burang, pasaytirish uchun
soat yo‘nalishida ( ) burang.
O‘rnatish uchun eslatmalar
•Jihozni qattiq va tekis polga o‘rnating.
- Agar jihoz notekis polga o‘rnatiladigan bo‘lsa, bu
tebranish va shovqinni keltirib chiqaradi, buning
oqibatida jihoz qulab tushib, kishilarga tan
jarohati yetkazishi mumkin. Shuningdek, buning
oqibatida eshik yaxshi yopilmasligi va jihoz
ishlayotganda ichidan suyuqlik oqib chiqishi ham
mumkin.
- Jihozning old yoki orqa tarafi tekis turmayotgan
bo‘lsa, old oyoqlarni sozlab, uning tekisligini
ta’minlang. Jiddiy vaziyatlarda jihoz tagiga
yupqa taxta bo‘laklari qo‘yib polni tekislash
mumkin.
Jihozni issiqlik manbalari yaqinida, to‘g‘ridanto‘
•
g‘ri quyosh tushadigan yoki nam joyga
qo‘yishdan saqlaning.
Elektr kabelini (yoki vilkani) rozetkaga ulang.
•
Bitta rozetkaga boshqa jihozlarni ulamang.
09
•Rozetkaga elektr kabelini (yoki vilkani)
ulagandan so‘ng, jihoz ichiga oziq-ovqat
mahsulotlarini qo‘yish uchun ikki yoki uch soat
kuting. Agar jihoz to‘liq sovib olgunga qadar uning
ichiga oziq-ovqat mahsulotlari solinsa, ular aynib
qolishi mumkin.
Jihozni o‘rnatgandan so‘ng elektr vilkani
•
rozetkaga suqing. Jihozni ko‘chirish yoki tashlab
yuborishdan oldin vilkani rozetkadan sug‘uring.
Qurilmaning orqa plastinasining yuqori
•
burchaklaridagi cheklovchi to‘xtatgichlarni
1-rasmda ko‘rsatilgani kabi o‘rnating
To‘xtatgichlarni (2) jihoz bo‘lmasi ichidagi tortma
quti ichidan topish mumkin.
−1-rasm: To‘xtatgich (2) ni (1) qism ichiga
oxirigacha suring. Sovutgichni devor tomon
suring.
2
(1)
(1)
(3)
•
Burama mixlarni (5) chiqarib olgandan keyin
uni oldinga torting va simni (6) shikastlamagan
holda qopqoqni ko‘taring. Sim ushlagichini (7)
chiqarib oling va uni qopqoq markaziga (6)
biriktiring. Probkani (9) qopqoqning (6) qarshi
tomoniga o‘rnating.
(6)(5)
(8)
(5)
(5)
(5)
(2)
(4)
(7)
UZ
1
Eshik ochilish tomonini
o'zgartirish
Jihozingiz ochilish tomoni o‘zgartirilishi mumkin
bo‘lgan eshiklar bilan jihozlangan, ya’ni
oshxonaningiz dizayniga mos tushishi uchun
ularni chap tomonga yoki o‘ng tomonga ochish
mumkin.
TALAB QILINUVCHI ASBOBLAR:
10 mm va 6 mm gayka klyuchlari
•
• 5 mm olti burchakli gayka klyuchi
Plyusli otvertka
•
IZOH
Biroq jihozingiz eshigi ochilishini o‘zgartirmoqchi
bo‘lsangiz, xizmat ko‘rsatish markaziga qo‘ng‘iroq
qilishingiz kerak. O‘rnatish sharoiti kafolat tomonidan
qamrab olinmaydi.
Sovutgich eshiklarini teskarilashdan avval
qurilmani rozetkadan uzing va oziq-ovqat
mahsulotlari va tokchalar hamda surilma qutilar
kabi olinuvchi aksessuarlarni sovutgichdan olib
qo‘ying.
Sovutgichni polga yotqizib qo‘ymang.
Sovutgichni qismlarga ajratganda va qayta
yig‘ganda eshigini tashlab yubormaslik uchun
ehtiyot bo‘ling.
•
Burama mixlarni (1) chiqarib olish orqali
sovutgich bo‘lmasining yuqori qopqoqni (2)
chiqarib oling. Probkani (3) yuqori qopqoqning
(2) qarama-qarshi tomoniga suring. Ulovchi
kabelni (4) uzing.
