HOTPOINT/ARISTON PHN 962 TS/IX/HA User Manual [uz]

XAFSIZLIK TEXNIKASI BO'YICHA KO’RSATMALAR
UZ
MUHIM:O‘QIB CHIQISH VA AMAL QILISH ZARUR
To'liq foydalanish ko'rsatmalarini http://docs. hotpoint.eu saytidan yuklab oling yoki kafolat
kitobchasida ko'rsatilgan telefon raqamiga qo'ng'iroq qiling.
Ushbu ko'rsatmalar, uskuna ustida mamlakat belgisi paydo bo'lsa amal qiladi. Agar uskuna ustida mamlakat belgisi paydo bo'lmasa, uskunadan mamlakat doirasida foydalanish shartlariga kiritilgan o'zgarishlar haqida zarur ko'rsatmalar beradigan xavfsizlik texnikasi bo‘yicha ko'rsatmalarga murojaat qiling.
DIQQAT: Ovqat pishirish gas apparati ishlatilganda u o'rnatilgan xonada issiqlik, namlik va yonish mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Oshxonada havo yaxshi almashib turganiga ishonch hosil qiling, ayniqsa uskuna ishlayotganida: tabiiy shamollatish darchalarni ochiq holda saqlang yoki mexanik shamollatish moslamalarni (mexanik vityajkani) o'rnatib qo'ying. Uskuna uzoq vaqt davomida ishlatilsa qo'shimcha shamollatish kerak bo'lishi mumkin, masalan, derazani ochish, yoki mexanik shamollatish darajasini oshiradigan boshqa samarali ventilyatsiya vositalaridan foyalanish.
OGOHLANTIRISH: Uskuna va uning qismlari foydalanish vaqtida qizadi. Qizib turgan elementlariga qo’l tegmasligiga e’tibor qaratilishi lozim. 8 yoshdan kichik bo’lgan bolalar uzluksiz nazorat bo’lmagan xollarda uskunadan uzoqda saqlanishi lozim.
OGOHLANTIRISH: Agar pishirish panelining yuzasi shikastlangan bo’lsa uskunadan foydalanmang – tok urishi xa bor.
OGOHLANTIRISH: Olov chiqish hav: Pishirish yuzasida narsalarni saqlamang.
DIQQAT: Ovqat tayyorlash jarayoni nazorat ostida bo’lishi lozim. Qisqa ovqat tayyorlash jarayoni uzluksiz nazorat ostida bo’lishi lozim.
OGOHLANTIRISH: Pishirish panelida yog’ yoki moy ishlatib nazoratsiz ovqat tayyorlash xavi bo’lishi mumkin – olov chiqish xav. Olovni also suv bilan o’chirmang: buning o’rniga uskunani o’chirib olovni qopqoq bilan yoki olov o’chirgich qoplamasi bilan yoping.
Uskunadan ish yuzasi sifatida foydalanmang. Kiyimlar yoki boshqa yonuvchan materiallarni uskunaning barcha qismlari sovib bo’lguniga qadar undan uzoqroq saqlang - yong’in xav.
IAgar ushbu qo'llanmada keltirilgan ma'lumotlarga to'liq amal qilinmasa, yong'in yoki portlash natijasida mulkka zarar tegishi yoki odam jarohatlanishi mumkin.
Yosh bolalar (0-3 yosh) uskunaga yaqinlashtirilmasligi kerak. Kichik yoshdagi bolalar (3-8 yosh) agar uzluksiz nazorat ostida bo’lmasa uskunadan uzoqda saqlanishi kerak. Mazkur uskunadan 8 va undan katta yoshli bolalar, shuningdek jismoniy, sezish va aqliy qobiliyati cheklangan yoxud bilim va ko‘nikmasi yetishmaydigan shaxslar ham foydalanishi mumkin, qachonki ular tajribali shaxs qarovi ostida bo‘lsalar yoki uskunadan xavfsiz foydalanish borasida yo‘riqnoma olgan bo‘lsalar va mumkin bo‘lgan xavfni anglab yetsalar. Bolalar uskunani o‘ynamasliklari lozim. Bolalar kattalarning qarovisiz uskunani tozalashlari va unga qarashlari mumkin emas.
