LG GA-B419SQJL User Manual

FOYDALANUVCHI QO'LLANMASI
SOVUTGICH VA MUZLATGICH
Sovutgichni yoqishdan avval ushbu foydalanuvchi qo'llanmasini yaxshilab o'qib
chiqing va kеlgusida foydalanish uchun saqlab qo'ying.
UZ OʻZBEKCHA RU РУССКИЙ
*AFN36881843*
AFN36881843
MFL42818351
Copyright © 2018 LG Electronics Inc. Barcha huquqlar himoyalangan.
www.lg.com
MUNDARIJA
Ushbu qo'llanmada siz xarid qilgan rusumga taalluqli bo'lmagan tasvirlar yoki tarkib bo'lishi mumkin. Ushbu qo'llanma ishlab chiqaruvchi tomonidan qayta ko'rib chiqilishi mumkin.
XAVFSIZLIK KO'RSATMALARI ................................. 04
Muhim xavfsizlik ko'rsatmalari ...................................................
04
O‘RNATISH ................................................................. 10
Jihozdan foydalanish maqsadi ................................................... 10
Iqlim darajasi .............................................................................. 10
O‘lchamlar va oraliqlar ............................................................... 10
Ko‘chirish va tashish uchun eslatmalar ...................................... 10
Oyoqchalarni rostlash ................................................................ 10
O‘rnatish uchun eslatmalar ........................................................
Eshik ochilish tomonini o'zgartirish ............................................. 11
10
ISHLATISH .................................................................. 13
Qism va funksiyalari ................................................................... 13
Ishlatish bo'yicha izohlar .............................................................. 14
Boshqaruv panelini ishlatish ....................................................... 15
Muz tayyorlash ........................................................................... 17
Taxlanuvchi shisha tokcha ......................................................... 17
AQLLI FUNKSIYALAR ................................................ 18
LG SmartThinQ ilovasidan foydalanish ....................................... 18
Ochiq manba dasturi haqida ma'lumot ........................................
LG Electronics mijozlarni qo'llab-quvvatlash markazi
orqali Smart Diagnosis™ (Aqlli tashxis) tizimi ............................
18
19
PARVARISHLASH VA XIZMAT KO‘RSATISH ........... 20
Tozalash uchun tavsiyalar .......................................................... 20
Eshik savatchasini olish va qayta o‘rnatish ................................ . 20
Shisha tokchalarni olish va qayta o‘rnatish ................................ 20
Taxlanuvchi tokchani olish va qayta o‘rnatish ............................ 21
Sabzavotlar savatini olish va qayta o‘rnatish ............................. 21
Muzlatish bo'linmasi savatini olish va qayta o‘rnatish ................ 21
NOSOZLIKLARNI TOPISH VA BARTARAF ETISH ... 22
TEXNIK XUSUSIYATLARI .......................................... 26
KAFOLAT .................................................................... 27
XAVFSIZLIK KO'RSATMALARI
Quyidagi xavfsizlik ko'rsatmalari kutilmagan xavflar hamda jihozdan ehtiyotsizlik bilan yoki noto'g'ri foydalanish oqibatida kеlib chiqadigan zararlarning oldini olishga mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalar quyida ko'rsatilganidеk “OGOHLANTIRISH” va “DIQQAT” belgilari bilan qismlarga ajratilgan.
Ushbu bеlgi xavf tug'dirishi mumkin bo'lgan holat va amallarni bildiradi. Mazkur bеlgi bilan ajratilgan qismni ehtiyotkorlik bilan o'qing va xavfning oldini olish uchun ko'rsatmalarga amal qiling.
OGOHLANTIRISH
Bu bеlgi ko'rsatmalarga amal qilmaslik jiddiy jarohat yoki o'limga sabab bo'lishi mumkinligini bildiradi.
DIQQAT
Bu bеlgi ko'rsatmalarga amal qilmaslik yengil jarohat yoki mahsulotga zarar yеtishiga sabab bo'lishi mumkinligini bildiradi.
MUHIM XAVFSIZLIK KO’RSATMALARI
UZ
OGOHLANTIRISH
Mahsulotdan foydalanish asnosida portlash, yong'in chiqish, o'lim, elеktr zarbasi yoki jarohatning oldini olish uchun asosiy ehtiyotkorlik choralariga amal qiling:
Uydagi bolalar
Ushbu jihoz jismoniy, sеzgi yoki aqliy qobiliyati chеklangan, foydalanish tajribasi va bilimi kam shaxslar (jumladan, bolalar) tomonidan foydalanish uchun mo'ljallanmagan. Agar ularning xavfsizligi uchun javobgar biror shaxs jihozdan foydalanishda ularni nazorat qilib tursa yoki ko'rsatma bеrib tursa, bunday shaxslar jihozdan foydalanishlari mumkin. Bolalarni jihoz yonida nazoratsiz qoldirmang.
04
UZ
DIQQAT
Mahsulotdan foydalanish asnosida portlash, yong'in chiqish, o'lim, elеktr zarbasi yoki jarohatning oldini olish uchun asosiy ehtiyotkorlik choralariga
amal qiling:
O'rnatish
Bu jihozni ikki yoki undan ortiq kishi mahkam ushlagan holda joyidan ko‘chirishi lozim.
Rozetka yerga to‘g‘ri uzatilganligiga, elektr kabelidagi yerga ulash mixchasi
shikastlanmaganligiga va uning elektr tarmog‘idan uzib qo‘yilmaganligiga ishonch hosil qiling. Yerga ulash bo‘yicha batafsil ma’lumot uchun LG Electronics mijozlarni qo'llab-quvvatlash markaziga murojaat qiling. Bu jihozning elektr shnuri uskunani yerga ulash simi va vilkasi bilan jihozlangan.
Barcha mahalliy qonun-qoidalarga muvofiq tarzda o‘rnatilgan va yerga ulangan rozetkadan foydalanish shart.
