The brands Ariston, Hotpoint Ariston and Hotpoint differ by sales territory.
16
17
FOYDALANISH MO‘LJALLANGAN MAQSAD
Bu kir yuvish mashinasi faqat uy sharoitida muayyan
miqdordagi, kir yuvish mashinasida yuvsa bo‘ladigan
kirlarni yuvish uchun mo‘ljallangan.
• Kir yuvish mashinasidan foydalanayotganda
Foydalanish qo‘llanmasi va Dasturlar jadvalida
berilgan ko‘rsatmalarga amal qiling
• Ushbu Foydalanish qo‘llanmasi va Dasturlar
jadvalini saqlab qo‘ying; agar kir yuvish
mashinasida boshqa birovga beradigan bo‘lsangiz
holda unga ushbu Foydalanish qo‘llanmasi va
Dasturlar jadvalini ham bering.
XAVFSIZLIKKA OID VA UMUMIY TAVSIYALAR
1. Xavfsizlikka oid ko‘rsatmalar
• Bu kir yuvish mashinasi faqat
ichkarida foydalanish uchun
mo‘ljallangan.
• Yonuvchan suyuqliklarni jihoz
oldiga qo‘ymang.
• Elektr jihozlarni kir yuvish
mashinasi ustiga qo‘ymang.
• Bolalarni jihoz oldida nazoratsiz
qoldirmang.
• 3 yoshdan kichik bolalarni kir
yuvish mashinasidan uzoq
tuting yoki ularni mashina oldida
nazoratsiz qoldirmang.
• Bu kir yuvish mashinasi 8
yoshdan katta bolalar hamda
jismoniy, sezgi yoki aqliy
qobiliyati past, jihozdan
foydalanish bo‘yicha bilim va
tajribasi kam odamlar tomonidan
ishlatilayotganda ularni kimdir
nazorat qilib turishi yoki undan
foydalanish oqibatida kelib
chiqishi mumkin bo‘lgan xavfxatarlar haqida xabardor
bo‘lishlari uchun ularga jihozdan
xavfsiz foydalanish bo‘yicha
ko‘rsatma berib turilishi lozim.
Bolalarga kir yuvish mashinasi
bilan o‘ynashiga ruxsat bermang.
Kir yuvish mashinasida ustida
texnik xizmat ko‘rsatish ishlari
nazoratsiz qolgan bolalar
tomonidan bajarilmasligi lozim.
• Jihozning ustki qopqog‘ini kuch
bilan ochishga urinmang.
• Agar zarur bo‘lsa, elektr kabelini
Sotuvdan keyingi xizmat
ko‘rsatish markazidan sotib
olingan boshqa bir xil kabelga
almashtirish mumkin. Elektr
kabelini malakali texnik xodim
almashtirishi lozim.
• Jihozni tozalash yoki texnik
xizmat ko‘rsatishdan oldin kir
yuvish mashinasini o‘chirib
qo‘ying yoki uni elektr tokidan
uzib qo‘ying.
• Kir yuvish mashinasi tubidagi
havo aylanishi teshiklari qalin
gilam bilan to‘silib qolmasligi
lozim.
2. Jihoz o‘rami
• Jihoz o‘rami 100% qayta ishlanadigan materiallardan
tayyorlangan va unga bu haqda maxsus belgi
tushirilgan . O‘ram materiallarini chiqitga
chiqarishda mahalliy tartib-qoidalarga amal qiling.
3. Jihoz o‘ramiz va eski kir yuvish
mashinalarini chiqitga chiqarish
• Bu jihozga Yevropa Ittifoqining Elektr va elektron
qurilmalarni chiqitga chiqarish (WEEE) to‘g‘risidagi
2002/96/EC sonli direktivasiga muvofiq belgi
qo‘yilgan. Bu jihozni chiqitga chiqarishda o‘rnatilgan
tartib-qoidalarga amal qilish orqali siz atrof-muhit va
inson salomatligiga yetishi mumkin bo‘lgan salbiy
oqibatlarning oldini olgan bo‘lasiz.