DIQQAT: Shishadan yasalgan plita yuzasi buzilganida: - barcha yonib turgan va elektr isitish elementlarini darhol o'chiring va uskunani elektr ta'minotidan ajratib oling; - uskuna yuzasiga qol urmang; - uskunani ishlatmang. Shishadan yasalgan idish qopqoqlari qizib ketsa dars ketishi mumkin. Qopqoqni yopishdan oldin barcha yonib turgan elementlarni va elektr plitasini o'chiring. Gaz yonganida qopqoqni to'sib qoymang.
TO‘G‘RI ISHLATISH
DIQQAT: Bu uskuna taymer kabi tashqi yoqish moslamalari yoki alohida nazorat tizimlari yordamida boshqarish uchun moslashmagan.
Mazkur uskuna maishiy va shunga o‘xshash sharoitda, masalan: do‘kon, idora yoki boshqa ishxonalarda xodimlar oshxonasida; fermadagi uyda; mehmonxona va motellarda mijozlar tomonidan, yotoqxona va nonushta qilinadigan joylarda va boshqa turarjoy muhitida.
Boshqa hech qanday foydalanish xolatlari ruxsat etilmaydi (masalan xonani isitish uchun).
Bu uskuna professional foydalanishga mo‘ljallanmagan. Uskunadan ochiq havoda foydalanmang.
Siz ishlatgan skovorodka va qozonlar tagi olov gorelkalari kengligi bilan bir xilda yoki lardan biroz kattaroq bo'lishi kerak (maxsus jadvalga qarang). Panjara ustidagi idishlar plitaning chetidan chiqib ketmasligiga ishonch hosil qiling.
Panjarani noto'g'ri ishlatish plitaga zarar etkazishi mumkin: panjara ustini pastga qaratib joylashtirmang va uni plitka ustida siljitmang.
Gorelka olovi qozon chetidan tashqariga chiqishiga yo'l qo'ymang. Quidagilarni ishlatmang: Chugun panjaralar, ollar toshlar, terrakotta idish-qozonlar. Metal setka kabi yoki boshqa turdagi issiqlik diuzerlari. Bir vaqtning o'zida ikkita gorelkani (masalan, baliq choynak). Yetkazib beriladigan gazning o'ziga xos mahalliy shart-sharoitlari yoqilg'ining alangasi chiqishini qiyinlashtirsa, ishni tugmani kichik olovga aylantirish bilan takrorlash tavsiya etiladi. Pishirish panelining ustida vityajka o'rnatilganda, to'g'ri masofani saqlah uchun vityajka ko'rsatmalariga qarang. Panjaradagi saqlovchi kauchuk oyoqlar yosh bolalar uchun bo'g'ilish xavni tug'diradi. Panjaralarni olib tashlangandan so'ng barcha oyoqlarning to'g'ri o'rnatilganligiga ishonch hosil qiling.
O‘RNATISH
Uskuna ikki yoki ko‘proq odam tomonidan ko‘tarilishi va o‘rnatilishi lozim – jarohatlanish ehtimoli bor. Uskuna o‘ramini ochish va o‘rnatishda himoya qo‘lqoplaridan foydalaning – qo‘lni kesib olish ehtimoli bor.
O’rnatish, suv ta’minotiga ulash (agar mavjud bo’lsa) va elektrik ulashlar va tuzatishlar faqat malakali texnik tomonidan amalga oshirilishi lozim. Foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomada maxsus ko‘rsatma berilmagan bo‘lsa, uskunaning biron qismini ta’mirlash yoki almashtirish taqiqlanadi. Bolalarni o’rnatish joyidan uzoqroqda saqlang. Uskunani qadoqdan chiqarganda transportda tashish vaqtida unga zarar yetmaganini tekshiring. Muammoga uchragan taqdirda dilerga yoki yaqin joylashgan sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling. O‘rnatishdan keyin o‘ram qoldiqlari (plastik, penopolistirol qismlar va hokazo) bolalar qo‘li yetmaydigan joyda saqlanishi lozim – bo‘g‘ilib qolish ehtimoli bor. Uskuna har bir o’rnatish jarayonidan oldin elektr ta’minotidan uzib qo’yilishi lozim – tok urish ehtimoli bor. O‘rnatish vaqtida uskuna elektr kabeliga zarar yetkazmasin – yong‘in chiqishi yoki tok urishi xav bor. O‘rnatish oxiriga yetganidan keyingina uskunani ishga tushiring.