Agar elektr shnuri shikastlangan yoki rozetkaning teshigi bo‘shab qolgan bo‘lsa,
shnurni ishlatmang hamda vakolatli xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling. Jihozni elektr kabeli (o‘rnatilgan) bo‘lmagan ko‘p rozetkali adapterga ulamang.
Elektr kabelini almashtirmang yoki uzaytirmang.
Aslo uzaytirgich yoki juft adapterdan foydalanmang. Jihoz alohida saqlagichli alohida
elektr liniyasiga ulanishi zarur. Yerga yaxshi ulanmagan koʻp shtepselli rozetka (portativ)dan foydalanmang. Yerga
yaxshi ulangan koʻp shtepselli rozetka (portativ)dan foydalansangiz, tok yuklanishi yuqori boʻlgan koʻp shtepselli rozetkadan va faqat ushbu uy jihozi uchungina foydalaning. Ushbu xavfsizlik talabiga rioya qilmaslik tok urishi yoki koʻp shtepselli rozetkaning haddan ziyod qizishi oqibatida yongʻinga olib kelishi mumkin. Avtomatik o‘chiruvchi ishlatilganda tok oʻchirilishi mumkin.
Jihozni uning elektr kabeli tarmoqdan oson uziladigan joyga o‘rnating.
Elektr kabeli vilkasi yuqoriga yo‘nalib qolishi yoki jihozning elektr kabeli vilkasiga
tiralib qolishidan saqlaning. Jihozni qattiq va tekis polga o‘rnating.
Jihozni nam va changli joyga o‘rnatmang. Jihozni tashqariga yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh
nuri, shamol yoki yomg‘ir tegadigan, harorat muzlashgacha boradigan joylarga o‘rnatmang yoki saqlamang. Jihozni quyosh nuri to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushadigan joyga qo‘ymang va plita yoki isitkich kabi
qizdiruvchi jihozlardan chiqadigan issiqlik ta’sirida qoldirmang. Jihozni o‘rnatishda orqa tomonini ochilib qolishidan ehtiyot bo‘ling.
Jihoz eshigini o‘rnatishda yoki yechishda uning qulab ketishiga yo‘l qo‘ymang.
Jihoz eshigini o‘rnatishda yoki yechishda elektr kabelining qisilib qolishi, ezilishi yoki
shikastlanishidan ehtiyot bo‘ling. Elektr kabeli vilkasiga vilka adapteri yoki boshqa qurilmalarni ulamang.
Ishlatish
Jihozda oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashdan boshqa maqsadlarda (tibbiy yoki tajriba
materiallari saqlash yoxud yetkazib berishda) foydalanmang.
05
UZ
Suv toshib ketsa, tokdan sug‘uring va LG Electronics mijozlarni qo‘llab-quvvatlash
markaziga murojaat qiling. Qattiq momaqaldiroq yoki chaqmoq paytida yo uzoq muddat foydalanishi ko‘zda
tutilmagan holatlarda jihozning elektr kabeli vilkasini tarmoqdan uzib qo‘ying. Ho‘l qo‘lingiz bilan elektr vilkasiga yoki jihozning tugmalariga tegmang.
Elektr kabelini haddan ortiq bukmang yoki ustiga og‘ir buyum qo‘ymang.
Agar jihozning elekt qurilmalari ichiga suv kirib ketadigan bo‘lsa, elektr kabeli vilkasini
tarmoqdan uzing va LG Electronics mijozlar uchun axborot markaziga murojaat qiling. Jihozning sovuq chiqaradigan joyiga, orqa paneliga yoxud issiqlik chiquvchi panjarasiga
qo‘lingizni yoki metal buyumlarni qo‘ymang. Jihozning orqa paneliga ortiqcha kuch yoki zarba ishlatmang.
Jihoz ichiga uy hayvonlari yoki boshqa jonzotlarni solmang.
Jihoz eshigini ochish yoki yopishda atrofda yurgan bolalarga ehtiyot bo‘ling. Eshik bolaga
jarohat yetkazishi yoki shikastlashi mumkin. Bolalarning jihoz ichiga qamalib qolish xavfidan ehtiyot bo‘ling. Jihoz ichiga qamalib
qolgan bola dimiqib qolishi mumkin.
Jihoz ichiga og‘ir yoki mo‘rt buyumlarni, ichida suyuqlik bor idishlarni, yonuvchan moddalarni yoki oson alangalanuvchan buyumlarni (masalan, sham, shamchiroq va h.k.) va qizdiruvchi uskunalarni (masalan, plita, isitkich va h.k.) qo‘ymang. Agar gaz (izobutan, propan, tabiiy gaz va h.k.) chiqayotgan bo‘lsa, jihozga yoki elektr
kabeli sanchqisiga tegmang va darhol xonani shamollating. Bu jihoz sovituvchi gazdan (izobutan, R600a) foydalanadi. Garchi undagi gaz miqdori juda oz bo‘lsa-da, u baribir yonuvchandir. Jihozni tashish, o‘rnatish yoki undan foydalanish paytida undan gaz chiqsa va uchqun chiqishi kuzatilsa, bu yong‘in, portlash yoki tan jarohatlariga olib k kelishi mumkin. Jihoz yaqinida tez alangalanuvchan yoki yonuvchan moddalardan (efir, benzol, spirt,
boshqa kimyoviy moddalar, siqilgan suyuq gaz, yonuvchan aerozol, hasharotlarga qarshi purkaluvchi vosita, havo tozalagich, pardoz vositasi va h.k.) foydalanmang yoki ularni saqlamang.
Agar jihozdan g‘alati ovoz, hid yoki tutun chiqayotganini sezsangiz, darhol elektr kabeli
vilkasini tarmoqdan uzing va LG Electronics mijozlarni qo'llab-quvvatlash markaziga murojaat qiling.