• Jihozdagi yoki u bilan birga kelgan hujjatlardagi
belgisi ushbu jihozni maishiy chiqindiga aralashtirib
bo‘lmasligini bildiradi. Aksincha, uni elektr va elektron
qurilmalarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan
chiqindi yig‘ish joylariga topshirish lozim. Jihozni
chiqitga chiqarishda atrof-muhitni himoyalashga oid
mahalliy tartib-qoidalarga amal qilinishi lozim. Ushbu
jihozni chiqitga chiqarish, qayta tiklash va qayta
ishlash haqida batafsil ma’lumot olish uchun mahalliy
idora, maishiy chiqindilarni chiqitga chiqarish xizmati
yoki jihoz sotib olingan do‘konga murojaat qiling.
• Bu kir yuvish mashinasi qayta ishlanadigan
materiallardan ishlab chiqarilgan. Uni chiqitga
chiqarishda chiqindilarni chiqitga chiqarishga oid
mahalliy tartib-qoidalarga amal qilinishi lozim.
• Chiqitga chiqarishdan oldin kir yuvish mashinasidagi
barcha kir yuvish vositasi qoldiqlarini tozalab tashlang
hamda mashinadan boshqa hech kim foydalana
olmasligi uchun elektr kabelini kesib tashlang.
UZ 1
4. Umumiy tavsiyalar
• Kir yuvish mashinasi ishlatilmayotgan vaqtda uni
elektr tokiga ulangan holatda qoldirmang. Jo‘mrakni
yoping.
5. Yevropa Komissiyasining muvofiqlik
deklaratsiyasi
• Bu jihoz quyidagi Yevropa standartlariga muvofiq:
Past kuchlanishli qurilmalar to‘g‘risidagi 2006/95/EC
sonli direktiva, Elektromagnit muvofiqligi to‘g‘risidagi
2004/108/EC sonli direktiva.
Kir yuvish mashinasi ishlab chiqaruvchisi kiyim yoki
buyum bilan birga taqdim etilgan matoni parvarishlar
ko‘rsatmalariga amal qilmaslik oqibatida kirlarga
yetkazilgan hech qanday zarar uchun javobgar emas.
KIR YUVISH MASHINASINI ISHLATISHDAN OLDIN
1. O‘ramni ochish va tekshirish
a. Sellofan qoplamani qirqing va uni chiqarib oling.
b. Ustki va burchaklardagi himoya moslamalarini olib
tashlang.
c. Kir yuvish mashinasini bir tomonga qiyshaytirib,
uning ostidagi himoya moslamalarini ham olib
tashlang. Shuni esda tutingki, pastki himoya
moslamalarining plastik qismi (agar sizdagi
modelda bu narsa bor bo‘lsa) mashinaning
pastida emas, jihoz o‘ramida qolsin.
Bu juda muhim, aks holda plastik qism kir yuvish
mashinasiga ishlash vaqtida shikast yetkazishi
mumkin.
d. Qopqoqni ochish uchun tutqichni ko‘targan vaqtda
uni biroz pastga bosing. Polistirol yostiqchani olib
tashlang (modelga bog‘liq).
e. Paneli ustidagi ko‘k himoya plyonkasini olib tashlang
(agar sizdagi modelda bu narsa bor bo‘lsa).
• O‘ramni ochgandan so‘ng kir yuvish mashinasiga
shikast yetmaganligini tekshiring. Agar ikkilansangiz,
kir yuvish mashinasini ishlatmang. Sotuvdan keyin
xizmat ko‘rsatish markazi yoki mahalliy dilerga
murojaat qiling.
va boshqalarni) bolalardan uzoq tuting; ular juda
xavfli.
• Agar jihoz uyingizga yetib kelishidan oldin sovuq
harorat ostida qolgan bo‘lsa, uni ishlatishdan oldin bir
necha soat xona haroratida qoldiring.