(9)
•
Sim ushlagichni (8) qopqoqning (6) markaziy
qismidan tortib chiqaring va uni qopqoqning (6)
qarshi tomoniga biriktiring. Qo'rg'oshinli simlarni
(10) qopqoqning (6) qarshi tomoniga suring.
(6)
(10)
•
Yuqori ilgakni (12) burama mixlarni (11)
chiqarib olish orqali olib qo‘ying. Sovutgich
bo‘lmasi eshigini chiqarib oling; Stergenni (13)
bo‘shating va uni 6 mm li gayka klyuchi bilan
ilgakning (12) qarshi tomoniga biriktiring.
(11)
(12)
(13)
•
Markaziy eshik ilgakini (15) 5 mm li olti
burchakli klyuch bilan burama mixlarni (14)
chiqarib olish orqali bo‘shatib oling. Sovutish
bo'linmasi eshigini chiqarib oling. Probkani (16)
sovutgichning qarshi tomoniga biriktiring.
10
UZ
(15)
(16)
•
Quyi ilgakni (18) burama mixlarni (17) chiqarib
(14)
olish orqali olib qo‘ying. Sterjenni (19)
bo‘shating va uni 6 mm li gayka klyuchi bilan
ilgakning (18) qarshi tomoniga biriktiring.
Muzxona bo‘lmasining yuqori qismidagi
probkani (20) chiqarib oling va uni qarshi
tomonga o‘rnating.
(18)
(19)
(17)
•
Burama mixlarni (24) bo‘shatib olish orqali
(20)
sovutgich bo‘lmasining quyi qismidagi eshik
to‘xtatgichi (21), vtulka* (22) va eshik yopgichni
(23) chiqarib oling va ularni qarshi tomonga
mahkamlang. Bu harakatlarni muzlatgich eshigi
uchun ham takrorlang.
Quyidagi rusumlar uchun GA**499Z*
Quyidagi rusumlar uchun: GA**499Z*
•
Sovutish va muzlatish bo’linmalari (5) eshigi
mexanik ushlagichlarini (1) qopqoqni (2) olgan
holda va burama mixlarni (3) ochgan holda
yechib oling.
•
To’siqlarni olib qo’ying (4).
•
Mexanik ushlagich (1), (5) va to’siq (4)ni
qarama-qarshi tomonga teskari ketma-ketlikda
o’rnating.
(4)
(3)
(2)
(1)
(3)
(2)
(2)
(2)
(3)
(3)
(5)
(4)
Quyidagi rusumlar uchun:
GA**499T***/GA**499S***
Surgichni (1) chiqarib oling va uni rasmda
•
ko‘rsatilgani kabi qarshi tomonga joylashtiring.
(1)
(22 * )
(23)
(21)
(24)
* Vtulka(22) faqat eshikning to'liq
majmuasiga kiritilgan sovutgich kamerasining.
Quyidagi rusumlar uchun GA**499T*/GA**499S*
(22)
(23)
(21)
(24)
•
Muzlatish bo'linmasining quyi ilgagini (18), keyin
muzlatish bo'linmasi eshigi, keyin sovutish
bo'linmasining markaziy eshik ilgagini (15), keyin
yuqori eshik ilgagini (12) o‘rnating, keyin ulagich
kabelini (4) ulang, qopqoq (6) va (2) ni teskari
ketma-ketlikda o‘rnating.
11
ISHLATISH
Ishlatish
UZ
1
1
Boshqaruv paneli
Muzlatgich va sovutgich haroratini o‘rnatish.
LED chiroq
Jihoz eshigi ochilganda uning ichidagi LED chiroqlar
yonadi.
Sovutgich tokchasi
Bu yerda sovitilgan oziq-ovqatlar va boshqa narsalar
saqlanadi.
Tokchaga boshqa balandlikdagi murvatni qo‘yish
•
bilan bu tokcha balandligini o‘zgartirish mumkin.
Jihozdagi tokchalar soni uning modeliga qarab
•
o‘zgarishi mumkin.
Butilkalar tokchasi (Ixtiyoriy)
Bu uzun butilka yoki idishlardagi ichimliklar
saqlanadigan joyidr.
Taxlanuvchi tokcha (Ixtiyoriy)
Bu yerda sovitilgan oziq-ovqatlar va yuqori narsalar
saqlanadi.