Tеxnik xizmat ko'rsatish
Jihozni tozalash yoki ichki chirog‘ini (agar o‘rnatilgan bo‘lsa) almashtirishdan oldin elektr
kabelini tarmoqdan uzing. Namlik yoki changni yaxshilab tozalab tashlagandan so‘nggina elektr vilkasini rozetkaga
ulang. Jihozni tokdan uzishda elektr kabelidan tortmang. Doim vilkani mahkam ushlang va
rozetkadan to‘g‘ri yo‘nalishda tortib chiqaring. Jihozni tozalash uchun uning ichiga yoki tashqarisiga hech qachon suv yoki yonuvchan
moddalarni (tish pastasi, spirt, eritgich, benzin, oson alangalanuvchi modda, abraziv material va h.k.) purkamang.
Jihozni hech qachon dag‘al yuzali yoki metall materialdan qilingan cho‘tka, latta yoki
mochalka bilan tozalamang.
06
UZ
Faqat LG Electronics xizmat ko'rsatish markazining malakali mutaxassisigina jihozni
qismlarga ajratishi, ta’mirlashi yoki o‘zgartirishi zarur. Agar jihozni boshqa joyga ko‘chirib o‘rnatadigan bo‘lsangiz, LG Electronics mijozlarni qo'llab-quvvatlash markaziga murojaat qiling.
Jihozning ichki tomonini quritish uchun soch qurituvchi uskunadan foydalanmang va
badbo‘y islarni ketkazish uchun jihoz ichiga sham qo‘ymang.
Chiqitga chiqarish
Jihozni tashlab yuborayotganda uning tokchalarini va savatchalarini joyida qoldirgan
holda, eshik qistirmasini olib tashlang va bolalarni jihozdan uzoq tuting. Qadoq materiallari (plastik paketlar va penoplast)ni bolalardan uzoqroqda chiqitga
chiqaring. Qadoq materiallari bo‘g‘ilib qolishga sabab bo‘lishi mumkin.
Tеxnik xavfsizlik
Jihozning korpusida yoki ichki tuzilmasida o‘rnatilgan shamollatish teshiklarining tiqilib
qolishiga yo‘l qo‘ymang. Oziq-ovqat mahsulotlari tortmalarida ishlab chiqaruvchi tavsiya qilgan vositalar turiga
mos bo‘lmagan elektr jihozlarni saqlamang. Jihozda qo‘llanilgan sovituvchi modda yoki izolyatsion gazni chiqitga chiqarishda maxsus
tartib amal qiladi. Ularni chiqitga chiqarishdan avval servis markazi agenti yoki sohaning malakali ustasi bilan maslahatlashing.
Bu jihoz tarkibida oz miqdordagi izobutan sovitish vositasi (R600a) mavjud, biroq u
yonuvchan hamdir. Jihozni tashishda yoki o‘rnatishda uning sovitish sxemasiga shikast yetkazmaslik uchun ehtiyotkorlikka rioya qilish talab etiladi. Jihoz naychalaridan sovituvchi moddaning oqishi yong‘in yoki portlashni keltirib chiqarishi
mumkin. Agar shunday oqish holati yuzaga kelgan bo‘lsa, jihoz atrofida ochiq alanga yoki ehtimoliy
isitish manbalari bo‘lishiga yo‘l qo‘ymang va jihoz turgan xonani bir necha daqiqa davomida shamollating. Agar sovituvchi modda oqishi kuzatilsa, yonuvchan gazlarning havodagi aralashmasi yuzaga kelishining oldini olish uchun, jihoz foydalanilayotgan xona o‘lchamlari undagi sovituvchi modda miqdoriga mos bo‘lishi zarur. Jihoz ichidagi R600a sovituvchi moddasining har 8 grammiga xonada 1 m² joy bo‘lishi zarur.
Aynan sizning jihozingizdagi sovituvchi modda miqdori jihoz ichidagi identifikatsiya
yorlig‘ida ko‘rsatilgan. Biror shikastlanish belgisi bo‘lgan jihozni ishga tushirmang. Agar bunga shubha qilsangiz,
dileringizga murojaat qiling. Ushbu jihoz faqat uy sharoitida qo‘llash va shunday maqsadlarda foydalanish uchun
mo‘ljallangan. Undan tijorat maqsadida yoki umumiy ovqatlanish joylarida, g‘ildirakli uy yoxud kema kabi harakatlanuvchi transport vositalarida foydalanmaslik zarur. Jihoz ichida yonuvchan suyuqlikli aerozol idishlari kabi portlovchi moddalarni saqlamang.
DIQQAT
Kichik shaxsiy jarohatlarning xavfini kamaytirish, mahsulotning noto'g'ri ishlashi yoki mulkka shikast yetishining xavfini kamaytirish uchun asosiy dastlabki ehtiyot choralari ko'rilishi kеrak, jumladan, quyidagilar:
07
UZ
Ishlatish
Muzlatish bo'linmasidagi muzlagan oziq-ovqat mahsulotlari yoki uning metal qismlariga nam yoki ho‘l qo‘l bilan teginmang. Bu sovuq urishiga sabab bo‘lishi mumkin. Harorati muzlash nuqtasidan pastroq haroratga tushadigan muzlatish bo‘linmasi,
tokchalar yoki muz idishiga shisha idishlar, butilka yoki banka solmang (ayniqsa ichida gazli ichimlik bo‘lsa).
Jihoz eshigining old tomonidagi toblangan oyna yoki uning tokchalari zarba berilganda
sinishi mumkin. Agar u sinsa, uni ho‘l qo‘l bilan ushlamang, chunki bu tan jarohatiga sabab bo‘lishi mumkin. Jihoz eshiklari, kamerasi yoki tokchalariga osilmang yoki ustiga chiqmang.
Eshik savatchalarida ortiqcha miqdordagi suv idishlari yoki likopchalar uchun idishlarni
saqlamang. Savatcha buzilishi yoki qo‘lingiz uning atrofidagi joyga tegib, jarohatlanishi mumkin.
Jihoz ichida oziq-ovqat mahsulotlarini tartib bilan qo‘ying.
Uy hayvonlari elektr kabeli yoki suv chiqadigan rezina quvurni kemirishiga yo'l qo'ymang.