2. Transport qisqichlarini olib tashlash
• Kir yuvish mashinasini tashish vaqtida unga shikast
yetkazmalsik uchun u transport burama mixlari va
ilgaklar bilan mahkamlangan bo‘ladi. Kir yuvish
mashinasini ishlatishdan oldin transport
qisqichlarini olib tashlang (“O‘rnatish”/“Transport
qisqichlarini olib tashlash” bo‘limiga qarang).
3. Kir yuvish mashinasini o‘rnatish
• Kir yuvish mashinasini tekis va qimrlamaydigan pol
yuzasiga o‘rnating.
• Kir yuvish mashinasi tekis va qimirlamasdan
turishi uchun uning oyoqlarini tekislang
(“O‘rnatish”/“Oyoqlarni tekislash” bo‘limiga
qarang).
• Agar jihoz yog‘och yoki “suzuvchan pol” deb
ataladigan (masalan, parket yoki laminat qilingan
pollar) joyga o‘rnatiladigan bo‘lsa, uni kamida 40 ×
60 sm o‘lchamdagi va kamida 3 sm qalinlikdagi polga
mahkam o‘rnatilgan faner ustiga o‘rnating.
• Kir yuvish mashinasi tubidagi havo aylanishi teshiklari
(agar sizdagi modelda bor bo‘lsa) gilam yoki boshqa
material bilan to‘silib qolmasin.
4. Suv ta’minoti
• Suv kiradigan rezina ichakni mahalliy suv ta’minoti
tashkiloti o‘rnatgan talablarga muvofiq ulang
(“O‘rnatish”/“Suv kiradigan rezina ichakni ulash”
bo‘limiga qarang).
• Kir yuvish mashinasini suv ta’minotiga ulash uchun
faqat yangi rezina ichaklardan foydalaning. Eski
ichaklardan foydalanmang.
5. Suv chiqariladigan rezina ichak
• Suv chiqariladigan ichakni sifonga yoki suvni oqizish
uchun mo‘ljallangan boshqa moslamaga mahkam
ulang.
• Agar kir yuvish mashinasi ichki suv oqizish tizimiga
ulangan bo‘lsa, suv uzluksiz kirib chiqishining (sifon
effekti) oldini olish uchun tizim havo klapani bilan
jihozlangan bo‘lishi lozim.
6. Elektr ta’minotiga ulash
• Jihozni elektr ta’minotiga ulash ishlari ishlab
chiqaruvchining ko‘rsatmalari va amaldagi standart
xavfsizlik tartib-qoidalariga muvofiq malakai texnik
tomonidan amalga oshirilishi lozim.
• Texnik ma’lumotlar (kuchlanish, elektr quvvati
va saqlagichlar) kir yuvish mashinasining orqa
tomonidagi texnik pasportda ko‘rsatilgan.
• Uzaytirish kabellari yoki bir nechta rozetkali
moslamalardan foydalanmang.
• Jihoz o‘rnatilgach, elektr kabeli sanchqisidan
foydalanish yoki elektr ta’minotidan uzish har doim
ikki qutbli o‘chirib yoqqich orqali amalga oshirilishi
lozim.
• Agar kir yuvish mashinasiga uni tashish vaqtida
shikast yetgan bo‘lsa, uni ishlatmang. Bu haqda
Sotuvdan keyin xizmat ko‘rsatish markazini xabardor
qiling.
• Elektr kabelini almashtirish ishlari faqat Sotuvdan
keyingi xizmat ko‘rsatish markazi xodimi tomonidan
bajarilishi lozim.
• Kir yuvish mashinasini elektr ta’minotiga ulashda
amaldagi tartib-qoidalarga muvofiq faqat yerga
uzatilgan rozetkadan foydalaning. Xususan,
kir yuvish mashinasi dush yoki hammomi bor
binolarga o‘rnatilsa, mashina kamida 30 mA qoldiq
tokli differensial qurilma bilan himoyalanishi lozim.