Tortib chiqariluvchi sabzavotlar qutisi (Fresh Balancer)
Ixtiyoriy
Meva va sabzavotlarni uzoq muddat saqlash uchun.
2
3
4
5
6
7
11
13
Optimal harorat bo'limi (Fresh Converter)
Ixtiyoriy
Bu tortma quti meva va sabzavotlar yoki baliq va go‘shtni
saqlash uchun optimal haroratlarni ushlab turishi mumkin.
Sut mahsulotlari burchagi
Bu sariyog‘ yoki pishloq kabi sut mahsulotlari saqlanadigan
joydir.
Sovutgich eshigi savatchasi
Kichik qadoqdagi sovitilgan oziq-ovqat mahsulotlari,
ichimliklar va sous idishlari bu yerda saqlanishi
mumkin.
Tuxum lotogi
Muzlatgich tortma qutisi
Bu yerda muzlatilgan oziq-ovqat mahsuloti uzoq muddat
saqlanadi.
Eshik dastasi (Ixtiyoriy)
Sozlanuvchi oyoqchalar
8
9
10
12
IZOH
Ishlab chiqaruvchi korxona oldindan ogohlantirishsiz sovutgich tarkibiy qismlariga o‘zgartirish kiritishi mumkin.
Jihozning ko‘rinishi va uning qismlari uning modeliga qarab farqlanishi mumkin.
12
UZ
Ishlatish bo'yicha izohlar
•Yax suvga mo‘ljallangan suv chiqarish uskunasini
ichimlik suvidan boshqa ichimlikka ishlatmang.
Jihoz tokchasi yoki eshik savatchasida
•
saqlanayotgan oziq-ovqat mahsuloti bilan eshik
orasida eshik bemalol yopilishi uchun yetarli joy
bor ekanligiga ishonch hosil qiling.
Jihoz eshigi ochilishi bilan uning ichiga issiq havo
•
kirishi va bu uning ichki harorati oshib ketishiga
olib kelishi mumkin. Jihoz eshigini ko‘p ochib
yopmang
•LED-chiroq faqat uy-ro‘zg‘or jihozlarida
foydalanish uchun mo‘ljallangan, u maishiy
xonalarni yoritish uchun mo‘ljallanmagan.
Enеrgiyani tеjash bo'yicha
maslahatlar
Saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlari orasida
•
yetarli bo‘sh joy bo‘lishiga ishonch hosil qiling. Bu
sovuq havoning barobar taqsimlanishi va elektr
toki uchun xarajatlarning kamroq bo‘lishini
ta’minlaydi.
Terlash yoki muzlashning oldini olish maqsadida
•
issiq oziq-ovqatni jihozga sovitilgandan keyin
qo‘ying.
Mahsulotlarni yaxshi saqlash
Muzlatilgan yoki sovitilgan oziq-ovqat
•
mahsulotlarini zich yopiladigan idishlarda saqlang.
Jihozga oziq-ovqat mahsulotini qo‘yishdan avval
•
uning iste‘mol qilinishi mumkin bo‘lgan mudati va
yorlig‘ini (saqlash bo‘yicha ko‘rsatmalar)
tekshiring.
Agar oziq-ovqat mahsuloti past haroratda tez
•
aynib qoladigan bo‘lsa, u mahsulotni uzoq muddat
saqlamang (to‘rt haftadan ortiq).
•Agar jihozda salqinlatish bo‘lmasi mavjud bo‘lsa,
tarkibida suv miqdori ko‘p bo‘lgan mevasabzavotlarni
bunday bo‘lmalarda saqlamang,
chunki past harorat tufayli ular muzlashi mumkin.
To‘liq muzdan tushirilgan oziq-ovqat mahsulotini
•
qayta muzlatmang. To‘liq muzdan tushirilgan
oziq-ovqat mahsulotini qayta muzlatish uning
mazasi va ozuqaviylik darajasini pasaytiradi
Jihoz ichida sabzavotlarni gazetaga o‘rab
•
saqlamang. Gazetaning bo‘yog‘i yoki boshqa yot
moddalar oziq-ovqat mahsulotining bo‘yalib ketishi
va ifloslanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Jihoz ichini haddan ziyod to‘ldirib yubormang.