Jihoz eshigini ortiqcha kuch ishlatib ochib yopmang.
Agar jihoz eshigining oshiq-moshig'i shikastlangan yoki noto'g'ri ishlayotgan bo'lsa,
uni ishlatishdan to'xtating va vakolatli xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling. Jihozning sovitish sxemasiga zarar yetkazmang.
Jihoz ichiga hech qanday elektr uskunasi (isitkich yoki mobil telefoni kabilar) solmang.
Shisha tokchalar yoki qopqoqlarni sovuqligida issiq suv bilan tozalamang. Harorat birdan
o‘zgarishi tufayli ular sinishi mumkin. Muzlagan oziq-ovqat mahsulotlarini muzlatish bo‘linmasidan olinishi bilanoq iste’mol
qilmang. Jihoz eshigini ochib yopganda qo‘l yoki oyog‘ingiz qisilib qolmasligiga ishonch hosil qiling.
Shisha idishlarni muzlatish bo’linmasiga, harorat noldan past bo’luvchi tokcha yoki muz
hosil qiluvchi idishga joylashtirmang.
Xizmat ko‘rsatish
Tokchalarni to’nkarilgan holatda joylashtirmang. Tokchalar tushib ketishi va jarohatga sabab bo’lishi mumkin.
Uzoq muddatga elektr energiya tarmog’idan uzishdan oldin muzlatish bo’linmasidagi muz hosil qilish idishidan muzni olib qo’ying.
Saqlash
Jihozni xonadan tashqarida yoki ob-havo sharoitlari (to’g’ridan-to’g’ri quyosh nurlari, shamol, yomg’ir yoki noldan past havo harorati) to’g’ridan-to’g’ri ta’siri ostida saqlamang.
Tashish
Jihozni tashish har qanday transport vositasi orqali tegishli transport tashish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Tashish jarohatlanishga yo’l qo’yilmaydigan shart-sharoitda amalga oshirilishi lozim.
Yuklarni ortish va tushirish jarayonlarida mahsulotni zararli ta’sirga duchor qilish
taqiqlanadi.
Sotish
Mahsulotni sotish sotuvga chiqariladigan mamlakatning joriy qonunlari bilan belgilangan qoidalariga ko’ra amalga oshiriladi.
08
Chiqitga chiqarish
Chiqindi savati ustida chizilgan belgi ishlatilgan elektr va elektron jihozlar
(WEEE)ni maishiy chiqindidan alohida chiqitga chiqarish lozimligini bildiradi. Eski elektr va elektron jihozlar xavfli moddalarga ega bo’lishi mumkin,
shuning uchun eski jihozning to’g’ri chiqitga chiqarilishi atrof-muhit va inson salomatligiga xavf soluvchi salbiy oqibatlarning oldini oladi. Eskirgan qurilma tarkibida boshqa mahsulotlarni ta’mirlash ushun foydalaniladigan takroriy qo‘llanish qismlari va cheklangan resurslarni unumlash maqsadida qayta ishlanadigan qimmatbaho ashyolar bo‘lishi mumkin. Jihozingizni xarid qilgan do‘konga olib borishingiz yoki chiqitga
chiqariladigan eski qurilmalarni qabul qiluvchi eng yaqin punkt haqida ko‘proq ma’lumot olish uchun shahar ma’muriyatiga murojaat qilishingiz mumkin.
UZ
09
O‘RNATISH
UZ
Jihozdan foydalanish maqsadi
Ushbu jihoz mahsulotlarni muzlatish va muzlatilgan va sovutilgan mahsulotlarni saqlash uchun mo’ljallangan.
Atrof-muhit harorati
Bu jihoz iqlim zonasiga qarab, cheklangan diapazondagi haroratda ishlashga mo‘ljallangan. Chegaradan ortiq haroratda jihozni ishlatmang. Ichki haroratga jihoz o‘rnatilgan joyi, atrof-muhitdagi harorat, eshikning qancha ochilib-yopilishi va boshqalar ta’sir ko‘rsatadi. Iqlim sinfini yorliqda ko‘rish mumkin.
N
T
Atrof-muhit harorati diapazoni ºC
+10 - +32
+16 - +32
+16 - +38
+16 - +43
Iqlim sinfi
Me'yordan yuqori iqlim
O'rtacha iqlim
Subtropikal
Tropik
Belgilanishi
SN
ST
O‘lchamlar va oraliqlar
Tegishli buyumlar bilan oralig‘i juda kichkina bo‘lsa, muzlatish samarasi pasayishi va elektr xarajati ortishi mumkin. Jihozni o‘rnatishda har tomondagi devordan kamida 50 mm oraliq qoldiring.
A
Ko‘chirish yoki tashish paytidagi eslatmalar
• Jihoz ichidagi barcha oziq-ovqat mahsulotlarini olib tashlang. So‘ngra, jihozning tokchalari va eshik tutqichi kabi mo‘rt qismlarini maxsus tasma bilan mahkamlagandan keyin jihozni tashing. Bu talabga rioya qilmaslik jihozning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
Elektr kabeli vilkasini rozetkadan sug‘uring, so‘ngra uni jihoz yon tarafidagi yoki tepasidagi elektr kabeli ilgichiga mahkamlang. Bu talabga rioya qilmaslik elektr kabeli vilkasiga shikast yetkazishi yoki polning tirnalishiga olib kelishi mumkin.
Jihozni tashish chog‘ida ikkitadan ortiq odam jihozni ehtiyotkorlik bilan ko‘tarishi zarur. O‘ta vazmin bo‘lgan jihozni qo‘ldan tushirib yuborish kishilarga tan jarohati yetkazishi yoki jihozning buzilishiga olib kelishi mumkin.
•Jihozni uzoq masofaga tashishda uni tik holda bo‘lishini ta’minlang. Jihoz qulab tushishi va ishlamay qolishi mumkin. Jihozni tashishda uni yotqizmang, chunki u qayta tik holatga keltirilganda sovituvchi modda aylanishi izdan chiqishi mumkin.