Qonun talablariga binoan, kir yuvish mashinasini
yerga uzatilgan rozetga ulash majburiydir.
Jihoz ishlab chiqaruvchisi ushbu Foydalanish
qo‘llanmasidagi ko‘rsatmalarga amal qilmaslik
oqibatida kelib chiqadigan bevosita yoki bilvosita
tarzda odam yoki hayvonlarga yetgan jarohat
yoki mulkka yetkazilgan zarar uchun har qanday
javobgarlikni o‘zidan soqit qiladi.
• Qoldiq tokni avtomatik o‘chirgichdan (RCCB)
foydalanayotganda faqat belgisi tushirilgan
modelidan foydalaning.
Taxminiy o‘lchamlari:
Eni: 400 mm
Bo‘yi: 900 mm
Balandligi: 600 mm
UZ 2
KIR YUVISH MASHINASI XARAKTERISTIKASI (1-rasm)
a. Qopqoq
b. Kir yuvish vositasi dozatori
c. Baraban
d. Filtr orqasidagi nasos
e. Sotuvdan keyingi xizmat stikeri (filtr qopqog‘i
orqasida)
f. Ko‘chma dastak (modelga bog‘liq). Kir yuvish
mashinasini siljitish uchun: tutqichni qo‘lingiz bilan
biroz tashqariga torting va uni to‘xtaguncha oyog‘ingiz
bilan torting.
g. Sozlanadigan oyoqlar
O‘RNATISH
Transport qisqichlarini olib tashlash
Kir yuvish mashinasini bir joydan ikkinchi joyga tashish
vaqtida unga zarar yetmasligi uchun u transport
qisqichlari bilan mahkamlanadi.
MUHIM ESLATMA: Kir yuvish mashinasini
ishlatishdan oldin uning orqa tomonidagi transport
qisqichlarini OLIB TASHLANISHI shart.
1. Ikkita “A” va to‘rtta “B” burama mixlarini buragich yoki
8 lik gayka kaliti bilan burab bo‘shating (2-rasm).
2. Transport qisqichlarini olib tashlash (3-rasm).
3. Jihozdagi to‘r tta tashqi “B” burama mixlarni
almashtiring va ularni qotiring (2-rasm).
4. Jihoz bilan birga elgan ikkita qopqoqni “C” kir yuvish
mashinasi teshiklariga “D” qistiring (4-rasm).
Eslatma: to‘rtta tashqi burama mixlarni almashtirish
va qotirishni esdan chiqarmang.
Oyoqlarni tekislash
Kir yuvish mashinasini tekis pol yuzasiga, elektr ta’mnoti,
suv va suv oqiziladigan joyga yaqin o‘rnating.
Agar pol notekis bo‘lsa, jihozning oyolarini tekislang
(uning oyoqlari tagiga taxta, karton yoki boshqa narsa
qo‘ymang):
1. Kir yuvish mashinasining oyoqlarini soat mili
yo‘nalishida qo‘l bilan 2-3 marta burab bo‘shating va
qistirma gaykani gayka kaliti bilan qotiring.
2. Oyoqlar balandligini qo‘lda tekislang.
3. Qistirma gaykani kir yuvish mashinasining pastiga
nisbatan soat miliga qarshi yo‘nalishda burab qotiring.
Jihozning oyoqlari polga tegib turishi hamda kir
yuvish mashinasi mutlaq tekis va qimirlamaydigan
holatda o‘rnatilishi lozim (shayton yordamida
tekshiring).
Kir yuvish mashinasini 40 sm kenglikdagi va 63 sm
chuqurlikdagi maydonga o‘rnatish mumkin.
Eslatma: agar kir yuvish mashinasini qalin gilam ustiga
o‘rnatadigan bo‘lsangiz, havo yaxshi aylanishi uchun
jihoz tagida yetarlicha bo‘sh joy bo‘lishini ta’minlang.