•
Uning ko‘pi bilan 70% qismini to‘ldiring. Agar jihoz
ichini haddan ziyod to‘ldiriladigan bo‘lsa, sovuq
havo yaxshi aylanmaydi.
Agar oziq-ovqat mahsuloti uchun juda past
•
harorat o‘rnatgan bo‘lsangiz, u muzlab qolishi
mumkin. Jihozda oziq-ovqat mahsuloti to‘g‘ri
saqlanishi uchun talab qilingan haroratdan past
haroratni o‘rnatmang.
•Issiq ovqatni qo‘yishdan avval uni soviting. Agar
jihoz ichiga kuda ko‘p issiq oziq-ovqat mahsuloti
qo‘yiladigan bo‘lsa, uning ichki harorati oshib
ketishi va jihoz ichidagi boshqa mahsulotlarga
salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Eng yuqori muzlatish quvvati
«БЫСТР.ЗАМОРОЗ.»
• Tezkor muzlatish funksiyasi muzlatgichning eng
yuqori muzlatish quvvatidan foydalanadi. Bunga
odatda 24 soatgacha ketadi, keyin avtomatik
ravishda o‘chadi. Agar maksimal muzlatish quvvati
ishlatiladigan bo‘lsa, muzxonaga yangi mahsulotlar
qo‘yilishidan yetti soat oldin Tezkor muzlatish yoqib
qo‘yilishi lozim.
•Havo aylanishi yaxshiroq bo‘lishi uchun barcha
tortmalarni joyiga qo‘ying
Elektr uzluksizligi
Elektr tarmog‘ida uzilish bo‘lsa, idoraga sim
qoqing va uzilish qanchaga cho‘zilishini so‘rang.
− O‘chiq paytida eshigini ochmaslikka harakat
qiling.
− Elektr ta’minoti tiklangach, oziq-ovqat
mahsulotlarining holatini tekshirib ko‘ring.
Sovutgich ishlash xususiyatlari
Sovutgich tashkil etuvchi qismlari harorati o’zgarishi
tufayli yoriq ovozi chiqishi mumkin. Haroratni nazorat
qiluvchi va kompressorning yoqilishiga xos ovoz
me’yor hisoblanib, jihoz ishlashida vujudga keladi.
Sovutish tizimi ichida aylanuvchi sovituvchi modda
kompressor ishlamagan holda ham baland bo’lmagan
ovoz chiqarishi mumkin. Havotir olmang, bu mutlaqo
me’yordagi holat. Sovutgich ishlashi jarayonida
quyidagilar eshitilishi mumkin:
− Kompressor ishlash ovozi;
− Ventilyator qanotlari shivirlashi;
− No Frost sovutish tizimi aylanuvchi havosi
oqimining ovozi;
− Rele ishga tushgandagi tiq etgan ovoz;
− Havo tirqishini yopuvchi moslamasini ochish
va yopishdagi uzatma ovozi;
− Sovutish tizimi quvuri ichida aylanuvchi sovituvchi
modda shivirlashi;
− Ashyodagi harorat o’zgarishlarida yengil tebranish.
Ushbu ovozlar hech qanday nuqson bilan bog’liq emas
va funksional xususiyatga egadir.
13
Boshqaruv paneli
Birliklar va funksiyalar
UZ
<1-Turi><2-Turi>
8
Регулировка температуры в
холодильном отделении/Sovutgich harorati
Регулировка температуры в
морозильном отделении/Muzlatgich harorati
Wi - Fi
Bu sovutgichni uydagi Wi-Fi tarmoqqa
•
ulanish orqali sozlaydi.
БЫСТРАЯ ЗАМОРОЗКА/
EKSPRESS MUZLATISH
Bu «БЫСТР.ЗАМОРОЗ.» (ekspress muzlatish)
•
funksiyasini o‘rnatadi.
ЭКО - РЕЖИМ/EKOLOGIK
Bu energiya sarfini kamaytirish uchun Quvvat
•
tejash rejimini boshqaradi.
ЗВУК.СИГНАЛ/SOUND.SIGNAL
Yaxshi yopilmagan eshikning ogohlantiruvchi
•
7
8
ovozli signali
Подсветка морозильного отделения/
7
Chiroq
8
БЛОКИРОВКА/QULFLASH
Bu boshqaruv panelidagi tugmalarni qulflab
•
qo‘yadi.