Oyoqchalarni rostlash
Tebranmasligi uchun jihozni tekis joylashtirish lozim. Kerak bo‘lsa, notekis pol tufayli tekis joylashtirish uchun tekislovchi oyoqchalarni rostlang. Eshik yopilishi oson bo‘lishi uchun old tomoni orqaga qaraganda balandroq bo‘lishi lozim. Korpusni ozgina itarish orqali tekislovchi oyoqchalarini osongina burash mumkin. Jihozni ko‘tarish uchun tekislovchi oyoqchasini soat yo‘nalishiga qarshi ( ) burang, pasaytirish uchun soat yo‘nalishida ( ) burang.
B
C
Rusum
10
DEF
G
GA-*389S**Z GA-*379S**L GA-*429S**Z GA-*419S**L
O‘lchami
A
B
C D
E
F
G
1737 643 655 643 655 643 655 643 655
595
1907
-
1010
900
O‘rnatish uchun eslatmalar
Qurilmaning orqa plastinasining yuqori
burchaklaridagi cheklovchi to‘xtatgichlarni 1-rasmda ko‘rsatilgani kabi o‘rnating. To‘xtatgichlarni jihoz bo‘lmasi ichidagi tortma quti ichidan topish mumkin.
IZOH
Cheklovchi to‘xtatgichlar sovutgich ishlash samaradorligi uchun o‘rnatilishi kerak.
Rasm 1. Cheklovchi to‘xtatgichlarni o‘rnatish
UZ
•Sovutgich doim ishlaydigan jihoz bo‘lib, o‘ziga xos ovoz chiqaradi, shuning uchun uni dam olish yoki uxlash xonalarida o‘rnatish tavsiya etilmaydi.
Sovutgich orqasida joylashgan yorliqlarni olib
tashlamang. Ular texnologik ochiq joylarni yopib bezak vazifasini bajaradi.
Sovutgichni ishlatishdan avval uni yaxshilab yuving.
Eshik zichlagichi va eshik ilgaklari tomonidan korpus old qismidagi silikonli surtmani yuvib tashlamang. Surtma eshikni yopishda zichlagich buzilishining oldini oladi.
Ayrim rusumlar (metal rang) tokchalari old qismida
shaffof himoya qoplam mavjud, ishlatishdan oldin uni olib tashlash tavsiya etiladi.
Sovutgichni issiqlik manbai yaqiniga,
to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlari tushadigan va nam joyga qo‘ymang.
Yo‘riqnomada belgilangan elektr toki kuchlanishi
sizning uyingiz tarmoq sozlanmalariga to‘g‘ri kelishiga ishonch hosil qiling. Quvvat kabelini rozetkaga ulang. Shu rozetkaga boshqa elektr jihozlarini ulamang.
Sovutgichni birinchi marta o‘rnatganingizda ichida
ishlash harorati o‘rnatilgunicha 2-3 soat ishlasin. Shundan so‘ng uni sarxil yoki muzlatilgan mahsulotlar bilan to‘ldiring. Sovutgichni tarmoqdan o‘chirgandan so‘ng kamida 5 daqiqadan so‘ng yoqish zarur.
Sovutgich yon tomonini xona devoriga qaratib
qo‘ysangiz, tokcha va qutilarni olish imkonini ta'minlash maqsadida eshiklarini 90 gradusdan ko‘proq darajada ochish uchun yetarlicha joy bilan ta'minlang.
Sovutgich quriladigan emas. Havoning aylanishi
va elektr ta'minotining kamayishi uchun tepasidan, orqasidan va yon tomonlaridan kamida 5 sm bo‘sh joy bo‘lishi kerak.
Eshik ochilish tomonini o'zgartirish
(faqat GA-*389S**Z va GA-*429S**Z rusumlari uchun)
Sovutgich ochilish tomoni o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan eshiklar bilan jihozlangan, ya’ni oshxonaningiz dizayniga mos tushishi uchun ularni chap yoki o‘ng tomonga ochish mumkin.
IZOH
Jihozingiz eshigi ochilishini o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, xizmat ko‘tsatuvchi mutaxassisni chaqirish kerak. O‘rnatish vazifasi kafolat tomonidan qamrab olinmaydi. Sovutgich eshiklarini teskarilashdan avval qurilmani rozetkadan uzing va oziq-ovqat mahsulotlari va tokchalar hamda tortma qutilar kabi olinuvchi qo‘shimcha moslamalarni sovutgichdan olib qo‘ying. Sovutgichni polga yotqizib qo‘ymang. Sovutgichni qismlarga ajratganda va qayta yig‘ganda eshigini tashlab yubormaslik uchun ehtiyot bo‘ling.
Ilgak qopqog‘i (1)ni olib qo‘ying va ulanish kabeli (5)ni o‘chiring (2-turdagi boshqaruv paneliga ega rusumlar uchun).
Yuqori ilgakni mahkamlaydigan boltlar (3)ni oching,
O‘rta ilgak (17)dan eshikni ehtiyotkorlik bilan yeching.
Qopqoq (8)ni yeching.
(1)
(3)
(4)
(8)
(А)
Eshik yuqori qopqog‘i (7)ni yeching (Boshqaruv
panelli eshik qarama-qarshi tomonidagi ochilishga ega rusumlar uchun)
Eshik yuqori qopqog‘i (7)ni joyiga o‘rnating.
Sovutish bo‘linmasi (A) eshigidan plastik quvurchani
oling.
Sovutgich eshigi ostida joylashtirilgan vint (10)ni oching va eshik tayanchi (9)ni qarama-qarshi tomonga joylashtiring.
Vint (10)ni burab yoping.
Plastik quvurchalar (6) va (14)ni qarama-qarshi
tomonga joylashtiring.
(14)
(7)
3-turdagi boshqaruv paneli uchun
(5)
(5)
TALAB QILINUVCHI ASBOBLAR:
10 mmli gayka kaliti va 6 mmli boshga
ega L simon kaliti
5 mmli olti burchakli gayka kaliti
Plyusli, yassi otvertka
(А)
(9)
(10)
(6)
11
UZ
Yassi otvertka vositasida old panel (11)dan
qopqoqlar (12)ni bosing va ajratib oling hamda vintlar (13)ni oching, kabel (15)larni qarama-qarshi joyiga o‘zgartiring.