Suv kiradigan rezina ichakni ulash
1. Suv kiradigan rezina ichakni kir yuvish mashinasining
orqa tomonidagi klapanga mahkam qotiring
(A); ichakning narigi uchini qo‘l bilan jo‘mrakka
mahkamlang.
2. Rezina ichakning biror joyi bukilib qolmasin.
3. Jo‘mrakni to‘liq ochib, jo‘mrak va ichak ulangan
joylardan suv oqmayotganligini suv sizib oqmayotgani
tekshiring.
• Agar ichak juda kalta bo‘lsa, uni mos uzunlikdagi
bosimga chidamli ichak bilan almashtiring (eng
kamida 1000 kPa, EN 61770 turi ma’qullangan).
(5, 6-rasmlar)
(7-rasm)
• Agar sizga uzunroq gidroizolyatsiyali ichak kerak
bo‘lsa, Sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish markazi
yoki dileringizga murojaat qiling.
• Suv kiradigan rezina ichakni muntazam ravishda
tekshirib turing, agar u mo‘rt bo‘lib qolgan yoki unda
yoriqlar paydo bo‘lgan bo‘lsa, uni darhol almashtiring.
• Jo‘mrakdagi qisib qo‘yadigan moslamaning
(muftaning) to‘g‘ri tekislanganini tekshiring (8-rasm).
• Kir yuvish mashinasini suv ta’minotiga teskari
klapansiz ham ulash mumkin.
Suv toshishiga qarshi gidroizolyatsiyali
tizim
(9-rasm) (agar bor bo‘lsa)
• Ichakni suv ta’minotiga jo‘mragiga mahkamlang.
Jo‘mrakni to‘liq oching va ulangan joyida suv sizib
oqmayotganini tekshiring.
• Kir yuvish mashinasini bosimsiz suv isitkichning
aralash jo‘mragiga ulamang!
• Ichadagi suvni to‘xtatadigan qurilmani suvga tiqmang;
aks holda u o‘zining himoya funksiyasini yo‘qotadi.
• Agar egiluvchan ichak shikastlansa, kir yuvish
mashinasini darhol elektr ta’minotidan uzing,
jo‘mrakni yoping va ichakni almashtiring.
• Agar egiluvchan ichak juda kalta bo‘lsa, uni 3 metrlik
suvni gidroizolyatsiyali ichak bilan almashtiring
(sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish markazidan yoki
diler orqali xarid qilishingiz mumkin).
Suv chiqariladigan rezina ichakni ulash
(10-rasm)
Suv chiqariladigan ichakni chap tomondagi qistirgichdan
yechib oling, rasmdagi “A” strelkaga qarang.
Muhim eslatma:
O‘ng tomondagi ulangan joydagi suv chiqariladigan
ichakni CHIQARA KO‘RMANG, rasmdagi “B” strelkaga
qarang. Aks holda, issiq suv oqib chiqishi va kuyib qolish
ehtimoli bor.
Suv chiqariladigan ichakni sifonga yoki suvni oqizish
uchun mo‘ljallangan boshqa moslamaga mahkam ulang.
Ichakni uzaytirish uchun xuddi shu o‘lchamdagi
egiluvchan ichakdan foydalaning va ularni bir-biriga
qistirgichlar bilan mahkam ulang.
Suv chiqariladigan rezina ichakning maksimal umumiy
uzunligi: 2,50 m.
Maksimal balandligi: 100 sm.
Minimal balandligi: 55 sm.
Muhim eslatma:
Suv chiqariladigan ichakda bukilib qolgan joylari
bo‘lmasin, kir yuvish mashinasi ishlayotgan vaqtda uning
qulab ketishiga qarshi ehtiyot choralarini ko‘ring.
UZ 3
Loading...
+ 9 hidden pages
You need points to download manuals.
1 point = 1 manual.
You can buy points or you can get point for every manual you upload.