Elektr va gaz ulanishlari mahalliy qoidalarga muvoq bo'lishi kerak.
OGOHLANTIRISH: Uskuna modikatsiyasi va uni o'rnatish usuli barcha qo'shimcha mamlakatlarda undan xavfsiz va to'g'ri foydalanish uchun juda muhimdir.
Ko'rsatmada ko'rsatilgan gaz bosimiga mos keladigan bosim regulyatorlaridan foydalaning.
Xona har qanday yonish bug'larini chiqaradigan havo chiqarish tizimi bilan jihozlangan bo'lishi kerak.
Xonada yonish jarayoni odatiy holatda bo'lishi uchun zarur bo'lgan havo aylanish imko'niyati bo'lishi kerak. Havoning oqimi belgilangan quvvat uchun har kV uchun 2 m3 / s dan kam bo'lmasligi kerak.
Havo aylanish tizimi toza havoni to'g'ridan-to'g'ri diametri kamida 100 cm2 bo'lgan quvur orqali tashqaridan qabul qilishi mumkin; havo kirish teshigi har qanday turdagi tiqilib qolishlarga nisbatan zaif bo'lmasligi kerak.
Tizim shuningdek, yonish uchun zarur bo'lgan havoni bilvosita tarzda, masalan, yuqorida aytib o'tilganidek, havo sirkulyasiyasi naychalari bilan qo'shni xonalardan ta'minlashi mumkin. Shu bilan
birga, bu xonalar umumiy xonalar, yotoq xonalari yoki yong'in xavni yuzaga keltirishi mumkin bo'lgan xonalar bo'lmasligi kerak.
Suyuq neft gazi havodan og'irroq bo'lgani uchun erga to'kiladi. Shu sababli, suyuqklasjtirilgan gaz tsilindrlar mavjud xonalar, gaz uchib ketishiga imkon berish uchun ventilyatorlar bilan jihozlangan bo'lishi kerak. Natijada qisman yoki to'liq to'lg'azilgan suyuq gaz tsilindrni yer darajasidan pastroq bo'lgan xonalarga yoki saqlash joylariga (yerto'la va hokazolarga) o'rnatish yoki saqlash taqiqlanadi. Silindrni issiqlikka tobe bo'lmasligi uchun, uni haroratini 50 ° Cdan yuqori ko'tarishi mumkin bo'lgan (plitalar, kaminlar, pechkalar va boshqalar) tashqi manbalardan uzoq bo'lgan xonada saqlash tavsiya etiladi.
Uskunani mebelga joylashtirishdan oldin barcha kesish ishlarini bajaring va barcha yog'och qismlari va bo'laklarini olib tashlang.
Agar uskuna pechning tepasiga o’rnatilgan bo’lmasa, ajratuvchi panel uskunaning tagiga alohida qism sifatida o’rnatilishi lozim.
Burash tugmachalarini ishlatishda qiyinchiliklarga duch kelsangiz va ularni nosoz deb bilsangiz, ularni almashtirish uchun Sotuvdan so'ngi Xizmatga murojaat qiling. Shamollatish va issiqlik tarqalish uchun ishlatiladigan teshiklar hech qachon to'siq bo'lmasligi kerak.
GAZ ULANISHI
OGOHLANTIRISH: O'rnatishdan oldin, mahalliy tarqatish shartlari (gaz turi va gaz bosimi tabiati) uskunaga mos kelishiga ishonch hosil qiling.