Panel joyi (11)ga o‘rnatgandan so‘ng, vintlar
(13)ni burang va ular boshchasini qopqoqlari (12) bilan yoping.
(15)
(8)
(11)
(12)
(13)
5 mmli olti burchakli kalit bilan o‘rta ilgak (17)
burama mixlari (16)ni oching, o‘rta ilgakni yeching va muzlatish bo‘linmasi eshigi (B)ni yechish uchun ko‘taring.
Qopqoq (18)ni yeching va yechilgan old ilgak
o‘rniga o‘rnating.
(17)
(16)
(18)
6 mmli boshchaga ega L simon kalit bilan
pastki ilgak (20) sterjeni (19)ni soat miliga qarshi burab oching va qarama-qarshi ochilgan joyga burab kiriting.
Sovutgich korpusidagi quyi ilgak va burama mix (22)ni mahkamlab turgan boltlarni oching.
Muzlatish bo‘linmasi eshigining tiraladigan
joyi (23)dagi mahkamlaydigan vintni oching.
Yuqori qopqoqni (24) qarama-qarshi
tomonga o‘rnating.
Himoya yorlig‘i (25)ni oling va qarama-qarshi
tomondagi ochilgan joyga yopishtiring.
(24)
(23)
(В)
(9)
(10)
(25)
(22)
(19)
(20)
(19)
(21)
Muzlatish bo‘linmasi eshigining tiraladigan
joyidagi mahkamlaydigan vint (10)ni oching, tirkama (9)ni qarama-qarshi tomonga maxsus belgilangan joyga joylashtiring va mahkamlang.
Tiraladigan joy (23)ni qarama-qarshi tomondagi
maxsus joyga iling va mahkamlang.
(16)
(17)
(В)
(20)
(9)
Korpus qarama-qarshi tomonida joylashgan
ochilgan joyga yechilgan quyi ilgakni (20) qo‘ying va burama mixlar (21) bilan mahkamlang.
Buraqma mix (22)ni korpusga qarama-qarshi
tomondan burang.
Muzlatish bo‘linmasi eshigini pastki ilgak
o֥‘qiga joylashtiring.
Yechilgan o‘rta ilgak (17)ni o‘qini tashqariga
qaratib o‘giring va burama mix (16)lar bilan mahkamlang (burama mixlarni eshikga shikast yetkazmaydigan qilib ehtiyotkorona mahkamlash kerak).
(27)
(3)
(26)
Sovutish bo‘linmasi eshigini tashqi qismi ochiq
(28)
(5)
joyi bilan o‘rta ilgak o‘qini moslashtirish orqali o‘rnating.
Sovutish bo‘linmasi eshigining muvofiq
tepasidagi ochiq joyga o‘qini joylashtirish orqali yuqori ilgakni o‘rnating.
Kabel ulash joylarini ulang (5) (3, 4- turdagi boshqaruv paneliga ega rusumlar uchun).
Burama mixlar (3) yordamida yuqori ilgak (26)ni
mahkamlang. Yuqori ilgak (27) chap qopqog'ini o‘rnating.
Qopqoq (28)ni o‘rnating.
Qismlar (26), (27), (28) sovutgich to‘plami
bilan birga taqdim etiladi.
12
ISHLATISH
Qismlari va funksiyalari
UZ
1
1
Boshqaruv paneli
Muzlatgich va sovutgich haroratini sozlash.
LED chiroq
Jihoz eshigi ochilganda uning ichidagi LED chiroqlar yonadi.
Sovutgich olinadigan tokchalari
Sovutilgan mahsulotlarni saqlash uchun.
Tokchaga boshqa balandlikdagi murvatni
qo‘yish bilan bu tokcha balandligini o‘zgartirish mumkin.
Jihozdagi tokchalar soni uning rusumiga
qarab o‘zgarishi mumkin.
Taxlanadigan shisha tokcha *
Sovutilgan mahsulotlarni saqlash uchun.
Tortib chiqariluvchi sabzavotlar savati
Meva va sabzavotlarni uzoq vaqt saqlash uchun.
2
3
4
5
Kattalashtirilgan eshik savati *
Sut mahsulotlari va souslarni saqlash uchun.
Sut mahsulotlarini saqlash bo‘limi *
Pishloq yoki sariyog‘ni saqlash uchun.
Eshik savati
Ichimlik, sous, ovqat uchun konteynerlarni saqlash uchun.
•Savatlar asl o‘lchami rusumlarda farq qilishi mumkin
Tuxumlar uchun idish (1 dona)
Muzlatish bo‘linmasi tortma savatlari (4 dona)
Muzlatilgan mahsulotlarni uzoq muddat saqlash uchun.
Sozlanadgan oyoqcha (2 dona)
*
Hamma rusumlar to‘plamiga kirmaydi.
IZOH
Muzlatish bo‘linmasi yuqori bo‘limi "ikkita yulduz"li bo‘lib, undagi harorat -12 gradusdan oshmaydi.
Agar qaysidir qismlar sizning sovutgichingizda mavjud bo‘lmasa, ular boshqa rusumdagi sovutgichlar to‘plamiga kiritilgan bo‘lishi mumkin.
Ishlab chiqaruvchi korxona oldindan ogohlantirishsiz sovutgich tarkibiy qismlariga o‘zgartirish kiritishi mumkin.
13
UZ
Ishlatish bo'yicha izohlar
•Yax suvga mo‘ljallangan suv chiqarish uskunasini ichimlik suvidan boshqa ichimlikka ishlatmang. Jihoz tokchasi yoki eshik savatchasida
saqlanayotgan oziq-ovqat mahsuloti bilan eshik orasida eshik bemalol yopilishi uchun yetarli joy bor ekanligiga ishonch hosil qiling.
