WHIRLPOOL BSNF 9152 W Health Safety & Environmental [uz]

O‘rnatish, xavfsizlik texnikasi va mehnat
muhofazasi bo‘yicha qo‘llanma
UZ
O'ZBEKISTON
O‘rnatish, xavfsizlik texnikasi va mehnat muhofa­zasi bo‘yicha qo‘llanma 3 O‘rnatish bo‘yicha qo‘llanma 6
XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
MUHIM: O‘QIB CHIQISH VA AMAL QILISH ZARUR
Uskunadan foydalanishdan oldin mazkur xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqing. Keyinchalik foydalanish uchun yaqin joyda saqlang. Mazkur qo‘llanma va uskunaning o‘zida xavfsizlik texnikasi bo‘yicha muhim ko‘rsatmalar bor bo‘lib, ularga doimo rioya qilish zarur. Xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘riqnomaga rioya qilmaslik yoki boshqaruv organlarini noto‘g‘ri o‘rnatganlik uchun ishlab chiqaruvchi javob bermaydi.
XAVFSIZLIK TEXNIKASIGA RIOYA QILISH TO‘G‘RISIDA OGOHLANTIRISH
Juda kichkina (0-3) va kichkina bolalar (3-8) kattalarning qarovisiz uskunaning oldida qolishlari mumkin emas. Mazkur uskunadan 8 va undan katta yoshli bolalar, shuningdek jismoniy, sezish va aqliy qobiliyati cheklangan yoxud bilim va ko‘nikmasi yetishmaydigan shaxslar ham foydalanishi mumkin, qachonki ular tajribali shaxs qarovi ostida bo‘lsalar yoki uskunadan xavfsiz foydalanish borasida yo‘riqnoma olgan bo‘lsalar va mumkin bo‘lgan xavfni anglab yetsalar. Bolalar uskunani o‘ynamasliklari lozim. Bolalar kattalarning qarovisiz uskunani tozalashlari va unga qarashlari mumkin emas.
TO‘G‘RI ISHLATISH
Mazkur uskuna professional darajada ishlatish uchun emas, balki maishiy sharoitda ishlatish uchun mo‘ljallangan. Uskunadan ochiq havoda foydalanmang. Yengil o‘t oladigan yoki portlash xav bo‘lgan moddalarni (masalan, aerozolli ballonlarni) uskunada saqlamang, benzin yoki boshqa yonuvchan materiallarni uskuna
oldiga qo‘ymang va oldida ishlatmang, chunki uskuna tasodifan yoqib yuborilganda o‘t chiqishi mumkin. OGOHLANTIRISH: Uskuna tashqi taymer yoki tashqi masofadan boshqarish tizimi yordamida ishlatishga mo‘ljallanmagan.
Mazkur uskuna maishiy va shunga o‘xshash sharoitda, masalan: – magazin yoki idoralarda xodimlar uchun mo‘ljallangan oshxonalarda; – fermerlik xo‘jaliklarida, mehmonxona, motel mijozlari uchun yoki uy-joy tipidagi xonalarda; – ertalabki nonushta beriladigan kichik mehmonxonalarda; – joyga chiqib restoran xizmati ko‘rsatish va shu kabi sanoatdan yiroq sharoitda ishlatish uchun mo‘ljallangan. Uskuna ichidagi chiroq maishiy uskunalar uchun maxsus mo‘ljallangan va uydagi xonani umumiy yoritishga yaramaydi (EC 244/2009-son qaror). Uskuna jadvalda ko‘rsatilgan iqlim toifasiga muvoq harorat quyidagi doirada saqlanadigan joylarda ishlatish uchun ishlab chiqilgan. Agar uzoq vaqt ko‘rsatilgan diapozon tashqarisidagi haroratda saqlanadigan bo‘lsa, uskuna kerakli tarzda ishlay olmaydi. Iqlim toifasi, atrof muhit harorati (°C) SN 10 dan 32 gacha N 16 dan 32 gacha ST 16 dan 38 gacha T 16 dan 43 gacha Mazkur uskuna tarkibida xlorftoruglerodlar yo‘q. Sovituvchi konturda R600a (HC) sovitish agenti bor. Izobutanli (R600) uskunalar: izobutan
- bu tabiiy gaz bo‘lib, ekologiyaga salbiy ta'sir ko‘rsatmaydi, ammo yoqilg‘i hisoblanadi. Shuning uchun sovitish konturi trubkalariga zarar yetmasligiga qarab turing. Agar zarar yetgan trubkalardan gaz chiqayotgan bo‘lsa, ayniqsa ehtiyot bo‘ling. OGOHLANTIRISH: Sovitish konturi trubkalariga zarar yetkazmaslikka harakat qiling.
OGOHLANTIRISH: Uskuna korpusidagi ventilyatsiya teshiklari mebel yoki boshqa uskuna bilan to‘silib qolmasligi kerak. OGOHLANTIRISH: Muzdan tushirish jarayonini tezlashtirish uchun ishlab chiqaruvchi tavsiya etganlardan tashqari, biron mexanik, elektr yoki kimyoviy vositalardan foydalanmang. OGOHLANTIRISH: Agar elektr uskunalari ishlab chiqaruvchi tomonidan maxsus ma'qullangan uskunalar sirasiga kirmasa, ulardan uskuna ichida foydalanmang va saqlamang. OGOHLANTIRISH: Suv ta'minoti tizimi bilan bevosita bog‘langan muz generatorlari va suv uchun dispenserlarga faqat ichimlik suvi quyish kerak OGOHLANTIRISH: Avtomatik muz generatorlari va suv uchun dispenserlar faqat ichimlik suvi uzatadigan suv ta'minoti tizimiga ulanishi lozim. Bunda suv bosimi 0,17 dan 0,81 Mpa gacha (1,7 dan 8,1 bargacha) bo‘lishi shart. Sovuqlik akkumulyatoridagi (ba'zi modellarda) moddalarni (zaharli emas) yutmang. Muz kubiklari yoki muzqaymoqlarni (eskimo/mevali muz) sovitish kamerasidan olingani zaxot iste'mol qilmang, chunki bu muzlashga sabab bo‘lishi mumkin. Ventilyator qopqog‘i ichida havo ltri bo‘lgan uskunalar uchun - bu ltr faqat sovutkich ishlab turganda o‘rnatilishi lozim. Suyuqlik solingan shisha idishlarni muzlatish kamerasida saqlamang, ular yorilib ketishi mumkin. Ventilyatorni (agar bor bo‘lsa) oziq­ovqat mahsulotlari bilan yopib qo‘ymang. Oziq-ovqat mahsulotlarini qo‘yayotganda sovutkichning eshigi,ayniqsa muzlatish kamerasining eshigi to‘g‘ri yopilyaptimi, yo‘qmi, tekshirib ko‘ring. Zarar yetgan zich yopish moslamasi imkon qadar tez almashtirilishi kerak. Sovitish kamerasi yangi oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun, muzlatish kamerasi esa - muzlatilgan
3
Loading...
+ 5 hidden pages