IZOH
Jihozdagi boshqaruv paneli uning rusumiga qarab o‘zgarishi mumkin.
14
UZ
Haroratni sozlash
• Ichki harorat o‘rnatildi.
− Muzxona: 3 °C
− Muzlatgich: -20 °C
• Haroratni sozlash uchun sovutgich tugmasini
yoki muzlatgichda tugmasini bosing.
Boshqaruv paneli
1, 2 - Turi
Izoh
Jihozni rozetkaga ulagandan so‘ng ikki yoki uch
•
soat o‘tishini kuting va so‘ng‘ra unga oziq-ovqat
mahsuloti qo'ying.
Joriy ichki harorat jihoz ichidagi oziq-ovqat
•
mahsuloti holatiga qarab o‘zgaradi, chunki
ko‘rsatilgan o‘rnatilgan harorat jihozning joriy
harorati emas, balki ko‘zlangan haroratidir.
Ekspress muzlatish funksiyasini
«БЫСТР.ЗАМОРОЗ.»
Bu funksiya ko‘p miqdordagi muz yoki muzlagan
oziq-ovqat mahsulotlarini tez muzlatish imkonini
beradi.
«БЫСТР.ЗАМОРОЗ.» tugmasi bosilganda
•
boshqaruv panelidagi «БЫСТР.ЗАМОРОЗ.»
belgisi chiroqlari yonadi.
Yaxshi yopilmagan eshikning
ogohlantiruvchi ovozli signali
•Agar sovutgich eshigi ma’lum vaqt (~1 daq.)
ochiq qolsa, har 30 soniya takrorlanuvchi ovozli
signal yoqiladi.
•Ogohlantiruvchi ovozli signalni “ЗВУК СИГНАЛ”
tugmasini qisqa bosish orqali yoqish va o’chirish
mumkin (boshqarish paneli bor 1 turdagi
rusum uchun).
IZOH
•Agar eshikni yopgandan keyin ham ogohlantiruvchi
ovozli signal chiqsa, xizmat ko’rsatish markaziga
murojaat qiling.
Блокировка/qulfni o‘rnatish va bekor
qilish
Bu boshqaruv panelidagi tugmalarni qulflab qo‘yadi.
•«Блокировка» tugmasini bosib, 3 soniya davomida
ushlab turing. «Блокировка» (qulflash) funksiyasi
o‘rnatilsa, barcha tugmalar qulflanadi.
Chiroqni o‘rnatish
(Ixtiyoriy)
Bu Muzlatgich bo‘lmasi chirog‘ini yoqadi va
•
o‘chiradi.
Chiroq tugmasini bosganingizda muzlatgich
•
bo‘lmasi chirog‘i yonadi/o‘chadi. Bu tugmani
ketma-ket bosish chiroqni butunlay yoqib qo‘yishi,
uning ravshanligini pasaytirishi va uni o‘chirib
qo‘yishi mumkin.
Muzlatish bo'linmasining eshiklari ochiq bo‘lganida
•
chiroq yoniq holda qoladi.
Bu funksiya mazkur tugmani har bosganingizda
•
navbatma-navbat o‘chib yonadi.
«БЫСТР.ЗАМОРОЗ.» funksiyasi ma’lum vaqt
•
o‘tganidan so‘ng avtomatik tarzda o‘chadi.
Ekologik rejimni o‘rnatish
«ЭКО-РЕЖИМ»
Bu funksiya sovutgich-muzlatgichni quvvat tejash
rejimida ishlaydigan qiladi, bu esa siz uzoq safarda
bo‘lganingizda foydalidir, chunki u energiya sarfini
kamaytiradi.
«ЭКО-РЕЖИМ» tugmasini bosish chiroq yoqilgan
•
holda ishlatishni boshlaydi va uni yana bosish
ishlatishni to‘xtatadi.
Ekologik rejimi yoqilgan holda boshqa tugmalar
•
ishlamaydi. Ekologik rejimdan foydalanishni
yakunlaganingizda boshqa tugmalar ishlashi
uchun uni o‘chirib qo‘ying va sovutgich o‘zining
avvalgi harorat parametriga qaytadiю
15
UZ17UZ
Muz lotogi
Muz patnisida belgilangan chiziqqacha suv
quying.
•
Faqat ichimlik suvini quying.