Jihoz eshigi ochilishi bilan uning ichiga issiq havo
kirishi va bu uning ichki harorati oshib ketishiga olib kelishi mumkin. Jihoz eshigini ko‘p ochib yopmang
•LED-chiroq faqat uy-ro‘zg‘or jihozlarida foydalanish uchun mo‘ljallangan, u maishiy xonalarni yoritish uchun mo‘ljallanmagan.
Enеrgiyani tеjash bo'yicha
maslahatlar
Saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlari orasida
yetarli bo‘sh joy bo‘lishiga ishonch hosil qiling. Bu sovuq havoning barobar taqsimlanishi va elektr toki uchun xarajatlarning kamroq bo‘lishini ta’minlaydi. Terlash yoki muzlashning oldini olish maqsadida
issiq oziq-ovqatni jihozga sovitilgandan keyin qo‘ying.
Mahsulotlarni yaxshi saqlash
Muzlatilgan yoki sovitilgan oziq-ovqat
mahsulotlarini zich yopiladigan idishlarda saqlang. Jihozga oziq-ovqat mahsulotini qo‘yishdan avval
uning iste‘mol qilinishi mumkin bo‘lgan muddati va yorlig‘ini (saqlash bo‘yicha ko‘rsatmalar) tekshiring. Agar oziq-ovqat mahsuloti past haroratda tez
aynib qoladigan bo‘lsa, u mahsulotni uzoq muddat saqlamang (to‘rt haftadan ortiq).
•Agar jihozda salqinlatish bo‘linmasi mavjud bo‘lsa, tarkibida suv miqdori ko‘p bo‘lgan meva-sabzavotlarni bunday bo‘linmalarda saqlamang, chunki past harorat tufayli ular muzlashi mumkin. To‘liq muzdan tushirilgan oziq-ovqat mahsulotini
qayta muzlatmang. To‘liq muzdan tushirilgan oziq-ovqat mahsulotini qayta muzlatish uning mazasi va ozuqaviylik darajasini pasaytiradi. Jihoz ichida sabzavotlarni gazetaga o‘rab
saqlamang. Gazetaning bo‘yog‘i yoki boshqa yot moddalar oziq-ovqat mahsulotining bo‘yalib ketishi va ifloslanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Jihoz ichini haddan ziyod to‘ldirib yubormang.
Uning ko‘pi bilan 70% qismini to‘ldiring. Agar jihoz ichi haddan ziyod to‘ldiriladigan bo‘lsa, sovuq havo yaxshi aylanmaydi. Agar oziq-ovqat mahsuloti uchun juda past
harorat o‘rnatgan bo‘lsangiz, u muzlab qolishi mumkin. Jihozda oziq-ovqat mahsuloti to‘g‘ri saqlanishi uchun talab qilingan haroratdan past haroratni o‘rnatmang.
•Issiq ovqatni qo‘yishdan avval uni soviting. Agar jihoz ichiga juda ko‘p issiq oziq-ovqat mahsuloti qo‘yiladigan bo‘lsa, uning ichki harorati oshib ketishi va jihoz ichidagi boshqa mahsulotlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Eng yuqori muzlatish quvvati «БЫСТР.ЗАМОРОЗ.»
Tezkor muzlatish funksiyasi muzlatgichning eng yuqori muzlatish quvvatidan foydalanadi. Bunga odatda 24 soatgacha ketadi, keyin avtomatik ravishda o‘chadi. Agar maksimal muzlatish quvvati ishlatiladigan bo‘lsa, muzlatish bo‘linmasiga yangi mahsulotlar qo‘yilishidan yetti soat oldin Tezkor muzlatish yoqib qo‘yilishi lozim.
•Havo aylanishi yaxshiroq bo‘lishi uchun barcha tortmalarni joyiga qo‘ying.
Elektr uzluksizligi
Elektr tarmog‘ida uzilish bo‘lsa, idoraga sim qoqing va uzilish qanchaga cho‘zilishini so‘rang.
− O‘chiq paytida eshigini ochmaslikka harakat
qiling.
− Elektr ta’minoti tiklangach, oziq-ovqat
mahsulotlarining holatini tekshirib ko‘ring.
Sovutgich ishlash xususiyatlari
Sovutgich tashkil etuvchi qismlari harorati o’zgarishi tufayli yoriq ovozi chiqishi mumkin. Haroratni nazorat qiluvchi va kompressorning yoqilishiga xos ovoz me’yor hisoblanib, jihoz ishlashida vujudga keladi. Sovutish tizimi ichida aylanuvchi sovituvchi modda kompressor ishlamagan holda ham baland bo’lmagan ovoz chiqarishi mumkin. Havotir olmang, bu mutlaqo me’yordagi holat. Sovutgich ishlashi jarayonida quyidagilar eshitilishi mumkin:
− Kompressor ishlash ovozi;
− Ventilyator qanotlari shivirlashi;
− No Frost sovutish tizimi aylanuvchi havosi oqimining ovozi;
− Rele ishga tushgandagi tiq etgan ovoz;
− Havo tirqishini yopuvchi moslamasini ochish va yopishdagi uzatma ovozi;
− Sovutish tizimi quvuri ichida aylanuvchi sovituvchi modda shivirlashi;
− Ashyodagi harorat o’zgarishlarida yengil tebranish.
Ushbu ovozlar hech qanday nuqson bilan bog’liq emas va funksional xususiyatga egadir.
14
Boshqaruv panelini ishlatish
Turlari va funksiyalari
<1-turi>
<2-turi>
<3-turi> <4-turi>
UZ
7
Sovutgich haroratini sozlash / FRIDGE
Muzlatgich haroratini sozlash /
FREEZER
Wi - Fi
Sovutgichni uydagi Wi-Fi tarmoqqa
ulash funksiyasi
БЫСТРАЯ ЗАМОРОЗКА
Bu «БЫСТР.ЗАМОРОЗ.» (tez muzlatish)
funksiyasini yoqadi. / Express Freeze / EXPRESS FRZ.»