Gaz ta'minotining bosimi 1-jadvalda ko'rsatilgan qiymatlarga mos kelishini tekshirib turing ("Gorelka va gaz chiqib keladigan soplolar xususiyatlari").
OGOHLANTIRISH: Ushbu qurilma uchun moslashtirilgan shartlar yorliqda (yoki ma'lumotlar plitasida) ko'rsatilgan.
OGOHLANTIRISH: Mazkur uskuna yonish mahsulotlarini chiqarib tashlash qurilmasiga ulanmagan. Joriy qoidalarga muvoq o'rnatilgan. Ventilatsiyaga alohida e'tibor qaratilishi shart.
Agar uskuna suyuq gazga ulangan bo'lsa, gaz tarqatish ventilini imkon bor qadar mahkamlang.
BU MUHIM: Gaz tsilindrini qabul qilganda, gaz tsilindri to'g'ri o'rnatilgan bo'lishi kerak.(vertikal tarzda).
OGOHLANTIRISH: Ushbu operatsiyani malakali mutaxassis tomonidan bajarish kerak
Gazga ulanish uchun faqat moslashuvchan yoki qattiq metalldan qilingan shlangdan foydalaning.
Qattiq quvur (mis yoki po'lat) bilan ulanish. Gaz tizimiga ulanishni qurilmadagi biron qismiga og'irlik tushmasligini ko'zda tutib amalga oshirish kerak. Qurilmani ta'mirlash rampasining sozlanishi L shaklidagi trubkai bilan va gaz chiqib ketishining oldini olish uchun salnik bilan jihozlangan. Salniki har doim quvur o'rnatilgandan keyin o'zgartirilishi kerak (salnik uskunaga qoshilib berilgan bo'lishi kerak). Gaz ta'minot liniyasi 1/2-gazli silindrsimon ulanishdan iborat.
Moslashuvchan, choksiz zanglamaydigan po'lat quvurni tishli biriktirgichga ulash. Gaz ta'minot liniyasi 1/2-gazli silindrsimon ulanishdan iborat. Ushbu quvurlar to'liq kengaytirilganda 2000 mm dan oshmasligi kerak. Aloqa bajarilgandan so'ng moslashuvchan metall quvur harakatlanadigan qismlarga tegmasligiga ishonch hosil qiling. Faqatgina mavjud milliy qoidalarga mos keladigan quvurlar va salniklar qo'llanilsin.
BU MUHIM: Agar zanglamas po'latdan yasalgan shlang ishlatilsa, u mebelning mobil qismiga tegmasligi kerak (masalan, g'aladon). U butun uzunligini tekshirish mumkin bo'lgan joydan o'tishi kerak.
Uskuna asosiy gaz ta'minotiga mavjud milliy qoidalarga muvoq tarzda ulanishi kerak. Ulanishni amalga oshirishdan oldin uskunani gaz ta'minotiga mos kelishiga ishonch hosil qiling. Agar shunday bo'lmasa, "Turli gaz turlariga moslash" bandida keltirilgan ko'rsatmalarga amal qiling.
Gaz ta'minotiga ulanganingizdan so'ng, sovunli suv bilan gaz qochqinlarni tekshiring. Gaz gorelkalarini yoqing va olov barqarorligini tekshirish uchun tugmachalarni maksimal 1* holatidan minimal 2* holatiga aylantiring.
TURLI GAZ TURLARIGA MOSLASH
Uskunani gaz turiga moslashtirish uchun (reytung litasida ko'rsatilgan), o'rnatish chizmalaridan keyin taqdim etilgan maxsus qadamlarni bajaring.
ELEKTR ENERGIYASI BILAN ISHLASHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI
BU MUHIM: Tarmoqdagi kuchlanish va kuchlanishga taalluqli ma'lumotlar reyting plitasida ko'rsatiladi.
Elektr ta'minoti kabelining uzunligi uskunani asosiy quvvat manbaiga ulash uchun yetarli bo‘lishi lozim. Ta'minot kabelini uzaytirish man etiladi.