Agar muz patnisi toshib ketsa, muz parchalari
•
bir-biriga yopishib qoladi va chiqarib olish
qiyinlashadi.
Muzni tezda hosil qilish uchun boshqaruv
•
panelidagi «БЫСТР.ЗАМОРОЗ» tugmasini
bosing.
Muzni osongina chiqarib olish uchun patnisga
•
suv quyish, uni suvga botirish yoki bukish
mumkin.
IZOH
•Muz patnisini bukishda kuch ishlatmang,
chunki u sinib ketishi mumkin.
"Fresh Converter" yangi holda
saqlash bo‘linmasida haroratni
sozlash
(Ixtiyoriy)
"Fresh Converter" yangi holda saqlash bo‘linmasi
harorat doiraviy dastasi holatini sozlash orqali
haroratni boshqarishi mumkin va umumiy holda
uning harorati sovutgiching o‘rnatilgan haroratiga
qaraganda pastroq haroratda ushlab turiladi.
1-turi go‘sht saqlash uchun, 2-turi baliq saqlash
uchun va 3-turi sabzavotlar saqlash uchun
mo‘ljallangan.
"Fresh Balancer" sabzavotlar
tortma qutisi
(Ixtiyoriy)
Tugmani surish orqali sabzavotlar tortma
qutisidagi namlikni rostlash mumkin. Chapga
surilsa, qopqoq va patnis ochiladi, agar o‘ngga
surilsa, qopqoq va patnis yopiladi – shunda
namlik saqlanib qoladi. Sabzavotlarni (2-tur) yopiq
holda, mevalarni (1-tur) esa ochiq holda saqlagan
ma’qul.
1-turi2-turi
Taxlanuvchi shisha tokcha
(Ixtiyoriy)
•Tokchaning old yarmini tokchaning orqa yarmining
tagiga surish orqali gallon konteyneri yoki butilkalar
singari bo‘yi uzun narsalarni joylashtiring. Tokchani
to‘liq holatga qaytarish uchun polkaning old qismini
torting.
•Tokchaning old tomonini ko‘taring va uni orqa
tomoniga o‘tkazing.
Fresh Converter
Meat Fish Vegetable
1-turi2-turi3-turi
Fresh Converter
Fish
Meat
Vegetable
"Toza aylantirgich" bo‘lmasida ko‘proq
•
Fresh Converter
Fish
Meat
Vegetable
Fresh Converter
Fish
Meat
Vegetable
taomlarni saqlash uchun tortma qutini tortib
chiqaring.
Go‘sht, baliq yoki sabzavotlarni saqlash
•
uchun optimal sharoitlarni o‘rnatish uchun
doiraviy shkalani saqlanuvchi mahsulotga mos
rejimga o‘rnatish tavsiya qilinadi.
16
•Tokchaning old tomonini ko‘taring va uni orqa tomoni
tagiga o‘tkazing. Bu holatda joy bo‘shatish uchun
tokchaning har ikkala tomonidan ko‘tarish mumkin.
Izoh
Tavsiya qilingan holat:
•
Sovutgich uchun harorat: +3° С
Muzlatgich uchun harorat: -20° С
•
Toza aylantirgichdahi o‘rta holat (2-tur)
•
AQLLI FUNKSIYALAR
LG SmartThinQ ilovasidan
foydalanish
LG SmartThinQ-dan foydalanishdan
avval tekshiriladigan narsalar
• Quyidagi belgi tushirilgan jihozlar uchun
yoki
Jihoz va simsiz router (Wi-Fi tarmoq) orasidagi
1
masofani tekshiring.
•
Agar jihoz va simsiz router orasidagi masofa
juda uzoq bo‘lsa, signal kuchi pasayadi.
Ulanish uzoq vaqt talab qilishi yoki o‘rnatish
muvaffaqiyatsiz bo‘lishi mumkin.
Smartfoningizdagi Mobil internetni o‘chiring.
2
•
iPhone telefonlarida Sozlamalar → Mobil →
Mobil internet yordamida mobil internetni
o‘chiring.
Smartfoningizni simsiz routerga ulang.
3
IZOH
• Wi-Fi ulanishini tekshirish uchun boshqaruv
panelida Wi-Fi belgisi yoqilganligini ko‘ring.