7
3SEC
8
7SECS
ЭКО - РЕЖИМ / EKOLOGIK REJIM
Bu energiya sarfini kamaytirish uchun Quvvat
tejash rejimini boshqaradi.
ЗВУК.СИГНАЛ / ESHIK OVOZLI SIGNALI
Yaxshi yopilmagan eshikning ogohlantiruvchi
ovozli signali
БЛОКИРОВКА / QULFLASH
7
Bu boshqaruv panelidagi tugmalarni qulflab
qo‘yadi.
YOQISH / O‘CHIRISH
8
Sovutgich yoqish/o‘chirish tugmasi.
IZOH
Jihoz tashqi ko‘rinishi yoki tarkibiy qismlari turli rusumlarda farq qilishi mumkin.
15
UZ
Haroratni sozlash
Sovutish va muzlatish bo‘linmalarida birlamchi harorat muvofiq ravishda 3 °C va -20°Cni tashkil etadi.
Hoxish bo‘yicha boshqaruv panelida haroratni sozlash tugmasiga bosib uni o‘zgartirish mumkin.
1, 3-turdagi boshqaruv paneli
2, 4- turdagi boshqaruv paneli
IZOH
•Jihozni rozetkaga ulagandan so‘ng ishlash harorati o‘rnatilguniga qadar ikki yoki uch soat o‘tishini kuting va so‘ng unga sarxil yoki muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlarini qo'ying.
•Boshqaruv panelidagi joriy harorat maqsadlidir, chunki jihoz ichidagi oziq-ovqat mahsuloti holati hamda eshiklari tez-tez ochilib-yopilishi kabi omillar ta'siriga qarab o‘zgaradi. Sovutgichni yoqgandan keyin belgilangan rejimga 2-3 kun o‘tgandan keyin o‘tadi.
Ekologik rejimni o‘rnatish
«ЭКО-РЕЖИМ / ECO FRIENDLY»
Bu funksiya quvvat tejash rejimini yoqadi bu esa siz uzoq safarda bo‘lganingizda qulaydir.
•«ЭКО-РЕЖИМ/ECO FRIENDLY» tugmasini bosgandan
keyin boshqaruv panelida «ЭКО-РЕЖИМ / ECO FRIENDLY» belgisi chirog‘i yoqiladi.
Bu funksiya mazkur tugmani har bosganingizda
o‘chib-yonadi.
Yaxshi yopilmagan eshik ogohlantiruvchi ovozli signali
(barcha rusumlarda ham mavjud emas)
•Agar sovutgich eshigi ma’lum vaqt (~1 daq.) ochiq qolsa, har 30 soniya takrorlanuvchi ovozli signal yoqiladi.
•Ogohlantiruvchi ovozli signalni “ЗВУК. СИГНАЛ / DOOR ALARM tugmasini qisqa bosish orqali yoqish va o’chirish mumkin (hamma rusumlarda ham mavjud emas).
IZOH
•Agar eshikni yopgandan keyin ham ogohlantiruvchi ovozli signal chiqsa, xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling.
Tez muzlatish rejimi
Bu funksiya ko‘p miqdordagi muz yoki muzlagan oziq-ovqat mahsulotlarini tez muzlatish imkonini beradi.
«БЫСТР.ЗАМОРОЗ./Express Freeze/
EXPRESS FRZ.» tugmasi bosilganda boshqaruv panelidagi «БЫСТР.ЗАМОРОЗ.»
belgisi chirog‘i yonadi.
Bu funksiya mazkur tugmani har bosganingizda
o‘chib-yonadi.
«БЫСТР.ЗАМОРОЗ.» funksiyasi ma’lum vaqt
o‘tganidan so‘ng avtomatik tarzda o‘chadi va sovutgich ilgari o‘rnatilgan harorat rejimiga o‘tadi.
16
БЛОКИРОВКА / QULFLASH
(barcha rusumlarda ham mavjud emas)
Bu boshqaruv panelidagi barcha tugmalarni qulflab qo‘yadi.
•Sovutgich boshqaruv panelini qulflash uchun
"БЛОКИРОВКА / CHILD LOCK") tugmasini bosing
va 3 soniya ushlab turing.
Yoqish / O‘chirish
(barcha rusumlarda ham mavjud emas)
«ВКЛ/ВЫКЛ» tugmasini ketma-ket bosganda sovutgich
yoqiladi va o‘chiriladi. Sovutgichni o‘chirish uchun
«ВКЛ/ВЫКЛ» tugmasini bosing va 7 soniya ushlab
turing. Sovutgichni yoqish uchun ushbu tugmani qisqa muddatga bosing.
UZ
Idishni muz hosil qilish uchun ishlatish
Muz uchun idishni chegara chizig‘igacha suv bilan to‘ldiring.
Faqat ichimlik suvini ishlating.
Agar muz idishi toshib ketsa, muz parchalari
bir-biriga yopishib qoladi va chiqarib olish qiyinlashadi.
Muzni tezda hosil qilish uchun boshqaruv
panelidagi «БЫСТР.ЗАМОРОЗ» tugmasini
bosing. Muzni osongina chiqarib olish uchun idishga
suv quyish, uni suvga botirish yoki har tomonga yengil bukish orqali amalga oshirish mumkin.
•Ushbu holatda ko‘proq joy bo‘shatish uchun tokcha ikkita yarmini ko‘tarib qo‘yish mumkin.
Tokchani to‘liq holatga qaytarish uchun tokchaning
ikkita yarmini pastga tushirib, quyi yarmini o‘zingizga qarab tortish mumkin.
DIQQAT
•Muz idishini bukishda kuch ishlatmang, aks holda u sinib ketishi mumkin.
Taxlanadigan shisha tokcha
(hamma rusumda ham mavjud emas)
Tokchaning old yarmini tokchaning orqa yarmining
tagiga surish orqali baland shisha idishlar singari bo‘yi uzun mahsulotlarni joylashtiring.
17
Loading...
+ 39 hidden pages