Uskunani elektr ta’minotidan sug‘urish orqali o‘chirish imkoniyati bo‘lishi kerak, yoki elektr amaliyotlarini bajarish qoidalari asosida ko‘p qutbli o‘chirgich orqali o‘chirib yoqish va qurilma milliy elektrik xavfsizlik standartlari bo‘yicha yerga ulanishi kerak.
Uzaytirgich, uchtalik yoki perexodnikdan foydalanmang. Uskuna o‘rnatilgandan so‘ng uning elektr komponentlariga foydalanuvchining qo‘li yetmasligi kerak. Ustingiz nam yoki yalangayoq xolatda uskunadan foydalanmang. Agar uskuna elektr simi zararlangan, to’g’ri ishlamayotgan, yoki shikastlangan yoki tushirib yuborilgan bo’lsa, uni ishlatmang.
Agar elektr shnuri shikastlangan bo‘lsa, tok urmasligi uchun xizmat ko‘rsatish markazi yoki malakali mutaxassis tomonidan ishlab chiqaruvchidan xuddi shunaqasiga almashtirib berilishi lozim.
TOZALASH VA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH
OGOHLANTIRISH: texnik xizmat ko’rsatishni boshlashdan avval uskunaning o’chirilganligi va elektr ta’minotidan uzulganligiga amin bo’ling; hech qachon bug’li tozalash uskunalaridan foydalanmang
- tok urish ehtimoli.
Tozalash maqsadida abraziv, yoki zanglaydigan maxsulotlar, xlor asosidagi tozalash vositalari yoki temir chochiqlardan foydalanmang.
QADOQLASH MATERIALLARINI UTILIZATSIYA QILISH
Qadoqlash materiallari 100 foiz ikkilamchi qayta ishlanadi, bu to‘g‘risida maxsus belgi dalolat beradi . Shunday qilib qoplama qismlari javobgarlik bilan va chiqindilarni utilizatsiya qilish qonun qoidalariga rioya qilgan xolda utilizatsiya qilinishi lozim.
MAISHIY TEXNIKANING UTILIZATSIYASI
Mazkur uskuna qayta ishlangan yoki takror ishlatilishi mumkin bo‘lgan ashyolardan tayyorlangan. Utilizatsiya qilish uchun utilizatsiya qilish bo‘yicha mahalliy qoidalarga rioya qilish lozim. Xo’jalik elektr uskunalarni qayta ishlash tuzatish, va qo’llash bo’yicha ma’lumotlarni olish uchun mahalliy boshqaruv organlari chiqindi bilan ishlash xizmati yoki texnika sotuvchi magazindagilar bilan maslahatlashing. Mazkur uskuna 2012/19/ EC -sonli Elektr va elektron uskunalarni utilizatsiya qilish bo‘yicha Yevropa Direktivasi talablariga muvoq markirovkalangan. Bu uskunaning to’g’ri utilizatsiya qilinishiga amin bo’lib siz odamlar sog’lig’i va atrof muhit uchun zararli oqibatlarni oldini olishda yordam berasiz.
Uskunada yoki ilova qilingan hujjatlarda bunday belgi bo‘lishi, mahsulotni maishiy chiqindi sifatida utilizatsiya qilish mumkin emasligini, uni elektron va elektr uskunalarni to‘plash va qayta ishlash bo‘yicha tegishli punktga yetkazish lozimligini anglatadi.
ELEKTR ENERGIYASINI TEJASH BO‘YICHA TAVSIYALAR
Pishirish zonasi qiymatiga teng va to'g'ri keladigan skovoroka va qozonlardan foydalning. Faqat tekis tagli qozon va tovalardan foydalaning. Iloji boricha ovqat pishirish paytida qopqoqlarni yopiq saqlang. Ko'proq energiya va vaqtni tejash uchun bosimli kastryuldan foydalaning. Idishni plitadagi pishirish joyining o'rtasiga joylashtiring.
MUVOFIQLIK BAYONOTI
Bu uskuna Yevropa standartlari EN 30-2 -1bilan mos ravishda 66/2014 yevropa qonunidagi ekologik ishlab chiqarish talablariga javob beradi.
Loading...
+ 5 hidden pages