• Bu jihoz faqat 2.4 GGs chastotali Wi-Fi
tarmoqlarda ishlaydi. Tarmoq chastotasini
tekshirish uchun internet-provayderingizga
murojaat qiling yoki simsiz router qo‘llanmasiga
qarang.
• LG SmartThinQ tarmoqqa ulanish muammolari
yoki tarmoqda yuzaga kelgan har qanday
nosozlik, noto‘g‘ri ishlash yoki xatolarni bartaraf
qilish uchun mo'ljallanmagan.
• Agar jihozlar Wi-Fi tarmog‘iga ulana olmasa,
muammo jihoz rauterdan uzoqda joylashganligi
sababli yuzaga kelgan bo'lishi mumkin. Wi-Fi
signalini kuchaytirish uchun Wi-Fi retranslyator
(signal kuchaytirgich) sotib oling.
• Uydagi tarmoq muhitiga qarab Wi-Fi ulanishi
o‘rnatilmasligi yoki uzilib qolishi mumkin.
• Internet ta'minotchisiga qarab, tarmoq ulanishida
muammolar yuzaga kelishi mumkin.
• Atrofdagi simsiz aloqa muhiti tufayli simsiz
tarmoq xizmati sekin ishlashi mumkin.
• Simsiz signal uzatilishida muammo bo‘lsa,
jihoz tarmoqqa ulana olmaydi. Jihozni o‘chiring
va yana urinib ko‘rishdan avval taxminan bir
daqiqa kuting.
• Agar simsiz routeringizda himoya devori yoniq
bo‘lsa, himoya devorini o‘chiring yoki uni istisnolar
ro‘yxatiga kiriting.
• Simsiz tarmoq nomi (SSID) inglizcha harflar va
raqamlar birikmasidan iborat bo‘lishi lozim.
(Maxsus belgilarni ishlatmang).
• Smartfonning foydalanuvchi interfeysi (UI)
mobil operatsion tizim (OS) va ishlab
chiqaruvchiga qarab farq qilishi mumkin.
• Agar routerning xavfsizlik protokoli WEP qilib
belgilangan bo‘lsa, tarmoqni sozlay olmasligingiz
mumkin. Uni boshqa xavfsizlik protokoliga
o‘zgartiring (WPA2 tavsiya etiladi) va jihozni yana
registratsiya qiling.
LG SmartThinQ ilovasini o'rnatish
Smartfonda Google Play Store yoki Apple App
Store do‘konlaridan LG SmartThinQ ilovasini
qidiring. Ilovani yuklab olish va o‘rnatish
ko‘rsatmalariga amal toping.
Sozlanmalar
Sovutgichda va ilovada turli parametrlarni qo‘yish
imkonini beradi.
IZOH
• Agar simsiz marshrutizator, Internet xizmati
provayderi yoki parolni o‘zgartirsangiz, ro‘yxatga
olingan jihozni LG SmartThinQ ilovasidan
o‘chiring va uni qaytadan ro‘yxatdan o‘tkazing.
• Rusumga bog'liq ravishda xususiyatlar o'zgarishi
mumkin.
• Mahsulot sifatini oshirish maqsadida
foydalanuvchiga oldindan ogohlantirishsiz ilovaga
o'zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Ochiq manba dasturi eslatmasi
Ushbu mahsulotda mavjud GPL, LGPL, MPL va
boshqa ochiq kodli litsenziyalar shartlari asosida ilk
kod haqida bilishni istasangiz,
http://opensource.lge.com veb sahifasiga tashrif
buyuring.
Ochiq turdagi kodlarga qo‘shimcha ravishda barcha
tegishli litsenziya shartlari, kafolatlarning rad
qilinishlari va mualliflik huquqlari to‘g‘risidagi
bildirishnomalarni ham yuklab olish mumkin.
LG Electronics opensource@lge.com manziliga
so‘rov yuborilgan hollarda bunday yetkazib berish
xarajatlarini (jumladan, media, jo‘natish va qayta
ishlash xarajatlari) qoplovchi to‘lov evaziga
CD-ROM orqali ham ochiq turdagi kodni yetkazib
beradi. Bu taklif mahsulotni yetkazib berilgandan
so‘ng uch yil ichida amal qiladi. Bu taklif ushbu
ma’lumotni olgan har kim uchun amal qiladi.
Loading...
+ 39 hidden pages
You need points to download manuals.
1 point = 1 manual.
You can buy points or you can get point for every manual you upload.